Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar



Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/211
Sana29.05.2022
Hajmi3,57 Mb.
#614497
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   211
Bog'liq
Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va ba

 
 
3.4.4. Inkasso topshiriqnomalar
bilan hisob – kitoblar
 
Bizga ma’lumki, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bankdagi 
hisobvaraqlaridan mablag‘larni faqatgina ularning topshirig‘i (to‘lov 
topshiriqnomasi, akkreditiv, hisob – kitob va pul cheki) va roziligi 
(to‘lov 
talabnomasi, 
kredit 
bo‘yicha 
muddatli 
majburiyatlar, 
shartnomalarda kelishilgan bo‘lsa, memorial order) bilangina o‘tkazish 
qonunchilik hujjatlarida belgilab qo‘yilgan.


86 
Bozor munosabatlarida xo‘jalik subyektlari o‘rtasidagi iqtisodiy 
munosabatlarning ko‘pqirraligi va kutilmaganda vujudga kelgan 
ziddiyatlarni hal qilishda qo‘llaniladigan shunday to‘lov hujjatlari ham 
mavjudki, ushbu to‘lov hujjati tegishli muassasalar tomonidan bankka 
taqdim etilganda mijozning hech qanday roziligini olmasdan turib
bank bo‘limi uning hisobvarag‘idan mablag‘ni hujjatda ko‘rsatilgan 
manzilga o‘tkazib berishi lozim. Ushbu to‘lov hujjati inkasso 
topshiriqnomasidir.
Inkasso topshiriqnomasi – bankka mijoz (to‘lovchi)ning hisob-
varag‘idan so‘zsiz tartibda mablag‘larni hisobdan chiqarish to‘g‘risi-
dagi talabini anglatadi. 
Inkasso topshiriqnomalari bankka quyidagi tashkilotlar tomoni-
dan taqdim qilinishi mumkin: 

o‘z vaqtida to‘lanmagan soliqlar va Davlat byudjetiga 
o‘tkaziladigan soliqdan tashqari to‘lovlar (penya, jarimalar)ni undirib 
olishda soliq idoralari

byudjetdan tashqari fondlar – o‘z vaqtida to‘lanmagan 
to‘lovlarni undirib olishda, agarda bu qonuniy hujjatlarda ko‘zda 
tutilgan bo‘lsa; 

bojxona organlari – o‘z vaqtida to‘lanmagan bojxona 
to‘lovlarini undirishda

sud organlari ularga berilgan ijro hujjatlari bo‘yicha; 

moliyalashtirishga 
ortiqcha 
o‘tkazilgan 
mablag‘larni 
qaytarishda, yuqori moliya organlari quyi byudjet tashkilotlarga, davlat 
kafolati ostida berilgan muddati o‘tgan kreditlarni qaytarishda va 
boshqa holatlarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligidan 
inkasso topshiriqnomalari qabul qilinadi

qonuniy hujjatlarga asosan boshqa organlar. 
To‘lovchining hisobvarag‘ida mablag‘ bo‘lmaganda inkasso 
topshiriqnomasi 2 – kartotekada to‘lovini kutayotgan hujjatlar qatoriga 
joylashtiriladi va qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda to‘lanadi. 
Tuman Davlat soliq inspeksiyasi belgilangan soliqlarni o‘z 
vaqtida to‘lamagan xo‘jalik subyektlariga nisbatan inkasso topshi-
riqnomalarini banklarga taqdim etadi (1), tijorat banklari xo‘jalik 
yurituvchi subyektning hisobvarag‘ida mablag‘lar mavjud bo‘lsa, 
inkasso topshiriqnomasida ko‘rsatilgan summani so‘zsiz ravishda 
respublika yoki mahalliy davlat byudjetiga o‘tkazadi (2), va 
to‘lovchiga bu haqda xabar beradi (3). Agar mablag‘ yetarli bo‘lmasa 


87 
yoki umuman mavjud bo‘lmasa to‘lov hujjatlari ikkinchi kartotekaga 
kirim qilinadi, ushbu hujjatlar to‘lovchining hisobvarag‘ida mablag‘lar 
paydo bo‘lib, to‘lovlar amalga oshirilgunga qadar hisobga olib boriladi. 

Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish