54
IX bob. AKUSTIK-EMISSION USLUB
9.1. Akustik emissiya manbalari
Deyarli barcha materiallar yemirilish paytida tovush chiqaradi
(XIX asrning o‘rtalarida ma’lum bo‘lgan «qalay (olovo)
qichqirig‘i», sinayotgan yog‘ochning yoki muzning qisirlashi va
boshqalar), ya’ni eshitish mumkin bo‘lgan akustik to‘lqinlarni tar-
qatadi. Konstruksion (muntazam tuzilishga ega bo‘lgan) material-
larning aksariyati (masalan, ko‘pgina metallar va kompozitsion
(tarkib toptiruvchi) materiallar) zo‘riqishda spektrning ultrato-
vushli (eshitilmaydigan qismida hali yemirilishdan ancha oldin
akustik tebranishlarni tarqata boshlaydi.
Maxsus apparaturaning
yaratilishi bilan bu to‘lqinlarni qayd qilish va o‘rganish mumkin
bo‘lgan. Bu yo‘nalishdagi ishlar ayniqsa XX asrning 60-yillarida,
o‘ta mas’uliyatli texnik obyektlarni; yadro reaktorlarini va atom
elektrostansiyalarining o‘tkazuvchi quvurlar tarmoqlarini, raketa-
larning korpuslarini va hokazolarni nazorat qilib turish zarurati
munosabati bilan shiddatli ravishda rivojlana boshlagan.
Akustik emissiya
deganda (emissiya –
tarqatish, ishlab chiqa-
rish) muhitda tashqi yoki ichki omillarning (faktorlarning) ta’siri
ostida uning holatining o‘zgarishi bilan chaqiriladigan qayishqoq
to‘lqinlarning paydo bo‘lishi tushuniladi. Akustik-emission uslub
bu to‘lqinlarni tahlil qilishga asoslanadi va akustik nazorat qi-
lishning passiv uslublaridan biri bo‘lib hisoblanadi (GOST 27655-
88 «Akustik emissiya). Atamalar, ta’riflar va belgilashlar» ga mu-
vofiq, nazorat qilish obyektida sodir bo‘layotgan fizikaviy va (yoki)
kimyoviy jarayonlarning jamlanmasi akustik emissiyani (AE)
qo‘zg‘atish mexanizmi bo‘lib hisoblanadi. Jarayonning tipiga
bog‘liq ravishda akustik emissiya quyidagi turlarga bo‘linadi:
– material strukturasining (tuzilishining)
dinamik mahalliy
qayta qurilishi bilan chaqiriladigan material akustik emissiyasi;
– tutash elementlarning beriluvchanligi mavjud bo‘lgan biri kish
joylarida va yuklama berish joylarida qattiq jismlar yuzalarining
ishqalanishi bilan chaqiriladigan ishqalanish akustik emissiyasi;
– oqim orqali oqib o‘tayotgan suyuqlik yoki gazning oqim de-
vorlari va qurshab turuvchi havo bilan o‘zaro ta’sirlari natijasida
chaqiriladigan oqim akustik emissiyasi;
55
– kimyoviy yoki elektr
reaksiyalarida, mos keluvchi reaksi-
yalarning, jumladan yemirilishga hamrohlik qiluvchi reaksiyalar-
ning sodir bo‘lishida paydo bo‘ladigan akustik emissiya;
– materiallarni haddan ziyod magnitlashda (magnit shovqini)
va ionlashtiruvchi nurlanishning u bilan o‘zaro ta’siri natijasida
paydo bo‘ladigan mos ravishdagi magnitli va radiatsion akustik
emissiya;
– moddalar va materiallarda faza qayta shakllanishlari bilan
chaqiriladigan akustik emissiya.
Shunday qilib, akustik emissiya – qattiq jismlar va ularning yu-
zalarida sodir bo‘ladigan deyarli barcha
fizikaviy jarayonlarga ham-
rohlik qiladigan hodisadir. Akustik emissiyaning bir qator turlarini
qayd qilish imkoniyati ularning juda kichikligi sababli, ayniqsa,
kristall panjara nuqsonlarining harakatlanishida (joylashuvida)
molekular darajada vujudga keladigan akustik emissiyani qayd qi-
lish, apparaturaning sezuvchanligi bilan chegaralanadi. Shu sababli
sanoat korxonalarining aksariyatida, jumladan, neft va gaz sanoati
obyektlarida akustik emissiyani nazorat qilish amaliyotida akustik
emissiyaning birinchi uchta turidan foydalaniladi.
Bunda shuni
nazardan qochirmaslik kerakki, ishqalanish akustik emissiyasi shov-
qin hosil qiladi, soxta nuqsonlarning paydo bo‘lishiga olib keladi va
akustik emissiya uslubini qo‘llashni murakkablashtiruvchi asosiy
omillardan (faktorlardan) biri bo‘lib hisoblanadi. Bundan tashqari,
birinchi turdagi akustik emissiyadan faqatgina nuqsonlarning rivoj-
lanishidan: yoriqlarning kengayishi va
materialning plastik defor-
matsiyalanishidan (o‘z shaklini o‘zgartirishidan) kelayotgan ko‘proq
kuchliroq bo‘lgan signallar qayd qilinadi. Oxirgi holat akustik emis-
siya uslubiga katta amaliy qiymat beradi va uning texnik tashxis
qo‘yish maqsadlarida keng foydalanilishini shartlaydi.
Nazorat qilish obyektining devori, payvandlangan birikmalar va
tayyorlanadigan qismlar hamda tarkib toptiruvchilarning yuzalari-
dagi va hajmlaridagi noyaxlitliklar bilan bog‘liq bo‘lgan akustik
emissiya manbalarini topish, koordinatalarini
aniqlash va kuzatib
borish (monitoring qilish) akustik emission nazoratning maqsadi
hisoblanadi. Akustik indikatsiya manbalari bilan chaqirilgan barcha
indikatsiyalar, texnik imkoniyatlar mavjud bo‘lganda, yemirmay-
digan nazorat qilishning boshqa uslublari bilan baholanishi lozim.