Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar



Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/211
Sana29.05.2022
Hajmi3,57 Mb.
#614497
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   211
Bog'liq
Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va ba

 
 
3.4. Naqd pulsiz hisob – kitob shakllari 
 
O‘zbekistonda naqd pulsiz hisob – kitoblar O‘zbekiston Respubli-
kasi Markaziy bank Boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan «O‘zbekiston 
Respublikasida naqd pulsiz hisob – kitoblar to‘g‘risida» gi 60 – sonli 
nizomga asosan tashkil etiladi.
O‘zbekistonda naqd pulsiz hisob – kitoblar shakllarini joriy etish, 
umumiy talab va qoidalarini belgilash hamda nazorat qilish Markaziy 
bank tomonidan amalga oshiriladi. 
O‘zbekiston tijorat banklari, tegishli qonuniy va me’yoriy 
hujjatlar asosida mulkchilik shaklidan qa’tiy nazar xo‘jalik yurituvchi 
subyektlarga quyidagi 
naqd pulsiz hisob – kitoblar shakllarini
amaliyotga joriy etadi: 

to‘lov topshiriqnomalari; 

to‘lov talabnomalari;

akkreditiv; 

inkasso topshiriqnomasi; 

hisob cheklari bilan hisob – kitoblar. 
O‘zbekistonda bozor munosabatlarining tobora chuqurlashib 
borishi tijorat banklari xizmatlarining turlarini oshib borishiga turtki 
bo‘lmoqda. Mana shunday xizmatlardan biri naqd pulsiz hisob – 
kitoblarni plastik kartochkalar orqali amalga oshirish bo‘lib, hozirgi 
paytda hisob – kitoblarning ushbu shakli asosan aholi va xo‘jalik 
subyektlari o‘rtasida qo‘llanilmoqda. Ta’kidlash lozimki, plastik 
kartochkalar bilan hisob – kitoblarni amalga oshirish juda qulay va 
oson bo‘lib, kelgusida aholi tomonidan to‘lovlarni amalga oshirishda 
muhim ahamiyat kasb etishi kutilmoqda. 
Yuqorida qayd etilgan naqd pulsiz hisob – kitoblarni amalga 
oshirishda quyidagi pul – hisob – kitob hujjatlaridan foydalanadi: 
– to‘lov topshiriqnomasi, ushbu hujjat asosida mijoz sotib olgan 
tovarlar yoki xizmatlar uchun o‘z hisobvarag‘idan mablag‘ni to‘lash 
haqidagi topshirig‘ini o‘ziga xizmat ko‘rsatadigan bankka beradi; 


76 
– to‘lov talabnomasi, ushbu hujjat asosida mijoz jo‘natgan mol 
yoki ko‘rsatgan xizmatlar uchun to‘lovni mol sotib oluvchidan undirib 
berish haqida o‘ziga xizmat ko‘rsatadigan bankka taqdim etadi; 
– inkasso topshiriqnomasi, ushbu hujjat asosida Markaziy bank 
tomonidan belgilab qo‘yilgan tashkilotlar to‘lovchining hisobvarag‘i-
dagi mablag‘ni uning roziligini olmasdan tegishli manzilga o‘tkazib 
berish haqida bankka topshiriq beradi, agar to‘lovchining hisobva-
rag‘ida mablag‘ yetarli yoki mavjud bo‘lmasa inkasso topshiriqnomasi 
kartoteka 2 da hisobga olib boriladi; 
– akkreditivga ariza, mijoz sotib oladigan tovarlar va xizmatlar 
uchun to‘lanadigan mablag‘larni deponentlash haqida o‘z bankiga 
taqdim etadigan hujjat hisoblanadi; 
– hisob – kitob cheki, asosan jismoniy shaxslar va savdo tashki-
lotlari o‘rtasida qo‘llaniladigan hujjat bo‘lib, uchinchi shaxs, asosan 
savdo tashkilotlari chekdagi mablag‘ni talab qilib o‘z bankiga taqdim 
etadi; 
– memorial order, ushbu hujjat bankning ichki operatsiyalarini 
bajarishda, shuningdek, shartnomada ko‘rsatilgan hollarda mijozlar-
ning hisobvaraqlaridan mablag‘larni ko‘chirishda bank tomonidan 
qo‘llaniladi.

Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish