83
deponentlamaydi, balki mijozning banki uning hisobvarag‘ida mablag‘
bo‘lmagan taqdirda to‘lov kafolatini oladi.
Qoplangan va qoplanmagan akkreditivlar
chaqirib olinadigan
yoki chaqirib olinmaydigan bo‘lishi mumkin. Uning matnida ushbu
belgi mavjud bo‘lmagan holda, akkreditiv chaqirib olinadigan
hisoblanadi.
Chaqirib olinadigan akkreditiv bank – emitent tomonidan mab-
lag‘larni oluvchi bilan oldindan xabardor qilmagan holda, o‘zgar-
tirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Akkreditivni chaqirib olish bank
– emitent zimmasiga mablag‘larni oluvchi oldida biron – bir
majburiyat yuklamaydi. To‘lovchi chaqirib olinadigan akkreditivning
shartlarini o‘zgartirish yoki bekor qilinishi to‘g‘risidagi
barcha
ko‘rsatmalarni mablag‘lar oluvchiga, faqat bank – emitent orqali
berishi mumkin, ushbu bank mablag‘larni oluvchining banki (ijrochi
bank)ni, u esa – mablag‘ oluvchini, xabardor qiladi.
Agar ijrochi bank operatsiyalarni bajarish paytigacha akkreditiv-
ning shartlari o‘zgartirilganligi yoki
u bekor qilinganligi haqida
bildirishnoma olmagan bo‘lsa, u chaqirib olinadigan akkreditiv bo‘yi-
cha to‘lovni yoki boshqa operatsiyalarni amalga oshirishi mumkin.
Mablag‘ oluvchining roziligisiz, uning foydasiga ochilgan
chaqirib olinmaydigan akkreditiv, o‘zgartirilishi
yoki bekor qilinishi
mumkin emas.
Ijrochi bank, bank – emitent bilan shartnoma asosida chaqirib
olinmaydigan akkreditivni tasdiqlashi mumkin. Bunday holda, chaqirib
olinmaydigan akkreditiv tasdiqlangan akkreditiv bo‘ladi.
Tasdiqlangan akkreditiv bo‘lganda, ijrochi bank, bank –
emitentning akkreditiv shartlariga muvofiq, to‘lovni
amalga oshirish
majburiyatlari bo‘yicha o‘z zimmasiga qo‘shimcha ravishda majbu-
riyatlar oladi.
Tasdiqlangan akkreditiv ijrochi bankning roziligisiz o‘zgarti-
rilishi yoki bekor qilinishi mumkin emas.
Akkreditiv bilan hisob – kitoblarning ijobiy jihati shundaki,
korxona jo‘natgan tovar va ko‘rsatgan xizmatlari uchun to‘lov
kafolatlanadi. Shu bilan birga aytish lozimki, akkreditiv bilan hisob –
kitoblarda mol sotib oluvchi korxonaning mablag‘lari ma’lum
muddatga o‘z ixtiyoridan chiqib ketadi.
Akkreditivlar bilan hisob – kitoblar tartibini ikkita bank bo‘limi
misolida quyidagi chizmada ko‘rib chiqamiz.
84
Barcha hisob – kitoblarda bo‘lgani singari, dastlab sotuvchi –
akkreditiv bo‘yicha mablag‘ oluvchi va sotib oluvchi – akkreditivga
ariza beruvchi o‘rtasida shartnoma tuziladi (1),
sotib oluvchi
shartnomada ko‘rsatilgan summani sotuvchining hisobiga deponentlash
uchun akkreditivga arizani bankka taqdim etadi (2), bank emitent o‘z
navbatida akkreditiga arizada ko‘rsatilgan summani
sotuvchining
hisobiga o‘tkazish maqsadida elektron arizani bosh bankka
jo‘natadi(3), bosh bankda Koson bo‘limi vakillik hisobidagi mablag‘
Oqtosh bo‘limi vakillik hisobvarag‘iga o‘tkaziladi va bu haqda
elektron akkretivga arizani bank bo‘limiga jo‘natadi (4), sotuvchining
banki shartnomada ko‘rsatilgan akkreditiv summa uning hisobiga
deponentlanganini xabar qiladi (5), sotuvchi o‘z navbatida tegishli
tovarlarni sotib oluvchiga jo‘natadi yoki xizmatlarni ko‘rsatadi (6),
sotuvchi tovarlarni jo‘natganligi yoki xizmatlar ko‘rsatganligini
tasdiqlovchi hujjatlarni bankka taqdim etadi (7), bank o‘z navbatida
deponentlangan summaning uning hisobiga o‘tkazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: