Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar


Naqd pulsiz hisob – kitoblarning tamoyillari



Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/211
Sana29.05.2022
Hajmi3,57 Mb.
#614497
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   211
Bog'liq
Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va ba

 
3.3. Naqd pulsiz hisob – kitoblarning tamoyillari
 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida yuridik va jismoniy shaxslar 
o‘rtasida har kuni bir necha yuz minglab naqd pulli va naqd pulsiz 
operatsiyalar amalga oshiriladi. Ushbu operatsiyalarning 85 – 90 foizi, 


73 
ayrim rivojlangan mamlakatlarda 98 – 99 foizi naqd pulsiz ko‘rinishida 
amalga oshiriladi.
O‘zbekistonda naqd pulsiz hisob – kitoblar tijorat banklarining 
ichki va tashqi vakillik hisobraqamlari orqali, elektron to‘lov tizimi 
yordamida, mijozlarning hisobvaraqlarida buxgalteriya yozuvlari 
ko‘rinishda amalga oshiriladi. Mamlakatimiz bank tizimida 1997 yil 
mart oyida joriy etilgan elektron to‘lov tizimi banklararo amalga 
oshirilayotgan to‘lovlarni juda qisqa daqiqalar ichida amalga oshirish 
imkoniyatini beradi. Bu davlat idoralari va korxonalari, aholi va 
xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi to‘lovlarni naqd pulsiz 
ko‘rinishda amalga oshirishga juda keng qulayliklar yaratilganligidan 
dalolat beradi.
Naqd pulsiz hisob – kitoblarni amalga oshirishda qator tamoyillar 
bajarilishi lozim. Ularning asosiylari sifatida quyidagilarni keltirish 
maqsadga muvofiq: 
– naqd pulsiz hisob – kitoblar jarayonida ishtirok etayotgan har 
ikkala tomonning ham bankda tegishli hisobvaraqlari mavjud bo‘lishi 
lozim; 
– mijozning hisobvarag‘idan mablag‘larni boshqa manzilga 
o‘tkazish va kirim qilish Markaziy bank tomonidan qa’tiy belgilangan 
to‘lov hujjatlari asosida hamda ulardagi rekvizitlarni to‘liq to‘ldirilgan 
holda amalga oshiriladi; 
– bank mijozning pul mablag‘larini o‘tkazish haqidagi 
topshirig‘ini uning hisobvarag‘ida mablag‘ bo‘lgandagina qabul qiladi. 
Mijozning 
hisobvarag‘ida 
mablag‘ 
bo‘lmagan 
holatda 
uning 
hisobvarag‘idan undirish to‘g‘risida inkasso topshiriqnomasi (o‘z 
vaqtida to‘lanmagan soliqlar va Davlat byudjetiga o‘tkaziladigan 
soliqdan tashqari to‘lovlar (penya, jarimalar)ni undirib olishda soliq 
idoralari tomonidan, byudjetdan tashqari fondlar – o‘z vaqtida 
to‘lanmagan to‘lovlarni undirib olishda, agarda bu qonuniy hujjatlarda 
ko‘zda tutilgan holatlarda), to‘lov talabnomalar kartoteka 2 ga kirim 
qilinadi va belgilangan tartibda to‘lovlar amalga oshiriladi; 
– bank naqd pulsiz hisob – kitoblarni faqat mablag‘ egasining 
topshirig‘i asosida belgilangan maqsadlar uchun o‘tkazadi, hisobvaraq 
egasining hisobida mablag‘lar yetarli bo‘lmagan holatlar bundan 
mustasno; 
– mablag‘lar to‘lovchining hisobvarag‘idan o‘chirilgandan so‘ng 
mablag‘ oluvchining hisobvarag‘iga kirim qilinadi; 


74 
– to‘lovlarni amalga oshirish Markaziy bank tomonidan 
belgilangan naqd pulsiz hisob – kitoblarning shakllarini qo‘llagan 
holda, tegishli to‘lov hujjatlari orqali amalga oshiriladi. 
Naqd pulsiz hisob – kitoblarning shakli va to‘lovlarni amalga 
oshirishning tartibi tovar sotuvchi va xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilot 
hamda uni sotib oluvchi o‘rtasida tuziladigan shartnomada aniq va 
batafsil belgilab qo‘yiladi.
Bankda mablag‘larni kirim qilish yoki hisobdan chiqarish uchun 
asos bo‘ladigan hujjatlarning elektron nusxalari mijozning hisobvarag‘i 
xizmat ko‘rsatadigan buxgalteriya xodimi tomonidan imzolanadi 
hamda to‘lashga qabul qilish va to‘lash sanalari ko‘rsatilgan holda 
o‘ziga biriktirilgan shtamp bilan tasdiqlanadi.
Yuqorida qayd etganimizdek, mamlakatimiz pul aylanmasi 
tarkibida naqd – pulsiz hisob – kitoblarning ulushi ayrim mamlakat-
larga nisbatan yuqoriroq miqdorni tashkil etadi.
Pul aylanmasi tarkibida naqd pulsiz hisob – kitoblar hajmini 
oshirishga qator omillar ta’sir qiladi. Xususan: 
1. Yuridik va jismoniy shaxslarning banklarga bo‘lgan 
ishonchining yuqoriligi
. Agar yuridik va jismoniy shaxslar banklarga 
nisbatan ishonchi yuqori darajada bo‘lmasa, banklarga naqd pullarni 
topshirishga bo‘lgan moyilligi pasayadi, hisob – kitoblarni naqd 
pullarda amalga oshirishga intiladi. 
2. Iqtisodiyotda monetizatsiya koeffitsiyenti darajasining tegishli 
me’yori ta’minlangan bo‘lishi lozim
. Iqtisodiyotning yetarli darajada 
pul bilan ta’minlanganlik darajasi monetizatsiya koeffitsiyenti asosida 
aniqlanadi. Monetizatsiya koeffitsiyenti mamlakat yalpi ichki mahsu-
lotiga nisbatan aniqlanib, xalqaro moliyaviy tashkilotlar va ekspert-
larning fikrlariga ko‘ra uning miqdori, o‘tish iqtisodiyoti sharoitidagi 
mamlakatlarda 45-60 foizdan iborat bo‘lishi lozim. Agar mamlakatda 
monetizatsiya koeffitsiyenti ushbu miqdordan past bo‘lsa iqtisodiyotda 
pul taqchilligi, tijorat banklarida likvid mablag‘lar va resurslarning 
yetishmasligi, kreditlar va omonatlar bo‘yicha foiz stavkalarining 
yuqoriligi kuzatiladi. Bularning barchasi naqd pulsiz hisob – kitoblar 
hajmiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 
3. Tijorat banklarining resurslarga bo‘lgan ehtiyojining yetarli 
ravishda qondirilmasligi.
Ma’lumki, tijorat banklari tomonidan 
muomalaga chiqarilgan pullar o‘zining boshlang‘ich nuqtasiga qaytib 
kelmasligi banklarning resurs bazasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Buning 


75 
oqibatida tijorat banklarining real sektorni kreditlash uchun 
yo‘naltirayotgan resurslarning taqchilligi, omonatlarga to‘lanadigan 
to‘lovlar miqdorining oshib ketishi, bu esa o‘z navbatida naqd pulsiz 
hisob – kitoblar hajmini pasayishiga olib keladi. 

Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish