S sh. Xabibullayev, S. A. Djumayev defektoskopiya va diagnostika



Download 5,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/51
Sana09.06.2022
Hajmi5,15 Mb.
#646456
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51
Bog'liq
defektoskopiya va diagnostika

XII bob. NASOS-KOMPRESSOR
ASBOB-USKUNALARINI TASHXISLASH
Nasos-kompressor asbob-uskunalari eng muhim elementlari-
dan biri rotor bo‘lib hisoblanuvchi rotorli mashinalar guruhiga te-
gishli bo‘ladi. Rotorli mashinalar, shuningdek, korpus, vallar, 
podshipniklar, biriktirish muftalari, zichlashtiruvchilar va boshqa 
elementlardan tarkib topadi. Umumiy holatda, yuqorida sanab 
o‘tilgan elementlardan har biri rotorli mashinalarning ishlash qo-
biliyatini belgilaydigan eng zaif zvenolardan biri bo‘lishi mumkin. 
Rotorli mashinalarni texnik tashxislash ularni qismlarga ajratish 
bilan yoki qismlarga ajratmasdan amalga oshirilishi mumkin. 
Qismlarga ajratish bilan tashxislash qo‘shimcha tarzda barcha ba-
zaviy tarkibiy qismlar va detallarning yemirmaydigan o‘lchash na-
zoratini o‘z ichiga oladi. Texnik holatni tezkor nazorat qilish xiz-
mat ko‘rsatuvchi xodimlar tomonidan parametrik va vibroakustik 
mezonlar (kriteriylar) bo‘yicha amalga oshiriladi (harorat, rivoj-
lantiriladigan bosim, uzatish qiymati, iste’mol quvvati, sizish qiy-
mati, shovqin darajasi, vibrotezlikning o‘rtacha kvadratik qiymati 
va boshqalar). 
Rotorli mashinalarni ularni qismlarga ajratmasdan turib tash-
xislash uchun vibrotashxislash (vibrodiagnostika) uslublari ko‘proq 
istiqbolli bo‘lib hisoblanadi. Hozirgi kunda rotorli mashinalarning 
aksariyati nazorat qilish nuqtalaridagi vibrotezlikning o‘rtacha 
kvadratik chetlashishlarini chastotalarning 10–1000 Gts ishchi 
polosasida qayd qilish, vibratsiya darajasi yo‘l qo‘yiladigan eng 
katta qiymatga yetganda avtomatik tarzda ogohlantiruvchi 
signaliz atsiyani ishga tushirish yoki mashinani o‘chirish imkonini 
beruvchi nazorat-signal vibroapparaturasi bilan jihozlangan. Na-
zorat-signal vibroapparaturasi bo‘lmagan taqdirda navbatchi 
xodimlar ko‘chma vibrometrlar bilan o‘lchashlarni o‘tkazadi. Vib-
rotezlikni o‘lchash gorizontal rotorlarning har bir podshipnikli 
tayanchida vertikal yo‘nalishda amalga oshiriladi. Vertikal rotorli 
mashinalarda vibrotezlik tayanch podshipniklarida, shuningdek, 
o‘q yo‘nalishida ham o‘lchanadi. Katta quvvatga ega bo‘lgan ro-
torli mashinalar (masalan, 26000 kVt quvvatga ega bo‘lgan GTN-
25 qo‘zg‘almas gazoturbinali agregatlar) ko‘p kanalli vibroappara-


90
tura asosidagi, ekspluatatsiya qilish jarayonida faqatgina vibratsion 
parametrlarning o‘zgarishini kuzatib borish emas, balki ularni 
tahlil qilish va shu asosda texnik holatni baholash va mashinalar-
ning qoldiq resursini taxmin qilish imkonini beruvchi vibromoni-
toring tizimlari bilan jihozlanadi. 
Bir qator tashkilotlar (VAST, TNT va boshqalar) tomonidan 
ishlab chiqilgan zamonaviy vibromonitoring tizimlari o‘lchash us-
lubiyoti va vibrosignallarga ishlov berish bilan bir qatorda turli xil 
tipdagi asbob-uskunalarni tashxislash bo‘yicha maxsuslashtirilgan 
dasturiy ta’minotdan foydalanishni ko‘zda tutadi. Bunday dastur-
larning qo‘llanilishi nosozliklarni avtomatik tarzda tashxislashni 
ta’minlaydi. Masalan, 12.1-rasmda Rossiya Federatsiyasidagi 
«INKOTES» firmasi (Nijniy Novgorod shahri) tomonidan ishlab 
chiqilgan vibromonitoring tizimi bilan jihozlangan GTN-10-4 
gazni qayta haydash agregatidagi vibratsiyani o‘lchash nuqtalari-
ning sxemasi keltirilgan. Bu tizimning tashxislovchi-muhandis-
ning avtomatlashgan ish o‘rni tarkibida yetkazib beriladigan das-
turiy ta’minoti GTN-10-4 agregatining quyidagi nosozliklarini 
avtomatik tarzda tashxislash imkonini beradi; 
TVD o‘qli kompressorining disbalansi (muvozanatdan chiqishi);
TVD rotori diskining disbalansi (muvozanatdan chiqishi);
TND rotorining va bosim bilan yetkazib beruvchi rotorining 
disbalansi (muvozanatdan chiqishi);
TVD rotori podshipniklarining o‘qlari muvozanatining buzilishi;
TND – yetkazib beruvchi rotorlarida markazlashganlikning 
buzilishi;
TVD №1 va TND №4 tayanch-asos podshipniklari va TVD 
№2 va TND №3 asos podshipniklari vkladishlari bo‘yicha tor-
tishning zaiflashishi va yo‘qolishi;
TVD №1 va TND №4 tayanch-asos podshipniklari va TVD №2 
va TND №3 asos podshipniklari radial oralig‘ining kengayishi issiqlik 
kengayishlari natijasida TVD va TND korpuslarining qiyshayishi;
TVD va TND disklarining yon tomonlama urilishi;
o‘qli kompressorning 1–10 bosqichlarida ishchi kuraklaridagi 
oshirilgan zo‘riqish;
kirish/chiqish quvurlar tarmoqlarida va yetkazib beruvchining 
texnologik tayanch moslamalaridagi yoriqlar.


91

Download 5,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish