2 – Ma’ruza
Me’yoriy nazoratni tashkil qilish va o‘tkazish.
Reja:
1. Meyoriy nazoratni o‘tkazish tartibi
2. Meyoriy nazoratning maqsadlari va vazifalari.
2. Meyoriy nazoratchining majburiyatlari va huquqlari
3. Meyoriy nazoratchining ko‘rsatma va takliflarini rasmiylashtirish
Tayanch iboralar:me’yorlar,xizmatlar,xodimlar,jarayon,tekshiruv,nazorat,
ekspertiza,xulosa,natija,samaradorlik.
Me’yoriy nazoratni o‘tkazish tartibi.
Me’yoriy nazorat loyihalash bosqichida standartlarni joriy qilish yo‘llaridan biri, ya’ni loyihalash va konstruksiyalashning
tarkibiy qismi sifatida, shuningdek standartlarni korxonalarda standartlashtirish va unifikatsiyalash bo‘yicha ishlarning tarkibiy qismi sifatida joriy qilish yo‘llaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
Me’yoriy nazorat faqatgina chizmalarni bajarish sifatining yaxshilanishiga ko‘maklashib qolmasdan, balki bir-birining o‘rnini bosish darajasining ortishi, standartlashtirish darajasining ortishi, mashinalarning detallari va uzellarini unifikatsiyalash va seriyalashtirish, ularning og‘irligi va solishtirma material sarfini kamaytirish, materiallarning markalari va sortamentini qisqartirishga ham ko‘maklashadi, bularning barchasi sifatning ortishi, mehnat sig‘imining kamayishi va mashinasozlik mahsulotlarining tannarxining pasayishiga olib keladi.
Me’yoriy nazoratni o‘tkazish quyidagilarga yo‘naltirilishi lozim:
a) ishlab chiqilayotgan mahsulotlarda davlat, tarmoq, respublika standartlari va korxonalarning standartlarida o‘rnatilgan me’yorlar va talablarga rioya qilinishi;
b) konstruktorlik hujjatlarining YAgona kostruktorlik hujjatlari tizimi standartlarining talablariga muvofiq to‘g‘ri bajarilishi;
v) ishlab chiqilayotgan mahsulotlarda ilgari loyihalangan, ishlab chiqarishda o‘zlashtirilgan va standartlashtirilgan mahsulotlar, tiplashgan konstruktorlik echimlari va ishlanmalaridan keng foydalanish asosida standartlashtirish va unifikatsiyalashning yuqori darajasiga erishish;
g) standartlashtirilgan buyumlar, konstruktiv me’yorlar (rezьbalar, diametrlar, shlitsali birikishlar, tishli g‘ildiraklarning modullari, yo‘l qo‘yilishlar va chiqishlar, konusliklar va mashina detallarining boshqa elementlarining), materiallarning markalari, prokatning profillari va o‘lchamlari va hokazolarga o‘rnatilgan cheklaydigan nomenklaturalardan samarali foydalanish.
Me’yoriy nazoratga asosiy va yordamchi ishlab chiqarishning mahsulotlariga ishlab chiqilgan konstruktorlik hujjatlari – ko‘rsatilgan hujjatlarni ishlab chiqqan bo‘linmalarning bo‘ysunishi va xizmat funksiyalaridan qat’iy nazar – tortiladi.
2 .1-rasm