10.3.3-rasm.
SKR2 ikki seksiyali skrebogi: 1 – tozalovchi disklar;
2 – prujinalangan shetkalar; 3 – shetkali disklar; 4 – kardanli birikma;
5 – skrebok uchun uzatish qurilmasi (peredatchik) bamperi;
6 – skrebok uchun uzatish qurilmasi (peredatchik); 7 – o‘tkazuvchi
disklar; 8 – yetakchi disklar.
Yer ostidagi neft va gaz quvurlari tarmoqlari texnik tashxislash
uchun ko‘proq murakkab bo‘lib hisoblanadi. Ularning texnik ho-
latini aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlarini po‘latdan tayyorlan-
gan yer osti quvurlar tarmog‘i misolida ko‘rib chiqamiz.
Gaz quvurlari tarmoqlarining texnik holatiga nisbatan
qo‘yiladigan talablar Rossiya Federatsiyasi Gosgortexnadzorining
PB 12-368-00 «Gaz xo‘jaligida xavfsizlik qoidalari» bilan tas-
diqlangan va o‘rnatilgan. Unda texnik holatni baholash tezkor
tashxislash yo‘li bilan har uch oyda bir martadan kam bo‘lmagan
davriylik bilan, asboblarni texnik tekshiruvdan o‘tkazish esa – har
besh yilda bir martadan kam bo‘lmagan davriylik bilan amalga
oshi rilishi ko‘zda tutilgan.
Tezkor tashxislash xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar tomonidan
trassani vizual ko‘zdan kechirib chiqish bilan bajariladi. Bunda
gazning sizib chiqishi, yer ostidagi gaz quvurlari tarmog‘ining yu-
zaga chiqib qolishi, tuproqning ko‘pchishi, cho‘kishi, ko‘chishi,
76
nurashi va eroziyasi, gaz quvurlari tarmog‘ining yomg‘irlar va sel
suvlari bilan yuvilishi va boshqalar aniqlanadi. Ko‘rinadigan
uchast
kalardagi ko‘zga tashlanadigan nuqsonlar (gaz quvurlari
tarmog‘ining ustunlar chegaralaridan siljishi, vibratsiyaning
bo‘lishi, gaz quvurlari tarmog‘ining yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan egi-
lishi, ustunlarning egilishi va shikastlanishi) qayd qilinadi,
o‘chiruvchi qurilmalarning va izolatsiyalovchi flanetsli birikma-
larning, elektr simlarining tushishidan himoyalash vositalarining,
gaz quvurlari tarmog‘ining qotirilishi va bo‘yoq qoplami, elektro-
kimyoviy himoyalash qurilmalarining holati tekshiriladi. Vizual
ko‘zdan kechirish har uch oyda bir martadan kam bo‘lmagan dav-
riylikda amalga oshiriladi.
Yer osti uchastkalarini ko‘zdan kechirishda gaz quvurlari
tarmog‘ining trassasida gaz sizib chiqishi tashqi alomatlar bo‘yicha
va asboblar (priborlar) yordamida aniqlanadi. Gaz quvurlari
tarmog‘ining har ikkala tomonida 15 m gacha bo‘lgan masofada
joylashgan muhandislik inshootlarining (tarmoqlarining) kame-
ralari va quduqlarida, nazorat trubkalarida, binolarning
yerto‘lalarida, shaxtalarda, kollektorlarda, yer osti yo‘laklarida
havo tarkibida gazning mavjudligini aniqlash maqsadida namu-
nalar olinadi va tahlil qilinadi.
Asbobli (priborli) texnik tashxislash gaz quvurlari tarmog‘ining
belgilovchi parametrlarini miqdoriy baholash va ularning qoldiq
resurslarini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Bunda yer osti uchast-
kalarini tashxislashda ko‘proq qiyinchiliklar vujudga keladi, bu
ular ga va tuproqning tajovuzkor ta’siri bilan shartlanadigan shi-
kastlanishlar intensiv ravishda to‘planadigan joylarga yetib borish-
ning qiyinligi bilan bog‘liqdir. Po‘latning kam uglerodli markalari-
dan tayyorlangan yer osti po‘lat gaz quvurlari tarmog‘ini tashxislash
Rossiya Federatsiyasi Gosgortexnadzorining 2001-yil 15-sen-
tabrdan amalga kiritilgan RD 12-411-01 «Po‘latdan tay yorlangan
yer osti gaz quvurlari tarmog‘ining texnik holatini tashxislash
bo‘yicha yo‘riqnoma»ga muvofiq amalga oshiriladi. Ushbu
me’yoriy hujjat 1,2 MPa dan ortiq bo‘lmagan bosimdagi tabiiy
gazni va 1,6 MPa dan ortiq bo‘lmagan siqilgan uglevodorod gazi-
ni transportirovka qilish uchun mo‘ljallangan gaz quvurlari tarmoq-
larini tashxislashdan o‘tkazish bo‘yicha talablarni belgilaydi.
77
Do'stlaringiz bilan baham: |