Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar


 To‘lov topshiriqnomalari bilan hisob – kitoblar



Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/211
Sana29.05.2022
Hajmi3,57 Mb.
#614497
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   211
Bog'liq
Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va ba

3.4.1. To‘lov topshiriqnomalari bilan hisob – kitoblar 
 
Naqd pulsiz hisob – kitoblar ichida to‘lov topshiriqnomasi eng 
ko‘p qo‘llaniladigan hisob – kitob shakllaridan hisoblanadi. Bunga 
to‘lov topshiriqnomalar bilan hisob – kitoblarni amalga oshirishning 
to‘lovchi, sotib oluvchi va hatto bank uchun ham qulayligi hisoblanadi.
To‘lov topshiriqnomasi – mol sotib oluvchi tashkilotning o‘z 
hisobraqamidan mol sotuvchining hisobraqamiga to‘lovni amalga 
oshirish 
to‘g‘risida 
bankka 
bergan 
topshirig‘i 
hisoblanadi. 
Topshiriqnomalar orqali sotilgan tovarlar, bajarilgan ish, ko‘rsatilgan 
xizmatlar va boshqa to‘lovlar bo‘yicha hisob – kitoblar amalga 
oshirilishi mumkin. 
Topshiriqnomaning sanasi uni bankka taqdim etilgan sana bilan bir 
xil bo‘lishi kerak, ular mos kelmagan holda to‘lov topshiriqnomasi ijro 
uchun qabul qilinmaydi (byudjetga va byudjetdan tashqari fondlar 
bo‘yicha to‘lovlar bundan mustasno). 


77 
Hozirgi kunda viloyat, shahar va tuman bo‘limlariga ega bo‘lgan 
tijorat banklari yagona vakillik hisobvaraqasiga o‘tkazilgan bo‘lib, 
ushbu vakillik hisobvaraqalari orqali to‘lovlarni amalga oshirishda huj-
jatlarni rasmiylashtirish va aylanishi o‘ziga xos xususiyatlarga egadir.
Quyida aksiyadorlik tijorat Agrobankning ikkita bo‘limi o‘rtasida 
to‘lov topshiriqnomalari bilan hisob – kitoblarni amalga oshirganda 
hujjatlarni aylanishining shartli tartibi keltirilgan.
 
To‘lov topshiriqnomalar bilan hisob – kitoblarni
amalga oshirish tartibi 
 
Chizmadan ko‘rinib turibdiki, sotuvchi va sotib oluvchilar 
o‘rtasida to‘lov topshiriqnomalari bilan hisob – kitoblarni amalga 
oshirganda hujjatlar aylanish tartibi juda oddiy bo‘lib, uning 
ishtirokchilariga qator qulaylik va yengilliklar tug‘diradi. 
To‘lov topshiriqnomalar bilan hisob – kitoblarni amalga oshirishda 
dastlab sotuvchi va sotib oluvchi o‘rtasida shartnoma tuzilib, unda 
to‘lov shakli ham kelishiladi (1), sotuvchi oldindan umumiy to‘lov 
summasining 15 foizini to‘lagandan so‘ng, tovarlarni jo‘natadi yoki 
xizmatlarni ko‘rsatadi (2), sotib oluvchi shartnomada kelishilgan 
summani mol sotuvchining hisobraqamiga o‘tkazish maqsadida to‘lov 
topshiriqnomani bankka taqdim etadi (3), bankning mas’ul buxgalter 
xodimi to‘lov topshiriqnomalarni tegishli nazoratdan o‘tkazgandan 
so‘ng mablag‘ni elektron to‘lov tizimi orqali respublika bankiga 


78 
jo‘natadi (4), respublika aksiyadorlik tijorat Agrobankida elektron 
to‘lov topshiriqnoma tegishli dasturiy nazoratdan o‘tkazilgandan so‘ng 
sotuvchining bankiga jo‘natiladi (5), elektron to‘lov topshiriqnoma 
Agrobankning Oqtosh bo‘limida dasturiy nazoratdan, mablag‘ sotuv-
chining hisobiga kirim qilinadi va bu haqda unga xabar qilinadi (6). 
To‘lov topshiriqnomalari bilan amalga oshiriladigan naqd pulsiz 
hisob – kitoblarning qator afzalliklari va ayrim kamchiliklari mavjud.
Afzalliklari: 
– sotuvchi bajariladigan ish va ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun 
oldindan 15 foizni oladi; 
– pul to‘lovchi tashkilot tovar olingandan va xizmatlar 
ko‘rastilgandan so‘ng to‘lov topshiriqnomasini bankka taqdim etadi; 
– to‘lov hujjatlarining, boshqa naqd pulsiz hisob – shakllariga 
nisbatan oddiyli va tezligi; 
– tovarli va tovarsiz operatsiyalarda qo‘llanilishining mumkin-
ligi. 
Kamchiliklari: 
– sotib oluvchi hisobvarag‘ida mablag‘ bo‘la turib, ushbu sum-
mani boshqa maqsadlarga foydalanishi natijasida sotuvchi to‘lov 
summasini kechikib olishi mumkin;
– mablag‘ oluvchi tashkilot jo‘natilgan tovarlar va ko‘rsatilgan 
xizmatlar uchun oladigan mablag‘lar pul to‘lovchining hisobvarag‘ida 
mablag‘ bo‘lmay yoki yetishmay qolganda mablag‘ni olish jarayoni 
cho‘zilib ketadi. Biroq ushbu jarayon boshqa to‘lov shakllarida ham 
uchraydi. 

Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish