Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar



Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/211
Sana29.05.2022
Hajmi3,57 Mb.
#614497
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   211
Bog'liq
Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va ba

Bobga oid savollar 
 
1.
Pul aylanmasining iqtisodiy mohiyati va tarkibi. 
2.
Pul aylanmasi tarkibida naqd pulsiz hisob kitoblarning ulushini 
ortib borishiga qanday omillar ijobiy ta’sir qiladi? 
3.
Markaziy bank naqd pul muomalasini tashkil etishda qanday 
ishlarni bajaradi? 
4.
Pul muomalasini tartibga solishda tijorat banklariga qanday 
vazifalar yuklatiladi? 
5.
Yuridik shaxslar kassa limitidan ortiqcha summa bo‘yicha 
qanday qaror qabul qilishi zarur? 
6.
Tijorat banklari qanday manbalar hisobidan naqd pullarni 
qabul qiladi? 
7.
Tijorat banklari qanday maqsadlar uchun naqd pullarni beradi? 
8.
O‘zbekistonda naqd pulsiz hisob – kitoblarning qanday 
shakllari qo‘llaniladi? 
9.
To‘lov talabnomalar bilan hisob – kitoblarning qanday salbiy 
jihatlari mavjud? 
10.
Akseptli va akseptsiz to‘lov talabnomalarning bir – biridan 
qanday farqlari mavjud? 
11.
Akkreditivning qanday turlari mavjud va ular bir – biridan 
nimasi bilan farq qiladi? 
12.
Inkasso topshiriqnomalarning o‘ziga xos jihatlari? 


93 
Bobga oid testlar 
 
1. O‘zbekiston tijorat banklarida elektron to‘lov tizimi qachon 
joriy etildi? 
A. 1995 yil dekabr oyida. 
B. 1996 yil aprel oyida. 
D. 1997 yil mart oyida. 
E. 1998 yil mayda.
2. Quyidagilardan qaysi biri naqd pulsiz hisob – kitoblarni 
tashkil etish qoidalari hisoblanmaydi? 
A. Naqd pulsiz hisob – kitoblar jarayonida ishtirok etayotgan har 
ikkala tomonning ham bankda tegishli hisobvaraqlari mavjud bo‘lishi 
lozim. 
B. Mijozning hisobvarag‘idan mablag‘larni boshqa manzilga 
o‘tkazish va kirim qilish Markaziy bank tomonidan qa’tiy belgilangan 
to‘lov hujjatlari asosida hamda ulardagi rekvizitlarni to‘liq to‘ldirilgan 
holda amalga oshiriladi. 
D. Bank mijozning hisobvarag‘idan uning xabari bo‘lmagan 
hollarda memorial order bilan hisob – kitoblarni amalga oshirishi 
mumkin. 
E. Bank mijozning pul mablag‘larini o‘tkazish haqidagi 
topshirig‘ini uning hisobvarag‘ida mablag‘ bo‘lgandagina qabul qiladi. 
 
3. To‘lov topshiriqnomasi bu: 
A. Sotib oluvchining bankka o‘z hisobvarag‘idan mablag‘ni 
sotuvchi hisobiga o‘tkazib berish haqidagi yozma topshirig‘i. 
B. Sotuvchi jo‘natilgan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun 
mablag‘ni talab qilishi haqidagi hujjat. 
D. Bankning sotuvchiga to‘lovni amalga oshirish to‘g‘risidagi 
yozma topshirig‘i. 
E. Sotuvchi va sotib oluvchi o‘rtasidagi shartnomaga ko‘ra 
to‘lovni amalga oshirish bo‘yicha mablag‘ oluvchining yozma 
topshirig‘i. 
4. To‘lov talabnoma bu: 
A. Sotib oluvchining bankka o‘z hisobvarag‘idan mablag‘ni 
sotuvchi hisobiga o‘tkazib berish haqidagi yozma topshirig‘i. 


94 
B. Sotuvchi jo‘natilgan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun 
mablag‘ni talab qilishi haqidagi hujjat. 
D. Bankning sotuvchiga to‘lovni amalga oshirish to‘g‘risidagi 
yozma topshirig‘i. 
E. Sotuvchi va sotib oluvchi o‘rtasidagi shartnomaga ko‘ra 
to‘lovni amalga oshirish bo‘yicha mablag‘ oluvchining yozma 
topshirig‘i. 
5. Akkreditivning shakllari qaysi javobda to‘g‘ri keltirilgan? 
A. Qoplangan va qoplanmagan akkreditiv. 
B. Kreditlanadigan va kreditlanmaydigan. 
D. To‘lanadigan va to‘lanmaydigan. 
E. Daromadli va daromadsiz. 
 
6. Aktseptli to‘lov talabnomalarda: 
A. Bank dastlab to‘lovni amalga oshiradi so‘ng mijozning 
roziligini oladi. 
B. Bank dastlab belgilangan muddatda mijozning roziligini oladi, 
so‘ng to‘lovni amalga oshiradi. 
D. Bank belgilangan muddatda to‘lovni amalga oshirib bu haqda 
mijozga xabar beradi. 
E. Bank hujjat kelib tushgan zahoti to‘lovni amalga oshiradi va 
bu haqda mijozga xabar beradi. 
 
7. Aktseptsiz to‘lov talabnomalarda:
A. Bank dastlab to‘lovni amalga oshiradi so‘ng mijozning 
roziligini oladi. 
B. Bank dastlab belgilangan muddatda mijozning roziligini oladi, 
so‘ng to‘lovni amalga oshiradi. 
D. Bank belgilangan muddatda to‘lovni amalga oshirib, bu haqda 
mijozga xabar beradi. 
E. Bank hujjat kelib tushgan zahoti to‘lovni amalga oshiradi va 
bu haqda mijozga xabar beradi. 
8. Banklarda ikkinchi kartoteka qanday hollarda yuritiladi? 
A. Bank keladigan barcha to‘lov hujjatlar to‘lovdan oldin dastlab 
kirim qiladi. 


95 
B. Mijozning hisobvarag‘ida mabalag‘lar mavjud bo‘lmagan yoki 
yetarli bo‘lmagan hollarda kirim qilinadi. 
D. Mijozning topshirig‘iga asosan ayrim hujjatlar kirim qilinadi. 
E. To‘lovlar vaqtincha kechiktirilganda ayrim to‘lov hujjatlar 
mijozning roziligi bilan kirim qilinadi. 
9. Inkasso topshiriqnomasi: 
A. Bankka to‘lovchining hisobvarag‘idan so‘zsiz tartibda 
mablag‘larni hisobdan chiqarish huquqini beradi. 
B. Mijozning hisobvarag‘iga uning roziligisiz mablag‘larni kirim 
qilish huquqini beradi. 
D. Mijozning o‘z hisobvarag‘idan mablag‘ni so‘zsiz ko‘chirish 
haqidagi topshirig‘i hisoblanadi. 
E. Mablag‘ to‘lovchi o‘z hisobidan to‘lovlarni amalga oshirish 
bo‘yicha topshirig‘i. 
 
10. Naqd pulsiz hisob – kitoblarning eng ko‘p qo‘llaniladigani 
shakli bu: 
A. To‘lov talabnomalari. 
B. Akkreditivlar. 
D. To‘lov topshiriqnomalar. 
E. Inkasso topshiriqnomalar. 

Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish