Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar


Aktseptli to‘lov talabnomalar bilan hisob –



Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/211
Sana29.05.2022
Hajmi3,57 Mb.
#614497
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   211
Bog'liq
Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va ba

 
Aktseptli to‘lov talabnomalar bilan hisob –
kitoblarni amalga oshirish tartibi 
 
Mol sotuvchi va sotib oluvchi o‘rtasida tovarlar sotish va 
xizmatlar ko‘rsatish haqida shartnoma tuziladi, ushbu shartnomada 
to‘lov shakli ham kelishiladi (1), sotuvchi tovarlarni jo‘natgandan yoki 


81 
xizmatlarni ko‘rsatgandan keyin (2) aktseptli to‘lov talabnomani 
bankka taqdim etadi (3), bankning mas’ul buxgalteri to‘lov 
talabnomalari belgilangan tartibga javob berishini nazoratdan 
o‘tkazgandan keyin pochta orqali sotib oluvchining bankiga jo‘natadi 
(4), sotuvchining banki to‘lov talabnomani aktseptlash uchun sotib 
oluvchiga jo‘natadi (5), sotib oluvchi yozma ravishda to‘lovni rad 
etmasa uning hisobidan mablag‘ni sotuvchi hisobiga o‘tkazish haqidagi 
elektron to‘lov talabnomani respublika bankiga jo‘natadi (6).
Agrobankning Koson bo‘limi sotuvchining hisobvarag‘idan 
mablag‘ni ko‘chirgandan so‘ng bu haqda unga xabar qiladi (7), o‘z 
navbatida respublika Agrobanki elektron to‘lov talabnoma bilan Koson 
bo‘limining vakillik hisobvarag‘idan mablag‘ni Oqtosh bo‘limiga 
o‘tkazadi (8), Agrobankning Oqtosh bo‘limi mablag‘ni sotuvchining 
hisobvarag‘iga o‘tkazadi va bu haqda sotuvchiga tegishli hujjatlarni 
taqdim etadi (9).
Aktseptli to‘lov talabnomalar bilan hisob – kitoblarni amalga 
oshirganda to‘lovchining hisobvarag‘ida mablag‘ bo‘lmaganda to‘lov 
hujjatlari bankning ikkinchi kartotekasiga kirim qilinadi. 
Aktseptsiz to‘lov talabnomalari bilan hisob – kitoblar

Aktsept-
siz to‘lov talabnomalar bilan hisob – kitoblarda bank to‘lovchining 
roziligisiz uning hisobvarag‘idagi mablag‘ni oluvchining hisobiga 
o‘tkazib beradi. Tijorat banklari aktseptsiz to‘lov talabnomalar bilan 
hisob – kitoblarni amalga oshirishni ayrim subyektlarga ruxsat beradi. 
Xususan, ular jumlasiga quyidagi tashkilotlar kiradi: 

issiqlik energiyasi uchun hisob – kitoblarda. Bu holda 
talabnoma va ajratilgan elektr va issiqliq energiyasi uchun hisobvaraq – 
faktura mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan bevosita iste’molchiga 
xizmat ko‘rsatuvchi bankka taqdim etiladi. To‘lov talabnomasining 
maqsadida issiqlik energiyasining o‘lchov asboblari yoki ta’rif asosida 
foydalanilgan miqdori yozuvda ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim; 

qarzdor tomonidan tan olingan summa haqidagi javob xatining 
asl nusxasi ilova qilingan holda. Talabnomaga boshqa hujjatlar ilova 
qilinganda aktseptsiz hisobdan chiqarishga qabul qilinmaydi; 

qarzdor boshqa banklarda ochilgan ikkilamchi hisobvaraqlari 
bo‘yicha kreditlarni vaqtida uzmaganda banklar tomonidan ham 
qo‘yiladi. 
Amaliyot (operatsion) kun tugagandan keyin kelib tushgan 
aktseptsiz talabnomalarda "kechki" degan shtamp qo‘yiladi va ular 


82 
keyingi ish kunida to‘lanadi yoki to‘lovchining hisobraqamida mablag‘ 
bo‘lmaganda 2 – kartotekaga kirim qilinadi. 
To‘lov talabnomasi bilan hisob – kitoblarning amaliyotda 
nisbatan kam qo‘llanilishining asosiy sababi, uning kamchiliklari 
afzalliklariga 
nisbatan 
ko‘pligidadir. 
Jumladan, 
uning 
asosiy 
kamchiliklari sifatida quyidagilarni ta’kidlash maqsadga muvofiq: 
– mablag‘ oluvchi tovar jo‘natgandan va xizmatlarni ko‘rsatgan-
dan so‘ng to‘lov talabnomasini bankka taqdim etishi natijasida, mab-
lag‘ni to‘lovchiga tovar va xizmatlarning sifati to‘liq qoniqtirmagan 
hollarda to‘lovdan voz kechishi turli ziddiyatli holatlarni keltirib 
chiqaradi; 
– to‘lovchining hisobvarag‘ida mablag‘ning bo‘lmasligi yoki 
yetarli miqdorda emasligi banklarda debitor va kreditorlik qarzlarining 
ortib ketishiga olib keladi; 
– to‘lov hujjatlarining aylanishi va rasmiylashtirish jarayoni 
to‘lov topshiriqnomalariga nisabatan qo‘shimcha vaqt va ortiqcha 
mehnatni talab etadi.
Afzallik jihatlari shundan iboratki, to‘lovchining hisobraqamida 
mablag‘ bo‘lmagan hollarda ham jo‘natilgan tovarlar va ko‘rsatilgan 
xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 
Umuman olganda, to‘lov talabnomasi bilan hisob – kitoblarni 
amalga oshirish mablag‘ni oluvchi va beruvchi uchun hamda bank 
uchun ham qo‘shimcha vaqt va ish jarayonini talab etadi. Shu bois 
bo‘lsa kerak, hisob – kitoblarning mazkur shakli amaliyotda boshqa 
hisob – kitob shakllariga nisbatan kamroq qo‘llaniladi.

Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish