9.2. Akustik emissiya signallarining turlari
Sanoatda seriyali apparatura bilan qayd qilinadigan akustik emis-
siya signallari uzluksiz va diskret turlarga bo‘linadi
Uzluksiz akustik
emissiya
signallarning katta chastotasiga ega bo‘lgan to‘lqin maydoni
sifatida qayd qilinadi,
diskret akustik emissiya
esa amplitudasi shovqin
darajasidan yuqori bo‘lgan alohida, farqlanadigan impulslardan tashkil
topadi. Uzluksiz akustik emissiya metallning plastik deformatsiyasiga
(oqishiga) yoki suyuqlik va gazlarning oqim orqali o‘tishiga, diskret
akustik emissiya yoriqlarning sakrab o‘sishiga mos keladi.
Akustik emissiya tarqatish manbasining o‘lchamlari kichik bo‘ladi
va tarqatilayotgan to‘lqin uzunligi bilan taqqoslanishi mumkin. Uni
materialning ichki sohasi yoki yuzasida joylashgan, sferik to‘lqinlarni
yoki boshqa tipdagi to‘lqinlarni tarqatayotgan kvazinuqtali manba
ko‘rinishida tasavvur qilish mumkin. To‘lqinlarning yuza bilan (ik-
kita muhitni ajratib turuvchi chegara bilan) o‘zaro ta’sirlarida ular-
ning qaytarilishi va transformatsiyalanishi sodir bo‘ladi. Material-
larning hajmlari ichida tarqaladigan to‘lqinlar so‘nishi tufayli juda
tez zaiflashadi. Yuzadagi to‘lqinlarning so‘nish masofasi anchagina
uzoq bo‘ladi va shu sababli ham ular akustik emissiya priyomniklari
(qabul qiluvchilari) tomonidan qayd qilinadi.
Akustik emissiya manbaidan kelayotgan signalni qayd qilish
doimiy yoki o‘zgaruvchan darajadagi shovqin bilan bir paytning
o‘zida amalga oshiriladi (9.1-rasm).
9.1-rasm.
Shovqinlar fonida qayd qilinadigan akustik emissiya
signalining umumiy sxemasi: 1 – ossillyatsiya; 2 – siljuvchi ostona;
3 – siljuvchi ostonani hisobga olmagan holdagi ossillyatsiya;
4 – shovqin.
57
Shovqinlar akustik-emission nazoratning samaradorligini
pasaytiruvchi asosiy omillardan (faktorlardan) biri bo‘lib hisobla-
nadi. Ularni chaqiruvchi sabablar turli-tuman bo‘lganligi sababli
shovqinlar quyidagilarga bog‘liq ravishda klassifikatsiyalanadi:
– generatsiyalash mexanizmiga (kelib chiqish manbaiga)
bog‘liq holda – akustik (mexanik) va elektromagnitik shovqinlar;
– shovqin signalining turiga bog‘liq ravishda – impulsli yoki
uzluksiz shovqinlar;
– manbaning joylashishiga bog‘liq ravishda – tashqi va ichki
shovqinlar.
Akustik-emission nazoratda quyidagilar obyektning asosiy
shovqin tarqatish manbasi bo‘lib hisoblanadi:
– idishni, sig‘imni yoki o‘tkazuvchi trubani to‘ldirishda suyuq-
likning sachrashi;
– yuklashning yuqori tezligidagi gidrodinamik turbulent ho-
disalar;
– obyektning tayanch yoki osmalar bilan tutashish nuqtalari-
dagi, shuningdek, beriluvchanlikka ega bo‘lgan birikish nuqtalari-
dagi ishqalanish;
– nasoslar, motorlar va boshqa mexanik qurilmalarning ishlashi;
– elektromagnit navodkalarining ta’siri;
– qurshab turuvchi muhitning ta’siri (yomg‘ir, shamol va
boshqalar);
– akustik emissiyani qayta shakllantiruvchining o‘zining issiq-
lik shovqinlari va kuchaytirgichlar (old kuchaytirgichlar) kirish
kaskadining shovqini.
Shovqinni bostirish va foydali signalni ajratish uchun odatda
ikkita uslub; amplitudali va chastotali uslub qo‘llaniladi.
Amplitu-
dali uslub
U
p
qayd qilinadigan yoki siljuvchan ostonaning daraja-
sini aniqlashdan iborat bo‘ladi, undan past bo‘lgan akustik emissi-
ya signalini apparatura qayd qilmaydi. Qayd qilinadigan ostona
doimiy darajadagi shovqinlar mavjud bo‘lganda, siljuvchan ostona
esa – o‘zgaruvchan shovqinlar mavjud bo‘lganda aniqlanadi.
Shovqinlarning umumiy darajasini kuzatib borish natijasida av-
tomatik tarzda aniqlanadigan U
p
siljuvchi ostona, qayd qilinadigan
ostona dan farqli ravishda, shovqin signallarining bir qismini akus-
tik emissiya signallari sifatida qayd qilmaslik imkonini beradi.
58
Do'stlaringiz bilan baham: |