79
hujjatidir.
Talabnomalar asosan aktseptli va aktseptsiz bo‘lishi
mumkin.
Aktseptli to‘lov talabnomalarda bank avval to‘lovchining mab-
lag‘ni to‘lash haqidagi roziligini oladi, so‘ngra to‘lovni
amalga
oshiradi. Aktseptsizda esa avval to‘lov amalga oshirilib, so‘ngra
mijozga to‘lov hujjatlarini beradi.
Tijorat banklarining yagona vakillik hisobvaraqlariga o‘tishi
to‘lov talabnomalari bilan amalga oshiriladigan hisob – kitoblarni ras-
miylashtirish va hujjatlarning aylanish jarayonlarini bir qadar
yengillashtirdi.
Aktseptli to‘lov talabnomalari bilan hisob – kitoblar.
Ta’kidlaga-
nimizdek, aktseptli to‘lov talabnomalari
sotib oluvchining bankiga
kelib tushgandan so‘ng, bank dastlab to‘lovni amalga oshirish
yuzasidan to‘lovchining roziligini oladi. Buning uchun bank tomonidan
to‘lovchilarga talabnomalarni quyidagicha aktseptlash muddati
o‘rnatiladi:
– bir shahar ichida joylashgan mijozlar uchun –
talabnomalarni
bankka kelib tushgan kunni
hisobga olmagan holda, uch ish kuni;
– boshqa shaharlarda joylashgan mijozlar uchun talabnomalarni
bankka kelib tushgan kunni hisobga olmagan holda, besh ish kuni;
– to‘lovchining asosli iltimosiga ko‘ra 10 kungacha.
Aktseptlash tartibida to‘lanadigan aktseptli to‘lov talabnomalar
muddatini kutayotgan davr davomida to‘lovni kutayotgan hujjatlar
kartotekasi (1 – kartoteka)da hisobga olib boriladi.
To‘lovchi belgilangan muddatda
yozma ravishda unga xizmat
qiluvchi bank bo‘limiga aktseptlashni qisman yoki to‘liq rad qilish
huquqiga ega (tovar – material qimmatliklarini jo‘natishda, xizmatlar
ko‘rsatishda va boshqa holatlarda
shartnoma shartlariga amal
qilinmaganda, shuningdek, qonunchilik hujjatlariga asosan).
Belgilangan muddatda korxona yozma ravishda aktseptlashni rad
etmasa, talabnoma aktseptlangan hisoblanadi. Talabnomani aktsept-
lashdan qisman bosh tortganda, to‘lovchi
tomonidan aktseptlangan
summa bo‘yicha to‘lovlar amalga oshiriladi. Agar to‘lovchining hisob-
varag‘ida mablag‘lar bo‘lmaganda aktseptli to‘lov talabnomalar 2 –
kartotekaga joylashtiriladi.
Bunda bank to‘lovchi tomonidan aktseptlashni qisman rad
qilinganligi to‘g‘risida mahsulot yetkazib beruvchining (mablag‘
oluvchining) bankiga yozma ravishda xabar beradi.
80
Bank, 2 – kartotekadagi hisob – kitob hujjatlari bo‘yicha to‘lov-
larni amalga oshirishda to‘lovchilarga penya hisoblash va oluvchilar
foydasiga o‘tkazish
huquqiga ega, agar bu bank va mijoz o‘rtasida
tuzilgan shartnomada kelishilgan bo‘lsa amalga oshiradi.
Bank to‘lovchilardan mablag‘larni oluvchilar foydasiga muddati
o‘tkazib yuborilgan to‘lovlar bo‘yicha har bir kun uchun qonunda
belgilangan miqdorda penya undiradi.
Agar ushbu holat bank va mijoz o‘rtasida hisob –
kitob va bank
xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha sharotnomada belgilab qo‘yilgan
bo‘lsa.
Quyidagi shartli chizmada aksiyadorlik tijorat Agrobankning
ikkita bo‘limi mijozlarining aktseptli to‘lov talabnomalar bilan hisob –
kitoblar amalga oshirilganda hujjatlar aylanishini shartli misolda ko‘rib
chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: