O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi sudlov hay’atining



Download 28,24 Kb.
Sana21.04.2022
Hajmi28,24 Kb.
#568853
Bog'liq
20-1504 14273 03.02.2016




O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi sudlov hay’atining
Qarori
Majburiyatlar majburiyat shartlariga va qonun hujjatlari talablariga muvofiq, bunday shartlar va talablar bo‘lmaganida esa — ish muomalasi odatlariga yoki odatda qo‘yiladigan boshqa talablarga muvofiq lozim darajada bajarilishi kerak
[Ko‘chirma]
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi (bundan buyon matnda — Palata) ATB “Qishloq qurilish bank” Buxoro viloyat Galla Osiyo filiali (bundan buyon matnda — Bank filiali) manfaatida xo‘jalik sudiga da’vo arizasi bilan murojaat qilib, javobgar “Humo Arabon Yulduzi” mas’uliyati cheklangan jamiyati (bundan buyon matnda — javobgar) va “Universal Mulk Savdo” mas’uliyati cheklangan jamiyatidan (bundan buyon matnda — qo‘shimcha javobgar) solidar tartibda 286 659 595 so‘m kredit qarzi, 13 619 458 so‘m kredit foizini undirishni, undiruvni garovga qo‘yilgan mulklarga qaratishni hamda ushbu mulklarning kimoshdi savdosidagi boshlang‘ich bahosini belgilab berishni so‘ragan.
Sudning 2015-yil 5-oktabrdagi ajrimi bilan ishga ATB “Qishloq qurilish bank” (bundan buyon matnda — Bank) da’vogar sifatida jalb qilingan.
Birinchi instansiya sudining 2015-yil 5-noyabrdagi hal qiluv qarori bilan da’vo qisman qanoatlantirilib, javobgar va qo‘shimcha javobgardan solidar tartibda bank foydasiga 268 716 876,79 so‘m asosiy qarz, 8 065 895,70 so‘m foiz, 4 880 517 so‘m qo‘shimcha foiz undirilgan. Undiruv javobgarga tegishli garovdagi mol-mulklarga qaratilib, uning kim oshdi savdosidagi boshlang‘ich narxi 375 000 000 so‘m deb belgilangan. Da’voning Bank filialiga nisbatan qismi bo‘yicha ish yuritish tugatilgan.
Ish apellatsiya instansiyasi sudida ko‘rilmagan.
Kassatsiya shikoyatida sud tomonidan ish qo‘shimcha javobgar vakilining ishtirokisiz ko‘rib chiqilganligi, qo‘shimcha javobgar tegishli tartibda sud majlisi vaqti va joyi to‘g‘risida ogohlantirilmaganligi bayon qilinib, hal qiluv qarorini bekor qilish so‘ralgan.
Sudlov hay’ati kassatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarni ish hujjatlari bilan birga muhokama qilib, quyidagilarga asosan hal qiluv qarorini o‘zgarishsiz, kassatsiya shikoyatini esa qanoatlantirmasdan qoldirishni lozim topadi.
Ish hujjatlaridan ko‘rinishicha, Bank filiali va javobgar o‘rtasida 2014-yil 24-oktabrda 189-sonli kredit shartnomasi tuzilgan. Shartnoma shartlariga asosan Bank filiali javobgarga tikuvchilik faoliyatini rivojlantirish va yangi ishchi o‘rinlarni yaratish maqsadida trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaradigan asbob-uskunalar sotib olish uchun 3 yil muddatga, yillik 18 foiz ustama haq to‘lash sharti bilan 300 000 000 so‘m kredit ajratish, javobgar esa kredit va uning foizlarini o‘z vaqtida qaytarish majburiyatini olgan.
Kredit mablag‘ining qaytarilishini ta’minlash maqsadida taraflar o‘rtasida 2014-yil 29-oktabrda garov shartnomasi tuzilgan. Ushbu shartnomaga asosan javobgarga tegishli Peshku tuman, Istiqbol QFI, Qusaravon qishlog‘ida joylashgan 2013-yilda ishlab chiqarilgan, davlat raqami belgisi 5673NU, dvigatel raqami 145107, zavod raqami 1100780 bo‘lgan sariq rangli “HYUNDAI R220LC-9S 2013” rusumli ekskavator garovga qo‘yilgan va uning boshlang‘ich narxi 375 000 000 so‘m deb belgilangan.
Bundan tashqari, kredit mablag‘ining qaytarilishini ta’minlash maqsadida taraflar o‘rtasida 2015-yil 15-yanvarda kafillik shartnomasi tuzilgan. Unga ko‘ra, qo‘shimcha javobgar kredit shartnomasi bo‘yicha javobgarning majburiyatlarini bajarmaslik holatida solidar tartibda kredit qarzdorlikning umumiy summasini bankka to‘lash majburiyatini olgan.
Shartnoma shartlaridan kelib chiqib, Bank filiali javobgarga 300 000 000 so‘m kredit mablag‘ini ajratgan.
Kredit shartnomasining 2.7-bandida javobgar shartnomaning 1-ilovasida ko‘rsatilgan muddatda kredit foizlarini va kreditning asosiy summasini qaytarishi lozim bo‘lgan.
FK 236-moddasiga ko‘ra, majburiyatlar majburiyat shartlariga va qonun hujjatlari talablariga muvofiq, bunday shartlar va talablar bo‘lmaganida esa — ish muomalasi odatlariga yoki odatda qo‘yiladigan boshqa talablarga muvofiq lozim darajada bajarilishi kerak.
Biroq, javobgar tomonidan kredit va uning foizlari shartnomada belgilangan muddatda qaytarilmagan, natijada uning bank oldida 268 716 876,79 so‘m kredit qarzi, 8 065 895,70 so‘m foizi va qo‘shimcha foizdan 4 880 517 so‘m qarzdorligi yuzaga kelgan.
Bank filiali tomonidan javobgarga qredit qarzdorlikni uzish haqida yuborilgan talabnoma javobgar tomonidan oqibatsiz qoldirilgan.
Shunga asosan Palata Bank filiali manfaatida xo‘jalik sudiga da’vo arizasi bilan murojaat qilib, Bank foydasiga javobgar va qo‘shimcha javobgardan solidar tartibda 286 659 595 so‘m kredit qarzi, 13 619 458 so‘m kredit foizini undirishni, undiruvni garovga qo‘yilgan mulklarga qaratishni hamda ushbu mulklarning kimoshdi savdosidagi boshlang‘ich bahosini belgilab berishni so‘ragan.
Birinchi instansiya sudi javobgar tomonidan kredit qarzdorlik summalari qisman to‘langanligini inobatga olib, da’vo talablarini qisman qanoatlantirib to‘g‘ri xulosaga kelgan.
Javobgar tomonidan kredit va uning foizlari shartnomada belgilangan muddatda qaytarilmaganligi holati kredit shartnomasi shartlarini qo‘pol ravishda buzish deb hisoblanadi, shu bois, birinchi instansiya sudi da’voning ushbu qismini asosli ravishda qanoatlantirgan.
Kredit shartnomasining 4.4-bandida Bank shartnoma bo‘yicha javobgarga yuklatilgan barcha majburiyatlarning o‘z vaqtida bajarilishini talab qilish huquqiga ega ekanligi va ushbu majburiyatlar lozim darajada bajarilmasa Bank kreditni muddatidan oldin qaytarilishini talab qilishga haqli ekanligi belgilangan.
Yuqorida qayd etilganidek, javobgar tomonidan kredit va uning foizlari shartnomada belgilangan muddatda qaytarilmagan va buning natijasida Bank oldida kredit bo‘yicha qarzdorlik 268 716 876,79 so‘mni, foiz bo‘yicha qarzdorlik 8 065 895,70 so‘mni, qo‘shimcha foiz bo‘yicha qarzdorlik esa 4 880 517 so‘mni tashkil qilgan.
Palata da’vo arizasida undiruvni garovga qo‘yilgan mulklarga qaratib, ularning boshlang‘ich bahosini belgilab berishni so‘ragan.
“Garov to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (bundan buyon matnda — Qonun) 26-moddasining birinchi qismiga ko‘ra garovga oluvchining (kreditorning) talablarini qondirish uchun undiruvni qarzdor garov bilan ta’minlangan majburiyatni o‘zi javobgar bo‘lgan vaziyatlarda bajarmagan taqdirda yoki lozim darajada bajarmaganda garovga qo‘yilgan mol-mulkka qaratishi mumkin.
Bank filiali va javobgar o‘rtasida 2014-yil 29-oktabrda tuzilgan garov shartnomasiga asosan javobgarga tegishli ekskavator garovga qo‘yilgan. Ushbu shartnoma shartlarida kredit shartnomasida ko‘rsatilgan majburiyatlar javobgar tomonidan bajarilmagan taqdirda Bank garovga qo‘yilgan mulk hisobidan o‘z manfaatlarini qanoatlantirishi nazarda tutilgan.
Qonun 28-moddasining uchinchi qismiga asosan garovga qo‘yilgan mol-mulkning kimoshdi savdosi boshlanadigan vaqtdagi boshlang‘ich sotish narxi undiruv sud tartibida mol-mulkka qaratilgan hollarda sud qarori bilan yoki boshqa hollarda garovga oluvchining garovga qo‘yuvchi bilan kelishuvi natijasida belgilanadi.
Taraflar o‘rtasida 2014-yil 13-yanvarda tuzilgan dalolatnomada garovga qo‘yilgan ko‘chmas mulklarning bahosi 375 000 000 so‘mga kelishilgan. Bu haqda garov shartnomasining 4.1-bandida ham bayon etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudi Plenumining “Kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini ta’minlash to‘g‘risidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida” 2006-yil 22-dekabrdagi 13/150-sonli qarorining 23-bandida undiruvni garov narsasiga sud tartibida qaratishda sudning qarorida garovdagi mol-mulkning nomi, joylashgan joyi, garov shartnomasida ko‘rsatilgan miqdordagi boshlang‘ich sotuv bahosi ko‘rsatilishi lozimligi haqida tushuntirish berilgan.
Shu bois sud undiruvni garovdagi mulkga qaratib, ushbu mulkning qiymati taraflar o‘rtasidagi kelishuv bilan 375 000 000 so‘mga baholanganligini inobatga olib, garovga qo‘yilgan mulkning kimoshdi savdosi boshlanadigan vaqtdagi boshlang‘ich bahosini 375 000 000 so‘m deb belgilash haqida asosli to‘xtamga kelgan.
Bundan tashqari, Palata da’vo arizasida kredit qarzdorlikni javobgar va qo‘shimcha javobgardan solidar tartibda undirishni so‘ragan.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 293-moddasiga ko‘ra, qarzdor kafillik bilan ta’minlangan majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda kafil va qarzdor kreditor oldida solidar javob beradilar, basharti qonunda yoki kafillik shartnomasida kafilning subsidiar javobgar bo‘lishi nazarda tutilgan bo‘lmasa. Basharti, kafillik shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, kafil kreditor oldida qarzdor bilan baravar hajmda javob beradi, shu jumladan foizlar to‘laydi, qarzni undirib olish bo‘yicha sud chiqimlarini va qarzdor majburiyatini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi tufayli kreditor ko‘rgan boshqa zararlarni to‘laydi. Agar kafillik shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, birgalashib kafil bo‘lgan shaxslar kreditor oldida solidar javob beradilar.
Qolaversa, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2006-yil 22-dekabrdagi “Kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini ta’minlash to‘g‘risidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida” 13/150-sonli qarorining 30-bandida kreditor tomonidan da’vo bir vaqtning o‘zida kafil va qarzdorga nisbatan qarzdor tomonidan asosiy majburiyat bajarilmaganligi munosabati bilan taqdim etilib, solidar javobgarlik to‘g‘risidagi qoidalarni qo‘llash lozim bo‘lgan hollarda, bunday javobgarlik faqat kafil yoki faqat qarzdorga yuklatilishi mumkin emasligi, kafil va qarzdor kreditor oldida solidar javob berishlari kerak ekanligi haqida tushuntirish berilgan.
Ushbu holatda birinchi instansiya sudi kredit qarzdorligi va foizi javobgardan tashqari solidar tartibda kafil, ya’ni qo‘shimcha javobgardan undirib, to‘g‘ri xulosaga kelgan.
Kassatsiya sudlov hay’ati qo‘shimcha javobgarning sud tomonidan ishni uning vakili ishtirokisiz ko‘rib chiqilganligi haqidagi vaji bilan kelishmaydi. Chunki, birinchi instansiya sudining da’vo arizasini ish yurituvga qabul qilish va ishni sudda ko‘rishga tayyorlash haqidagi ajrimi taraflar o‘rtasida tuzilgan shartnomadagi javobgarning yuridik manzili, ya’ni Buxoro shahri, I. Mo‘minov ko‘chasi, 30-uy manziliga yuborilgan.
Ammo, sud ajrimi yuborilgan pochta konverti xo‘jalik sudiga aloqa xizmati orqali mazkur manzilda korxona mavjud emasligi sababli qaytarilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining (bundan buyon matnda — XPK) 121-moddasida ishda ishtirok etuvchi shaxslar ishni yuritish vaqtida o‘z manzillarining o‘zgarganligi haqida xo‘jalik sudiga xabar berishlari shartligi, bunday xabar berilmagan taqdirda protsessual hujjatlar xo‘jalik sudiga ma’lum bo‘lgan oxirgi manzilga yuborilib, garchi oluvchi shu manzilda bo‘lmasa yoki yashamayotgan bo‘lsa ham, yetkazib berilgan deb hisoblanishi, agar ishda ishtirok etuvchi shaxslar telefonlari va fakslari raqamlarini, elektron manzilini xo‘jalik sudiga ma’lum qilgan bo‘lsalar, ular ishni yuritish vaqtida bu ma’lumotlar o‘zgarganligi haqida xo‘jalik sudini yozma shaklda, shu jumladan, axborot tizimi orqali elektron shaklda xabardor qilishlari kerakligi nazarda tutilgan.
Qolaversa, birinchi instansiya sudida sud tomonidan ishni ko‘rish 2015-yil 5-noyabr kuniga qoldirilganligi haqida qo‘shimcha javobgarga telefonogramma orqali xabardor qilingan.
Qayd etilgan holatlar birinchi instansiya sudi ish holatlarini to‘liq o‘rganib, moddiy va protsessual huquq normalariga rioya etgan holda da’vo talablarini qisman qanoatlantirish haqida asosli to‘xtamga kelganligi haqidagi xulosa beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksi 188-moddasining birinchi qismida moddiy yoki protsessual huquq normalarining buzilishi yoxud noto‘g‘ri qo‘llanilishi xo‘jalik sudining hal qiluv qarorini yoki qarorini o‘zgartirish yoxud bekor qilish uchun asos bo‘lishi nazarda tutilgan.
Ushbu holatda, hal qiluv qarorini o‘zgartirish yoki bekor qilish uchun asoslar mavjud emas.
Qayd etilganlarga ko‘ra, sudlov hay’ati hal qiluv qarorini o‘zgarishsiz, kassatsiya shikoyatini esa qanoatlantirmasdan qoldirishni, ishni kassatsiya instansiyasi sudida ko‘rish uchun qo‘shimcha javobgar tomonidan to‘langan 7 000 so‘m pochta xarajatlarini uning zimmasida qoldirib, undan 1 501 396 so‘m davlat boji undirishni lozim topdi.
2016-yil 3-fevral,
20-1504/14273-son

Download 28,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish