Issue: sotib oluvchining laboratiya analiziga topshirish va natijalarni olish bilan bog’liq xatti-harakatlari taraflar o’rtasidagi o’zaro shartlarga zid. Rule



Download 22,36 Kb.
Sana20.01.2022
Hajmi22,36 Kb.
#393134
Bog'liq
arbitraj


ISSUE: SOTIB OLUVCHINING LABORATIYA ANALIZIGA TOPSHIRISH VA NATIJALARNI OLISH BILAN BOG’LIQ XATTI-HARAKATLARI TARAFLAR O’RTASIDAGI O’ZARO SHARTLARGA ZID.

RULE: 1) Vena Konvensiyasining 35-moddasiga asosan, Sotuvchi Sotib oluvchiga tovarlarni shartnoma va kelishuv talab qilgan asoslarga muvofiq mos yetkazib berishi kerak1. O’z navbatida ushbu Konvensiyaning 38-moddasiga ko’ra Sotib oluvchi tovarlarni qabul qilib olish paytida tekshirib olishi shart.2

APPLY: Sotib oluvchi Sotuvchi tomonidan jo’natilgan Tovar namunalarini ko’zdan kechirish maqsadida uni laboratoriya analiziga topshiradi. Analiz natijalari tovarning mos Tovar emasligini ko’rsatadi. Vena Konvensiyasining 3-bo’lim(45-52-moddalar)iga asosan, Sotuvchi tomonidan Tovarlar mos emasligi Sotib oluvchiga ayon bo’lsa, u:

Shularni inobatga olib, keysda “Sotib oluvchi – haq” degan tushuncha anglashiladi. Ammo, Taraflar tomonidan imzolangan shartnoma shartlari(offerta acceptlangach, u taraflar uchun majburiydir3), shuningdek, reklamatsiya qismi ham keysda Sotuvchi va Sotib oluvchi uchun majburiy xarakterga ega. Bundan kelib chiqadiki,



CONCLUSION: 1) Reklamatsiyada Tovarning nomuvofiqligi akt-ekspertiza yoki neytral hisoblangan 3-tarafning vakili ishtirokida aniqlanishi zarurligi belgilangan(bu shart taraflar uchun majburiy). Lekin Sotib oluvchi keysda neytral bo’lgan 3-tarafga murojaat qilmaydi. Shu bois, tovarning nomuvofiqligi haqidagi talab asossizdir.

2) Sotuvchi Sotib oluvchidan tovarlar namunalarini qabul qilib olmagan. Vena Konvensiyasining 35-modda 2-bandiga asosan sotib oluvchi sotuvchiga muayyan tovarning namunalarini taqdim etishi zarurligi belgilangan. Agar, ushbu shart bajarilmasa, shartnoma shartlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo’lmasa Sotuvchi tovarning muvofiqligi uchun javobgar hisoblanmaydi.4



*******__ISSUE:_Sotib_oluvchi_shartnomani_tugatish_yoki_bekor_qilishni_talab_qilishga_haqli_emas.__RULE'>*******

ISSUE: Sotib oluvchi shartnomani tugatish yoki bekor qilishni talab qilishga haqli emas.

RULE: Vena Konvensiyasining 37-48-moddalariga muvofiq, Sotib oluvchi shartnomani bekor qilishning asoslari qayd etib o’tilgan. Shuningdek, taraflar o’rtasida shartnomani bekor qilish haqidagi asoslar ham mavjud emas. Lekin, faqat, bir taraf ikkinchi bir tarafni shartnomani bekor qilish haqida ogohlantirgan bo’lsagina, shartnomani bekor qilish5 haqida o’ylab ko’rish mumkin.

APPLY: Sotib oluvchi birinchi partiya tovarlar uchun pul to’lashini aytib, shartnomani bekor qilishni hamda qolgan tovarlar uchun pul to’lamasligini aytadi. Sotuvchi Reklamatsiya talablariga muvofiq, agarda Tovar mos tovar deb tan olinmasa, tovarni almashtirish majburiyatiga roziligi haqida bayon qilgan. Ammo reklamatsiya qismida shartnomaning Sotib oluvchi tomonidan bekor qilinishi mumkin emasligi haqida shart qayd etilgan.

CONCLUSION: Shu sabab, Sotuvchi keysda mos bo’lmagan tovarni(agar tovarning mos emasligi aniqlansa) muayyan muddat ichida mosiga almashtirib berishi, Sotib oluvchi esa belgilangan pul to’lash majburiyatini bajarishi kerak(Muqobil tarzda, Sotib oluvchi Vena Konvensiyasining 50-moddasiga muvofiq, 1-partiya tovarlar uchun nisbattan kamroq pul to’lab, ikkinchi partiya tovarlar uchun moslik belgisini qat’iyroq talab qilishi mumkin edi).

*****

JAVOB: Ushbu keysda, Sotib oluvchining vajlari va qo’ygan talablari noo’rin. Shartnomaning Reklamatsiya qismi shartnoma taraflari uchun majburiydir. Shartnomani bekor qilib bo’lmaydi. Shartnomaga talablariga mos bo’lmagan tovarlar akt-ekspertiza yoki 3-neytral taraf ishtiroki asosida aniqlanishi kerak. Tovar mos emas deb tan olinsa, Reklamatsiyaga asosan Sotuvchi tomonidan mosiga almashtirib berilishi kerak.

Sotib oluvchi tovarning qolgan qismini ham qabul qilishi va pul to’lashga majbur. Agar tovarlar mos tovar deb tan olinmasa, belgilangan tartibda narxni pasaytirgan holda tovarlarni qabul qilib olishi mumkin.



1 UNCITRAL Kotibiyatining Vena Konvensiyasi(1980)ga bag’ishlangan Sharhining 3-bo’limi 24-bandi.

2 Ushbu Sharhning 3-bo’lim 25-bandi.

3 Vena Konvensiyasi 23-modda.

4 Vena Konvensiyasi 35-modda 3-bandi.

5 Vena Konvensiyasi 26-modda.

Download 22,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish