Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar



Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/211
Sana29.05.2022
Hajmi3,57 Mb.
#614497
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   211
Bog'liq
Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va ba

 
Markaziy bank
 
pul muomalasini tartibga solishda pul – kredit siyosatining bevosita va 
bilvosita 
instrumentlardan 
foydalanadi. 
Markaziy 
bank 
pul 
muomalasini tartibga solishda tijorat banklari va Markaziy bankning 
Hududiy bosh boshqarmalari (MB HBB) bilan o‘zaro hamkorlikda 
faoliyat yuritadi.
Pul muomalasini tashkil etish va tartibga solishda tijorat 
banklari quyidagi ishlarni amalga oshiradi: 
-jismoniy shaxslarning bo‘sh pul mablag‘larini omonatlarga jalb 
qilishga, jismoniy shaxslar pul daromadlarining naqd pulsiz tartibda 
omonatlarga o‘tkazilishini kengaytirishga, tovar va xizmatlar uchun 


67 
naqd pulsiz hisob – kitoblarni, shu jumladan bank kartalaridan foyda-
langan holda rivojlantirishga qaratilgan choralar ko‘radilar;
-yuridik shaxslar bilan kelishgan holda ularning kassalaridagi 
naqd pul qoldig‘i limitlari, pul tushumlarini bankka topshirish tartibi va 
muddatlarini belgilaydilar;
-naqd pul mablag‘larining har kuni kelib tushishi ustidan doimiy 
monitoringni amalga oshiradilar; 
-haqiqatda tushgan tushumlar va berilgan naqd pullarning kassa 
aylanmalarining xomcho‘t hisob – kitoblaridan farq qilish sabablarini 
tahlil qiladilar hamda naqd pul tushumlarining ko‘payishini ta’minlash 
choralarini ko‘radilar. 
Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmasi (MB HBB) 
zimmasiga pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish, Qoraqal-
pog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi tijorat 
banklarining faoliyatini muvofiqlashtirish va uning monitoringi 
yuklatiladi. MB HBBlari xususan quyidagi ishlarni amalga oshiradi: 

pul muomalasining holatini o‘rganadi, banklarning kassa aylan-
malarini tahlil qiladi, pul muomalasining holatini tavsiflovchi 
ko‘rsatkichlarni jamlaydi va tartibga soladilar; 

pul muomalasini mustahkamlashga qaratilgan takliflarni 
tayyorlab, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent 
shahrining joylardagi davlat boshqaruv organlari muhokamasiga 
qo‘yadilar; 

naqd pulga bo‘lgan talabni uzluksiz ta’minlashni nazarda tutib, 
mintaqalar va tijorat banklari filiallari o‘rtasida naqd pul mablag‘larini 
tezkor qayta taqsimlashni amalga oshiradilar; 

tijorat banklari bilan birgalikda naqd pul zaxiralari hajmining 
eng kam miqdorini tasdiqlaydilar; 

banklarning pul muomalasiga doir ishlarini tahlil qiladi va 
o‘rganadilar. 
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar “Yuridik shaxslar tomonidan kassa 
operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari”ga (1998 yil 17 dekabrda 
565 – son bilan ro‘yxatga olingan) muvofiq o‘z kassalarida naqd pul 
qoldiqlari bo‘yicha belgilangan limitlar doirasida naqd pulga ega 
bo‘lishlari mumkin. 
Yuridik shaxslar kassadagi belgilangan naqd pul qoldig‘ining 
limitdan ortiqcha qismini bank bilan kelishilgan tartibda va muddat-
larda hisobvaraqqa kiritib qo‘yish uchun bankka topshirishlari shart.


68 
Kassadagi naqd pul qoldig‘i limitlarini, tushumni topshirish 
tartibi va muddatlarini belgilash uchun banklar yilning birinchi chora-
gida savdo tashkilotlari va boshqa yuridik shaxslardan buyurtmanoma 
– hisob – kitob oladilar.
Kassadagi naqd pullar qoldig‘i limiti har yili kassaga ega bo‘lgan 
va naqd pulli hisob – kitoblarni amalga oshiruvchi barcha yuridik 
shaxslarga belgilanadi. 
Yuridik shaxsning turli banklarda bir nechta hisobvaraqlari 
mavjud bo‘lgan taqdirda u o‘z ixtiyoriga ko‘ra xizmat ko‘rsatuvchi 
banklarning biriga kassadagi naqd pul limitini belgilash uchun hisob – 
kitob bilan murojaat etadi. Banklarning birida kassa qoldig‘i limiti 
belgilangandan so‘ng yuridik shaxs belgilangan kassa qoldig‘i limiti 
to‘g‘risidagi xabarnomani unga tegishli hisobvaraqlar ochilgan boshqa 
banklarga jo‘natadi.
Kassadagi naqd pullar limitini belgilash uchun buyurtmanoma – 
hisob – kitobni xizmat ko‘rsatuvchi banklarning birortasiga taqdim 
etmagan yuridik shaxslar bo‘yicha kassa qoldig‘i limiti nolga teng deb 
hisoblanadi, yuridik shaxs tomonidan bankka topshirilmagan naqd pul 
mablag‘lari esa limitdan ortiqcha deb hisoblanadi. 
Kassadagi 
naqd 
pullar 
qoldig‘ining 
quyidagi 
limitlari 
belgilanadi: 
- doimiy naqd pul tushumiga ega va uni ish kunining oxirida 
bankka topshirishi lozim bo‘lgan yuridik shaxslar uchun – keyingi ish 
kuni ertasiga normal ish faoliyatini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan 
miqdorda; 
- keyingi kunda topshirishi shart bo‘lgan yuridik shaxslar uchun - 
o‘rtacha kunlik naqd pul tushumidan ortiq bo‘lmagan miqdorda;
- tushumni har kuni topshirmaslik huquqiga ega bo‘lgan yuridik 
shaxslar uchun – tushum summasi va uni topshirish bo‘yicha 
belgilangan muddatga bog‘liq bo‘lgan miqdorda; 
- doimiy naqd pul tushumiga ega bo‘lmagan yuridik shaxslar 
uchun - o‘rtacha kunlik naqd pul xarajati miqdorida (mehnat haqi 
to‘lovlari, vaqtinchalik ishga layoqatsizlik bo‘yicha nafaqa, mukofot va 
stipendiya xarajatlaridan tashqari). 
Yuridik shaxslar o‘z kassalarida naqd pullarni belgilangan 
limitlardan ortiqcha miqdorda faqat mehnatga haq to‘lash, ijtimoiy 
sug‘urta bo‘yicha nafaqalar, pensiya va stipendiyalar berish uchun, 
bankdan olingan kunni qo‘shib hisoblagan holda, 3 ish kunidan ortiq 


69 
bo‘lmagan muddat mobaynida (banklardan uzoq masofada joylashgan 
yuridik shaxslar esa 5 ish kunigacha) saqlash huquqiga ega. Bu muddat 
tugagach, ko‘zlangan maqsad uchun ishlatilmagan pullar bankka 
qaytariladi va keyinchalik yuridik shaxslarga ularning birinchi talabi 
bilanoq o‘sha maqsadlarga ishlatish uchun beriladi. 
Pulning 
aylanishini 
tezlashtirish 
va 
bank 
kassalariga 
tushumlarning o‘z vaqtida tushishi zaruratidan kelib chiqqan holda, 
banklar tomonidan har bir yuridik shaxsga ularning rahbarlari bilan 
kelishilgan tarzda tushum topshirish vaqti va tartibi belgilanadi. 
Kassadagi naqd pul qoldiqlarining belgilangan limitlari, tushumni 
topshirish tartibi va muddatlari banklar tomonidan har bir yuridik 
shaxsga yozma ravishda ma’lum qilinadi. 
Banklar yuridik shaxslarning pul tushumlarini o‘z vaqtida va 
to‘liq topshirishlari bo‘yicha monitoring olib boradilar. 
Markaziy bank tijorat banklarini naqd pulga bo‘lgan talabini 
qondirish maqsadida kassa buyurtmalariga asosan ularga naqd pullarni 
jo‘natadi, ular o‘rtasida naqd pullarning taqsimlanishi va maqsadli 
foydalanishi ustidan umumiy monitoringni tashkil etadi.
Markaziy bank tijorat banklarining aylanma kassasiga naqd 
pullarni saqlashning maksimal miqdorini o‘rnatadi.
Unga tijorat banklarining aylanma kassasidagi naqd pullar 10101 
– “Aylanma kassadagi naqd pullar” hisobvarag‘ida hisobga olib 
boriladi.
O‘rnatilgan kassa limitidan ortgan naqd pullar tegishli 10102 – 
“Zaxiradagi naqd pullar” hisobvarag‘iga kirim qilinadi va Markaziy 
bankning tegishli ruxsati bilan ishlatiladi.
Markaziy bank ushbu hisobvaraqdagi kassa limitidan ortiqcha 
mablag‘larni ishlatish bo‘yicha tijorat bankiga: 
– tijorat bankiga foydalanishga ruxsat berishi haqida; 
– boshqa tijorat bankiga jo‘natish haqida; 
– Markaziy bankning hisob – kassa markazining zaxira fondiga 
topshirish haqida bo‘lishi mumkin. 
Ta’kidlash lozimki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent 
shahri va viloyalarida tijorat banklarining aylanma kassasidagi naqd 
pullarni va kassa limitidan ortiqcha mablag‘larni ishlatish va nazorat 
qilish ishlari Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmalari orqali 
amalga oshiriladi. 

Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish