S sh. Xabibullayev, S. A. Djumayev defektoskopiya va diagnostika



Download 5,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/51
Sana09.06.2022
Hajmi5,15 Mb.
#646456
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   51
Bog'liq
defektoskopiya va diagnostika

11.1-rasm.
Rezervuarning konstruktiv sxemasi: 
a – qo‘zg‘almas tomli va pontonli; b – suzuvchan tomli; 1 – pon-
tonning yuqorigi holati; 2 – shaxta narvoni; 3 – rezervuar tubi;
4 – pon ton tubi; 5 – ponton halqasi; 6 – rezervuar devori; 7 – suzuvchi 
tom yuqorigi holatda; 8 – qattiqlikning yuqorigi halqasi (yurish 
maydonchasi); 9 – yo‘naltiruvchi quvur; 10 – sirpanuvchi narvon;
11 – tayanch balkasi; 12 – suzuvchi tom pastki holatda; 13 – narvon.
– konstruksiyaning yemirilishga ko‘proq tortilgan uchast-
kalariga: devorning pastki va ikkita yuqorigi belbog‘iga, rezervuar 
tubiga, tomning, pontonning va suzuvchi tomning qoplamasi va 
eltuvchi elementlariga. 


81
Rezervuarning belgilanish bo‘yicha va ish qobiliyati bo‘yicha 
parametrlarini nazorat qilishni ham o‘z ichiga oluvchi funksional 
tashxislash xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar tomonidan amalga oshi-
riladi. Bunda quyidagi parametrlar nazorat qilinadi: gaz kengligi-
dagi bosim; rezervuar tubidagi cho‘kmalarning balandligi, tarkibi 
va yopishqoqligi; mahsulot harorati; gazlanganlik darajasi; elektr-
ostatik zaryadlarning borligi va qiymati; pirforli birikmalarning 
bo‘lishi va yong‘inga xavflilik darajasi; izolatsion qoplamaning 
tashqi ko‘rinishi; suzuvchi tomning (pontonning) botish chuqurli-
gi va boshqalar. Funksional tashxislashning natijalari ham (tezkor 
tartibdagi) texnik tashxislashning birinchi bosqichini o‘tkazishda 
hisobga olinadi va tahlil qilinadi.
Naturali tekshirishni o‘tkazishdan oldin rezervuar bo‘shatiladi, 
gazdan tozalanadi, nazoratga tortiladigan ichki va tashqi yuzalar 
tozalab chiqiladi. Neft mahsulotlarining bug‘larini rezervuardan 
chiqarib yuborish mexanizatsiyalashgan tozalash uchun 
mo‘ljallangan maxsus asbob-uskunalar yordamida suvli eritmalar 
bilan uni yuvib yuborish yoki bug‘latish, shuningdek, keyinchalik 
obdon shamollatish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Naturali tek-
shiruvdan o‘tkazish bo‘yicha ishlar texnika xavfsizligi va yong‘in 
xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnoma o‘tkazilgandan keyin naryad-rux-
satnoma bo‘yicha bajariladi. 
Amaliyotning ko‘rsatishicha, rezervuar ishdan chiqishining 
eng ko‘p chastotasi rezervuar tubining, korpus yon devorining va 
rezervuar tubidagi biriktirish kesmalarining payvand choklarida 
bo‘ylama yoriqlarning paydo bo‘lishi natijasida sodir bo‘ladi. 
Quyidagilar bunday yoriqlar paydo bo‘lishining asosiy sababi 
bo‘lib hisoblanadi:
– rezervuar tubining va yon devor asosining ichki tomondan 
ham, tashqi tomondan ham yemirilishi, u mahsulot tagida 
to‘planadigan suvlar, atmosfera yog‘ingarchiliklari va asosning 
gidrofobli qatlamining shikastlanishi bilan shartlanadi;
– asosning bir tekis bo‘lmagan cho‘kishi; 
– sifatsiz payvandlash yoki yig‘ish natijasi bo‘lib hisoblanuv-
chi payvandlash birikmalaridagi nuqsonlar;
– po‘latlarning ba’zi bir markalarining vaqt o‘tishi bilan mexa-
nik xususiyatlarining pasayishi (xususiyatlarning asta-sekin yo-


82
monlashuvi). Vizual ko‘zdan kechirishda loyiha va SNiP 3.03.01- 87 
talablariga muvofiq rezervuarlar konstruksiyalarining payvandli 
birikmalarining holati, devorning, rezervuar tubining, qoplama-
ning asosiy metalining, tomning, pontonning (suzuvchi tomning) 
asosiy elementlarining holati, yemiriluvchi shikastlanishlar, tirna-
lishlar, yorilishlar, kuyishlar, erishlar, qatlamlanishlar, yoyilishlar, 
nometall jinslarning kirishi va hokazolarning borligini aniqlash bi-
lan albatta tekshiruvga tortilishi lozim. Bunda yemiruvchi shikast-
lanishlar turi bo‘yicha bir tekis yemirilish (yemirilish metallning 
yuzasini to‘liq qamrab oladigan holat) va mahalliy yemirilishga 
(yemirilish metall yuzasining alohida uchastkalarini qamrab oladi-
gan holat), chuqurchali yemirilishga, nuqtali va dog‘li yemirilish-
ga, alohida va surunkali nuqtalar va dog‘lar ko‘rinishidagi chuqur-
chali yemirilishga bo‘linadi;
– konstruksiyadagi umumiy va mahalliy deformatsiyalar, 
bo‘rtib chiqishlar va ezilishlar;
– patrubkalarning rezervuarlar devorlarida gorizontal va ver-
tikal payvandli birikmalarga nisbatan loyiha talablariga muvofiq 
joylashishi;
– ponton (suzuvchi tom) va rezervuar devori orasidagi zich-
lashishning holati;
– yo‘naltiruvchi va tayanch ustunlari vertikalligi, zatvorning 
ishqalanuvchi qismlarining yeyilish darajasi; 
– payvandli birikmalarning holati va ularning me’yoriy-texnik 
hujjatlarga muvofiqligi, payvandli birikmalar va metallda darz 
ketishlar va yoriqlarning bo‘lishi;
– izolatsion qoplamalarning holati.
Rulonli texnologiya bo‘yicha tayyorlangan rezervuarlarda 
asosiy e’tibor vertikal yig‘ish choklariga qaratiladi, bunda rulon 
chekkalarining birikish choklarida burchaklilik yuzaga kelishi 
mumkin, bunday burchaklilik yig‘ish choklaridagi zo‘riqishlar 
konsentratsiyasini kuchaytiradi va ularda yoriqlar paydo bo‘lishi 
ehtimolini oshiradi. Rezervuarning proeksiya hosil qiluvchi nuqta-
sidan ichkariga tushish joyidagi f egilish o‘qi burchaklilik 
ko‘rsatkichi sifatida qabul qilinadi (13.20-rasmga qaralsin). 
Izolatsion qoplamalarning holatini nazorat qilishda izolatsion 
qoplamaning qalinligi, uning metallga yopishganligi, neft mahsu-


83
lotlari bilan namlanganligi tekshiriladi. Issiqlikka izolatsiyalangan 
rezervuarlarni nazorat qilishda izolatsiyaning issiqlik yo‘qotish qiy-
mati baholanadi. Oshirilgan issiqlik yo‘qotishlar teplovizorlar yor-
damida yoki boshqa bilvosita uslublar, masalan, neft mahsulotlari-
ni rezervuarlarda saqlashda uning haroratining tushish tezligining 
ortishi bo‘yicha aniqlanishi mumkin. Issiqlik izolatsion qoplamning 
sifati to‘g‘risida umuman olganda, uning issiqlik qarshiligi bo‘yicha 
fikr yuritiladi, u hisoblash yo‘li bilan aniqlanadi. Agar qoplamaning 
issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti 0,7 Vt/(m
2

K) dan katta bo‘lsa, 
issiqlik qarshiligi past hisoblanadi. 

Download 5,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish