German tillarida sifat so’z turkumi haqida umumiy ma’lumot 2-6



Download 212,5 Kb.
bet1/2
Sana16.01.2020
Hajmi212,5 Kb.
#34412
  1   2
Bog'liq
GERMAN TILLARIDA SIFATNING KUCHLI VA KUCHSIZ TURLARINISHI HAMDA ZAMONAVIY INGLIZ TILLARIDA SIFAT BILAN QIYOSIY TAHLILI

Mundarija

  1. German tillarida sifat so’z turkumi haqida umumiy ma’lumot 2-6

2. German tillarida sifatning kuchli va kuchsiz turlanishi 7-11

3. German tillarida sifat darajalari va ularning o’ziga xos xususiyatlari 12-25

4. Zamonaviy ingliz tilida sifat so’z turkumi 26-27

5. German tillarida sifatning kuchli va kuchsiz turlanishining zamonaviy ingliz tilidagi sifatning turlanishi bilan qiyosiy tahlili. 28-29

Xulosa 30

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 31


  1. German tillarida sifat so’z turkumi haqida umumiy ma’lumot

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 30-iyundagi “ O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o’n to’qqiz yillik bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to’g’risida”gi PQ – 1358 – son Qarori hamda mamlakatimizda istiqlol yillarida ijtimoiy – siyosiy, huquqiy, ma’naviy – ma’rifiy va iqtisodiy sohalarda qo’lga kiritilgan yutuqlar, ularning ko’lami, mazmun – mohiyati, istiqbol to’g’risida fikr yuritiladi. Unda bozor iqtisodiyoti sharoitida amalga oshirilayotgan tub islohotlar, ularning pirovard natijalari inson, uning qadr-qimmati, azizligi bilan belgilanishi va shu munosabat bilan mamlakatimizdagi tub o’zgarishlar, ularning xusuaiyatlariga, ayniqsa, globallashuv jarayonlarida barkamol avlod tarbiyasi bilan bog’liq jihatlariga e’tibor qaratilgan.

Ma'lumki, har bir xalq erkin, farovon tashash huquqiga ega va buni aziz deb biladi. Jumladan, har bir inson ham bunday huquqga ega. Zotan, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida inson va fuqarolar huquqlari, erkinliklari va burchlari kafolatlari belgilanib berilgan.

Hozirgi paytda inson huquqlari bo’yicha 400ga yaqin xalqaro hujjat mavjud. Mamlakatimiz qonunlarini inson huquqlari sohasidagi mazkur me’yor va andozalarga muvofiqlashtirish, bu sohada milliy harakat dasturini ishlab chiqish, inson huquqlarini himoya qiladigan muassasalarning yaxlit tizimini barpo etish inson huquqlariga oid xalqaro shartnomalar va hujjatlarga qo’shilishda davom etib, ular bo’yicha majburiyatlarni bajarishning mexanizmi yaratildi. Umuman olganda, islohotlar markazida insonning oliy qadriyat sifatida baholanishi mamlakatimizda strategik vazifalariga hamohangdir. Xususan, bu boradagi barcha o’zgarishlarni mazmun-mohiyati ham inson va uning qadr – qimmatini ko’tarish bilan bog’liq.

Vatan va inson mafaati - oily maqsad. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov: “ Bugun biz tarixiy davrda - xalqimiz o’z oldiga ezgu va ulug’ maqsadlar qo’yib, tinch osoyishta hayot kechirayotgan, avvalambor, o’z kuch va imkoniyatlariga tayanib, demokratik davlat va fuqarolik jamiyat qurish yo’lida ulkan natijalarni qo’lga kiritayotgan bir zamonda yashamoqdamiz”, - degan edi. Avvalo, tarixan qisqa davr, bir o’spirin yoshiga teng vaqt davomida davlatimiz uchun siyosiy sohada, davlat va jamiyat qurilishi borasida har tomonlama rivojlanish va yuksalish davri bo’lganligi bugun hech kimga sir emas.

O’zbekistonning mustaqilligi oson va o’z – o’zidan qo’lga kiritilmadi, balki Yurtboshimiz rahnamoligida xalqimizning sobitqadam va sermashaqqat faoliyatining natijasi bo’ldi. Shu ma’noda istiqlol kimningdir in’omi emas, balki ko’plab kurashlar, muntazam hamda samarali faoliyati asosida qo’lga kiritilgan qonuniy natija, xalqimizning ulkan yutug’idir.

Bugungi kunda xalqaro hamjamiyatning e’tirofiga ko’ra, Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan asoslab berilgan jamiyat hayotini tubdan isloh qilish, jahonda moliyaviy- iqtisodiy inqiroz bo’lib turganiga qaramay, iqtisodiy rivojlanish va ijtimoiy hayotni erkinlashtirish, jamiyatni demokratlashtirish va bosqichma – bosqich modernizatsiyalash modeli amalda o’zini to’la oqlamoqda.

Mustaqillik - xalqimizning ulkan yutug’idir. Zero, mamlakatimizda millarlararo va dinlararo ziddiyatlarni oldini olish, ichki va tashqi buzg’unchi kuchlarni bartaraf etish bo’yicha amalga oshirilgan keskin choralar va ularning ahamiyati vaqt o’tibgina yanada qadrli bo’lmoqda. Mustaqillik - demokratik islohotlar kafolati. Prezidentimiz asoslab berganidek, mamlakatni yangilanish va modernizatsiyalash tadrijiylik va izchillik erishish kafolat bo’lib xizmat qilishi mumkin.

Taraqqiyotning o’zbek modeli rivojlanish tamoyillarini to’g’ri tanlab olishda asos bo’lib xizmat qildi. Demokratik davlat qurish tamoyillari, ya’ni iqtisodning siyosatdan ustuvorligi, davlatning bosh islohotchilik faoliyati, qonun ustuvorligiga erishish, kuchli ijtimoiy himoyani amalga oshirish, bozor iqtisodiyotiga evolutsion yo’l bilan bosqichma – bosqich o’tish O’zbekistonning strategic rivojlanishi uchun asos bo’ldi.

Mamlakatimizda milliy davlatchilikni barpo etilishi ham puxta reja asosida border. 1992 yilda asosiy qonunimiz - O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini ishlab chiqilishi va qabul qilinishi, davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud tarmoqlariga bo’linishi prinsipining eng muhim tamoyil sifatida belgilanishi - bularning barchasi davlat qurilishining yo’nalishlarini belgilab berdi. Ijro hokimiyatining samarali tizimi va tuzilmalarini yaratish maqsadida tub islohotlar amalga oshirilishi bugungi kunda o’zining ijobiy natijalarini bermoqda. Viloyat, tuman va shaharlarda hokimlik instituti joriy etildi. Mahalliy o’z- o’zini boshqarish organi tizimi, mahalla institutini rivojlantirish va mustahkamlash jarayonlari bosqichma- bosqich olib borildi.

O’zbekistonda amalga oshirilgan ishlarda ayrim mamlakatlardagidek shoshma – shosharlikka yo’l qo’yilmadi. “ Demokratiya oroli” bo’lishga da’vo ham qilinmadi, chetdan tayyor demokratiya modelini ham kiritishga yo’l qo’yilmadi1.

Mamlakatimiz xalqaro hamjamiyat oldida turgan dolzarb muammolarni hal etish ishiga qo’shgan salmoqli hissasi, tashabbuslari evaziga, xalqaro tashkilotlar va tuzilmalar faoliyatidagi samarali ishtiroki orqali o’ziga obro’ orttirmoqda. O’zbekiston yuksak ma’naviyatni qadrlayigan yurt. Mustaqillik yillarida aholi ong va tafakkurini o’zgartirishning zarurligini hisobga olish doimo ustuvor bo’lib keldi. Yurtboshimiz: “ Ong va tafakkur o’zgarmasa, hayot o’zgarmaydi”, - degan g’oyasi amalda o’z isbotini topmoqda. Yangicha hayotni eskicha ong va tafakkur qarashlar bilan qurib bo’lmasligini anglab yetish odamlar dunyoqarashining o’zgarishiga olib keladi.

Mamlakatamizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. Shu kunlarda barchamiz nihoyasiga yetib borayotgan 2010 yilni yakunlab, vatanimiz mustaqilligining 20 yilligi nishonlanadigan yangi 2011 yil ostonasida turibmiz deb ta’kidladilar prezidentimiz. Ma’lumki, O’zbekiston 1991 yili o’z mustaqilligini qo’lga kiritganidan so’ng, umrini o’tab bo’lgan mustabid, ma’muriy – buyruqbozlik, rejali - taqsimot tizimidan voz kechib, “ o’zbek modeli” deb nom olgan o’z taraqqiyot yo’lini tanlab oldi.

Biz ishlab chiqqan va bugungi kunda hayotga tatbiq etayotgan ushbu modelning ma’no- mazmuni - davlat qurilishi va konstitutsiyaviy tuzumni tubdan o’zgartirish va yangilash, iqtisodiyotni mafkuradan xoli etish, uning siyosatdan ustunligini ta’minlash, davlatning bosh islohotchi vazifasini bajarishi, ya’ni islohotlar tashabbuskori bo’lishi va ularni muvofiqlashtirib borishi, qonun ustuvorligini ta’minlash, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, islohotlarni bosqichma – bosqich va izchil olib borish tamoyillariga asoslanadigan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni amalga oshirishdan iboratdir. Izchil yuqori o’sish sur’atlari, yurtimizda barpo etilgan bank- moliya tizimining barqaror va ishonchli faoliyat yuritishi, dunyo jamoatchiligi, shuningdek, Xalqaro valyuta jamg’armasi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki singari nufuzli xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan e’tirof etilmoqda.

Haqiqatan ham, qariyb yigirma yillik mustaqil tarqqiyotimiz mobaynida O’zbekistonda yalpi ichki mahsulotning o’sishi 3,5 barobarni, aholi jon boshiga hisoblaganda esa 2,5 barobarni, aholining real daromadlari 3,8 barobarni tashkil etgani e’tiborga sazovordir. Ayniqsa, ijtimoiy – gumanitar sohada erishilgan marralar - aholini ijtimoiy himoya qilish uchun yo’naltirilgan davlat xarajatlarining 5 barobar ko’paygani, turmush darajasining sezilarli ravishda yaxshilangani va buning natijasida onalar o’limi 2 barobardan ko’proq, bolalar o’limi 3 barobar kamaygani, odamlarning o’rtacha umr ko’rishi 67 yoshdan 73 yoshga, jumladan, ayollarning o’rtacha umr ko’rishi 75 yoshga yetganini mamnuniyat bilan ta’kidlasak arziydi, deb o’ylayman. Shundan kelib chiqqan holda, quyidagi yo’nalishlarda demokratik o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor vazifalari sifatida belgilash zarur, deb o’ylayman.

Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish. Ma’lumki, o’tgan davr mobaynida mamlakatimizda davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish sohasida amalga oshirilgan islohotlar o’ta muhim bir maqsadga, ya’ni hokimiyatlar bo’linishi konstitutsiyaviy prinsipini hayotga izchil tatbiq etish, hokimiyatlar o’rtasida manfaatlar muvozanatining samarali tizimini shakllantirish, markazda va joylarda qonun chiqaruvchi va vakillik hokimiyatining vakolatlari hamda nazorat vazifalarining rolini kuchaytirish, sud tizimini liberallashtirish va uning mustaqilligini ta’minlash bo’yicha g’oyat dolzarb chora – tadbirlarni ko’rishga qaratilgan edi.

Boshqaruv sohasini markazlashtirishni cheklash, bu boradagi vazifalarning bir qismini respublika darajasidan viloyat, tuman va shahar miqyosiga o’tkazish, O’zbekistonda mahalliy o’zini –o’zi boshqarishning noyob shakli bo’lgan mahalla tizimini shakllantirish masalalariga katta ahamiyat qaratildi. 2007 yilda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidan mamlakat Prezidenti bir vaqtning o’zida ijro etuvchi hokimiyat boshlig’i ekanini belgilaydigan normaning chiqarilishi ushbu davrdagi muhim siyosiy- huquqiy voqealardan biri bo’ldi. Bugungi kunda Konstitutsiyamizning 89-moddasida “ O’zbekiston Respublikasining Prezidenti davlat boshlig’idir va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta’minlaydi”,- degan qoida belgilab qo’yilgan.

Shundan kelib chiqqan holda, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasini quyidagi tahrirda bayon etishni taklif qilinadi: “ O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshiradi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning o’rinbosarlari, vazirlar, davlat qo’mitalarining raislaridan iborat. Qoraqalpog’iston Respublikasi hukumatining boshlig’i Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o’z lavozimi bo’yicha kiradi.

Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, O’zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi.



2. German tillarida sifatning kuchli va kuchsiz turlanishi

Vazirlar Mahkamasi amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq O’zbekiston Respublikasining butun hududidagi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo’lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.

O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi, uning samarali ishlashi uchun shaxsan javobgar bo’ladi, Vazirlar Mahkamasining majlislariga raislik qiladi, uning qarorlarini imzolaydi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig’iga binoan xalqaro munosabatlarda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomidan ish ko’radi, O’zbekiston Respublikasi qonunlarida, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajaradi. Vazirlar Mahkamasi o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida javobgardir. Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etish tartibi va vakolat doirasi qonun bilan belgilanadi.

O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylovlarda eng ko’p deputatlik o’rnini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi deputatlik o’rinlarini qo’lga kiritgan bir necha siyosiy partiyalar tomonidan taklif etiladi.

Bosh vazir nomzodi uning uchun tegishlicha O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy sonining yarmidan ko’pi tomonidan ovoz berilgan taqdirda tasdiqlangan hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining a’zolari Bosh vazir taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. Shuningdek, Prezident ma’ruzasida sud- huquq tizimini isloh etish, axborot sohasini isloh qilish, axborot va so’z erkinligini ta’minlash, saylov huquqi erkinligini ta’minlash va saylov qonunchiligini rivojlantirish, fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish hamda demokratik bozor islohotlarini va iqtisodiyotni liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish masalalari to’lig’incha o’z yechimini topdi.

Bu yil barchamiz ona yurtimiz, O’zbekistonimizning yangi tarixidagi eng buyuk va qutlug’ sanalardan biri - Vatanimiz mustaqilligining 20 yillik shonli bayramini keng nishonlaymiz - dedilar mamlakatimiz Prezidenti. Tabiiyki, bu bizdan barcha soha va tarmoqlarda amalga oshitayotgan keng ko’lamli islohotlarimizni atroflicha tahlil etib, kelgusi rejalarimizni aniq – ravshan belgilab olishni talab etadi.2

Ayni paytda biz o’z vaqtida tanlab olgan iqtisodiy taraqqiyot modelining naqadar to’g’ri ekanini va amalda o’zini to’la oqlaganini hayotning o’zi yana va yana tasdiqlab bermoqda.

Ushbu modelning tamoyillari asosida mamlakatimizni isloh etish va modernizatsiya qilish bo’yicha har tomonlama va chuqur o’ylagan tadrijiy taraqqiyot dasturiniizchil amalga oshirganimiz inqirozning jahon bozoridagi keskin o’zgarish va beqarorlikning iqtisodiyotimizga, moliya va bank tizimiga salbiy ta’sirini sezilarli darajada kamaytirish imkonini berdi.

Bugun dunyo iqtisodiyotidagi ahvolni tahlil qilar ekanmiz, jahon moliyaviy va iqtisodiy inqirozi hali beri nihoyasiga yetgani yo’q, deb aytishga barcha asoslarimiz bor.

Dunyodagi taraqqiy topgan 20 ta davlat ishtirokida tashkil etilgan, “Katta yigirmatalik” deb nom olgan guruh doirasida qabul qilinayotgan barcha chora – tadbirlarga qaramasdan, jahon iqtisodiyotida barqaror o’sish sur’atlariga erishish yo’lida hozircha biron – bir jiddiy siljish ko’zga tashlanayotgani yo’q.

Biz bugun 2010 yil yakunlarini baholar ekanmiz, avvalo, mamlakatimiz iqtisodiyotining yuqori barqaror o’sish sur’atlari va makroiqtisodiy mutanosibligi saqlanib qolayotganini qayd etishimiz zarur. Shuni yana bir bor eslatib o’tmoqchimanki deb, ta’kidlaydi Prezidentimiz, yurtimizda yalpi ichki mahsulotning o’sish sur’atlari 2008 yilda 9 foiz, 2009 yilda 8,1 foiz, 2010 yilda esa 8,5 foizni tashkil etdi. Jahon moliya institutlarining xulosasiga ko’ra, bu dunyodagi eng yuqori ko’rsatkichlardan biri ekan, albatta barchamizga mamnuniyat bag’ishlaydi. Keying o’n yilda, ya’ni 2000 yilga nisbatan taqqoslaganda, 2010 yilda mamlakatimizda yalpi ichki mahsulot qariyb 2 barobar, aholi jon boshiga hisoblaganda esa 1,7 barobar oshdi.

2010 yilda kasb – hunar kollejlari va akademik litseylarni qurish, rekonstruksiya qilsih va jihozlash, shuningdek, maktablarning moddiy – texnik bazasini mustahkamlash bo’yicha dasturlarni amalga oshirish yakuniga yetkazildi.

Umuman olganda, 2005 – 2010 yillar davomida 7 ming 800 dan ortiq umumta’lim muassasasi, qariyb 1 ming 500 ta kasb – hunar kolleji va akademik litseylar barpo etildi va rekonstruksiya qilindi. Faqat 2010 yilda maktablar, kasb – hunar kolleji va litseylarda 2 ming 300 tadan ziyod kompyuter texnikasi va multimedia uskunasi o’rnatildi.

Unib – o’sib kelayotgan yosh avlodni jismoniy jihatdan tarbiyalash va bolalar sportini rivojlantirishga qaratilgan dasturni amalga oshirish bo’yicha ishlar izchil davom ettirildi. Buning natijasida faqat 2010 yilning o’zida 72 sport inshooti, 27 ta suzish havzasi foydalanishga topshirildi, umumiy qiymati 3 million AQSh dollariga teng bo’lgan sport inventarlari va uskunalar joylarga yetkazib berildi.3

O’tgan yilda farzandlarimizning ijodiy qobiliyati va ma’naviyatini yuksaltirishga qaratilgan musiqa va san’at maktablarining moddiy – texnik bazasini mustahkamlash bo’yicha qabul qilingan dasturni amalga oshirish boshlandi. Agar 2009 yilda oltita musiqa va san’at maktabi qurilgan va rekonstruksiya qilingan bo’lsa, hisobot yilida 46 ta ana shunday maktab foydalanishga topshirildi. Ularning qurilishiga 51 milliard so’mdan ortiq capital mablag’ yo’naltirildi. Birgina 2010 yilda budjet sohasi muassasalari xodimlari ish haqi, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar, stipendiyalar 32 foizga , aholining umumiy pul daromadlari esa jon boshiga 1,3 barobar oshdi.

O’quv jarayoniga keng formatli kommunikatsiya tarmoqlari va internet texnologiyalarini joriy qilish maqsadida O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agetligiga Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda “ Elektron ta’lim” milliy tarmog’I barpo etishni nihoyasiga yetkazish hamda 2011 yilda mamlakatimizning barcha oily o’quv yurtlarini, keyinchalik esa akademik litsey va kasb – hunar kollejlarini yagona kompyuter axborot tarmog’iga ulashni ta’minlash vazifasi yuklatiladi4.

Mamlakatimizda 2011 yilni “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik” yili deb e’lon qilinishi barchamizning zimmamizga qanday ulkan mas’uliyat yuklashi, bu borada tayyorlanayotgan umumdavlat Dasturini hayotga tatbiq etish bizdan qancha kuch va mablag’ni safarbar etishni talab qilishi haqida bugun gapirib o’tirishning, o’ylaymanki, zarurati bo’lmasa kerak deb ta’kidladilar prezidentimiz Islom Karimov.5

Kurs ishi kesimni sifat bilan ifodalashi o‘ta murakkab muammolardan biri bo‘lgan, va u misollarda o‘z ifodasini topadi.

Mavzuning dolzarbligi: - Hozirgi zamon ingliz tilida keismni sifat bilang ifodalanishi bo‘lib, bu ingliz grammatikasining murkaab muammolaridan biri hisoblanadi. Bu muammoga bag‘ishlangan anchagina ishlar mavjud bo‘lsada hali bu o‘z nihoyasiga etgani yo‘q, ularni o‘rganish dolzarb masalalardan biribo‘lib kelmoqda.

Kurs ishining vazifalari ishni amalga oshiishda quyidagi vazifalar bajariladi.

  • mavzuga doir ilmiy manbalardan foydalanildi.

  • Badiiy asarlardan mavzuga doir misollar to‘plash

  • Topilgan misollarda ilmiy manbalarga asosan tahlil qilish

Tadqiqot metodlari. Tahlil jarayonida quyidagi metodlardan foydalanildi.

  • derivatsiya usuli

  • kompozitsiya usuli

  • perefikslar vositasida

  • sufikslar vositasida

Bitiruv malakaviy ishining ilmiy yangiligi. Shuki kesimni sifat bilan ifodlashning hozirgi zamondagi ya’ni so‘ngi tadqiqotlarga asosan amalga oshirishga harakat qilamiz, hamda badiiy adabiyotlardan foydalangan misollar asosida ish ko‘ramiz. Misollar so‘z birikmalar jonli tilda ishlatilishiga grammatikada liksografik lug‘atlarda va badiiy adabiyotlarda ifodalanganligini guvohi bo‘ldik.

Bitiruv malakaviy ishining ilmiy-amaliy ahamiyati. Ishdagi materiallar o‘quv qo‘llanmalar tuzishda leksografik amaliy grammatika va qiyosiy grammatikada kurs ishlari yozishda foydalaniladi.

Bitiruv malakaviy ishining mazmuni. Bitiruv malakaviy ishining kirish qismida prezidentimiz I. A. Karimovning ta’lim tizimiga oid nutqlari va ma’ruzalari shuningdek, chet tillarini o‘rganish, zamonaviy axborot texnologiya vositalaridan foydalanish haqidagi nutqlari keltirilgan. Ishning birinchi bobida “So‘z turkumlari va gap bo‘laklari” haqida so‘z yuritilgan.

Ikkinchi bobida esa gapda kesmini sifat bilan ifodalanishi aniqlangan. Bitiruv malakaviy ishining hajmi. Ish kirish ikki bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar va ilovalardan iborat.6


3. German tillarida sifat darajalari va ularning o’ziga xos xususiyatlari

Ushbu kurs ishining mavzusi hozirgi zamon ingliz tilida kesimni sifat bilan ifodalanishi haqida ekan, men shu o‘rinda kesimni sifat bilan ifodalanishi gapdagi o‘rni va vazifalari haqida so‘z yuritishdan avval ingliz tilida so‘z turkumlari haqida to‘xtalib o‘tishga harakat qilamiz.

Har bir til birliklari leksemalarga ega. Leksemani alohida yoki bir sinfga jamlab ma’lum bir yoki umumiy harakterlarini o‘rganish zarur. So‘zlar lug‘aviy ma’nolari, morfologik belgilari, gapda o‘zaro farqlanuvchi turli guruhlarni tashkil qiladi. So‘zlarning lug‘aviy va grammatik jihatdan fraqlanishga ko‘ra turli guruhlarga bo‘lishini so‘z turkumlari deyiladi.

Olimlar grammatika sohasida so‘z turkumlarini ikki ming yildan beri o‘rganib kelayotgan bo‘lsalarda, hali ham belgilangan xulosaga kelgani yo‘q. So‘z turkumlari quyidagicha ta’riflanadi.

1. leksik – grammatik ma’nosi

2. leksik – grammatik morfemaga egaligi

3. grammatik kategoriyalari va uning paradigmatiki

4. uning boshqa so‘zlar bilan bog‘lanishi.

5. gapdagi vazifasi

Yuqoridagi prinsiplarga asoslanib, ingliz tilida so‘z turkumlariga quyidagicha belgilashgan.

1. ot (noun),

2. Sifat (adj)

3. Olmosh (pron)

4. Som (numerals)

5. Fe’l (Verb)

6. Ravish (adv)

7. Holat kategoriyasi (adlenks)

8. Modal so’zlar (modal words)

9. predloglar (prep)

10. Bog’lovchi (conj)

11. yuklama (particles)

12. His-hfyfjonli so’zlar (interj)

13. Article

14. Undov so’zlar

Ko‘p olimlar so‘z turkumlari haqida ta’kidlab o‘tgan.

V. V. Vinogradov rus tilida ot, sifat, son, fe’l, ravish, olmosh va holat kategoriyasini asosiy so‘z turkumlari va to‘rtta: yuklama, bog‘lovchi, predlog va undov so‘zlarni yordamchi so‘z turkumlariga ajratib ko‘rsatgan.7

H. Svet esa so‘zlarni 2 guruxga ajratib o‘rganadi.

1. Full words 2. Empty words

Boshqa bir gurux olimlar esa funksional so‘zlar haqida bahs yuritadilar D. Broun, S. Broun, D. Beyli kabi olimlar yordamchi fe’llar, predloglar va artikillarni fnuksional so‘zlar deb ataydilar.

B. Jigaldo, I. Ivanova, L. Iofik kabi boshqa bir gurux olimlar predloglar, bog‘lovchilar, yuklamalar va artikillarni yordamchi so‘z turkumlari sifatida mustaqil (natsional)so‘z turkumlaridan ajratadilar8.

I. A. Krutnikov ta’kidlashicha, so‘zlarni guruxga ajratish ularning ma’nosiga bog‘liq.

Masalan, ushbu ikki gapni ko‘raylik:

- He grows roses va – He grows old.

1-gapdagi grows fe’li harakatni anglatadi “o‘stiradi”

- What does he do? – He grows roses

2-gapdagi grows fe’lida harakat ma’nosi juda kuchsiz. Grows fe’li bu gapda bog‘lovchi so‘z bo‘lib shaxsga nisbatan “qarimoq” ma’nosini beradi.

Yordamchi so‘zlar kamdan – kam yoki umuman gap bo‘la olmaydi. Ta’rifdan ko‘rinib turibdiki, mustaqil so‘z turkumlaridan farqlanganda, qiyoslaganda predloglar, bog‘lovchilar, artikillar va yuklamalar yordamchi so‘z turkumi sanaladi. Tabiiyki biz yuqorida sanab o‘tgan 14 ta so‘z turkumlari doimiy deb ayta olmaymiz.

H. Svit zamonaviy ingliz tilidan ot, sifat, son, fe’l va yuklamalarni so‘z turkumlari sifatida ta’kidlagan bo‘lsa, O. Jesperson esa ot, sifat, son, fe’l, olmosh va yuklamalarni sanab o‘tadi.9

Yuqoridagi olimlarimizning fikrlarini ko‘rib chiqar ekanmiz, tilda nechta so‘z turkumi bo‘lishidan qat’iy nazar grammatika ularni bir nechta leksika-grammatik sinflarga – mustaqil va yordamchi so‘z turkumlariga ajratadi.

So‘zlarni turkumlarga ajratilishida quyidagi 3 ta xususiyat asos bo‘ladi:

1. ma’no (meaning) 2. tuzilishi (form) 3. vazifa (function)

So‘zlar ifodalaydigan lug‘aviy ma’no turkumlarga ajratishdagi muhim belgilardir.

Masalan: house (uy), yard (xovli), table (stol), stone (tosh) so‘zlari borliqdagi predmetlarni anglatadi. Ularning nomi ekanligi bilan harakterlanadi. Bir qator so‘zlar ularning belgisini, rangini, shaklini, hajm-o‘lchovini ifodalaydi.

Masalan: white (oq), blue (ko`k), round (yumaloq). Shuningdek, bir qator so`zlar predmetning ish – harakatini anglatsa, went (bordi) wrote (yozdi)… ayrim so`zlar ish – harakatning belgisini bildiradi. Fast (tez) slowly (sekin), hard (ko`p)…

So`z ma`nolariga mavjud bo`lgan bu xususiyatlar ularni turkumlarga ajratishdagi asosiy belgidir.

Turkumlarga ajratishdagi ikkinchi va uchinchi xususiyat so`zning shu ma`no tomoni bilan bog`liq ravishda yuzaga keladi.

Bitiruv malakaviy ishim mavzuvsini o`rganish jarayonida darsliklar, adabiyotlar bilan tanishar ekanman, so`z turkumlari olimlari o`rtasida baxsga sabab mavzu bo`lib kelayotganini kuzatdim.

Masalan; Akademik A.A.Shaxmatov so`z turkumlari grammatikaning sintaksis bo`limiga kiritishni ta`kidlaydi.

Shunday ko`rinadiki, so`z turkumlari sintaktik muommolari bilan marfologiya bo`limida o`rganiladi. So`z turkumlarini ajratishda marfologik belgi muhimdir. Bu xususiyat so`z turkumlariga maxsus qo`shimchalar tizimi mavjudligini, ularni asosan shu turkumga asoslanganligini ko`rsatadi.

Masalan ot so`z turkumi ko`plik kishilik qo`shimchalariga ega bo`lganidek, boshqa turkumlardan farqli ravishda ularda kichraytirish – erkalash shakllari ham bor. Shunga ko`ra otlar ko`plikda keladi predmetning kimga qarashligini bildiradi.

Fe`l turkumida morfologik ko`rsatgichlar boshqacha zamon, mayl, nisbat, shaxs – son kabi shakllar fe`lning o`ziga xosligini ta`milaydi. Fe`llar tuslanadi, uch shaxsni ifodalaydi. So`z turkumlari ajratishdagi belgilardan biri so`zning gapdagi sintaktik vazifasi bilan bog`liq.

Masalan, ot o`z manosidan kelib chiqqan holda gapda asosan ega bo`lib keladi. Sifat esa belgini ifodalab, gapda aniqlovchi bo`lib keladi.

Sintaktik jixatdan biror gap bo‘lagi vazifasida kelishi muayyan so‘z turkumi uchun qotib qolgan emas. Deylik sifat gapda aniqlovchi vazifasida kelar ekan, bu sifatlarning boshqa sintaktik vazifa bajarmasligini ko‘rsatmaydi. Sifatlar gapda to‘ldiruvchi otlashganda esa ega bo‘lib ham keladi. Ko‘rinadiki, so‘z turkumlarining sintaktik mos holda asosan qaysi bo‘lak kelishi bilan bog‘lanadi.10

So‘zlarni turkumlab, morfologik va sintaktik xususiyatlarini o‘rganar ekanmiz, ingliz tilida so‘zlar yuqorida sanab o‘tilgan 3 belgisiga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin.

1. Mustaqil so‘zlar

2. Yordamchi so‘zlar

3. Oraliq so‘zlar

Lug‘aviy va grammatik ma’noga ega bo‘lib, gapda biror gap bo‘lagi vazifasini bajaradigan so‘zlar mustaqil so‘zlardir.

Mustaqil so‘zlarda yuqorida sanab o‘tilgan har uchala xususiyat ham u yoki bu darajada mavjud.

Mustaqil so‘zlar quyidagilardir: Ot, sifat, son, olmosh, fe’l, ravish.

Lug‘aviy ma’noga ega bo‘lmagan so‘z va gaplarni o‘zaro bog‘lash, ularga qo‘shimcha ma’no berish uchun ishlatilib, gapda biror gap bo‘lagi vazifasida qo‘llanilmaydigavn so‘zlar yordamchi so‘zlar deyiladi. Yordamchi so‘zlarga predloglar, bog‘lovchilar, yuklamalar kiradi yordamchi so‘zlar lug‘aviy ma’no anglatmaydi.

Masalan: across (orqali), for (uchun), but (lekin)da hech narsa tushunmaymiz. Biroq til tizimida bu so‘zlarning ham o‘ziga xos o‘rni bor. Ular so‘z va gaplarning o‘zaro munosabatlarini uyushtiradi, so‘z va gaplarni o‘zaro bog‘laydi, so‘zlarga ba’zan qo‘shimcha ma’no bo‘yog‘i beradi. Shunga ko‘ra, yordamchi so‘zlar ham til tizimida o‘ziga xos xususiyatlari bor bo‘lgan so‘zlardir.

Uchinchi so‘zlar guruhini oraliq turkum deb nomlashda bu so‘zlardagi ayrim mustaqil, ayrim yordamchi so‘zlarga xos xususiyatlari mavjudligi hisoblanadi. Modal so‘zlar, undov va his-hayajon, taqlid so‘zlar shu guruhga kiradi.

Modal so‘zlar so‘zlovchining fikrga ega yoki fikrning borliqqa munosabatini ifodalaydi. Modal so‘zlar lug‘aviy ma’no bildirmasa-da, gapga qo‘shiladigan turli modal (tasdiq), (inkor), (tahmin), (gumon) ma’nolarini ifodalaydi. Undoq so‘zlar so‘zlovchining his-tuyg‘usini ifoda eta oladi. Ular hitob.yu haydash-chaqirish atamasi bo‘lmasa ham, ularning ifodasi bo‘la oladi.

Masalan: Oh! (oh), uhh (uh), wow (voy) undovlari zavqlanish, charchaganlik, ajablanish kabilarni ifodalaydi. Undovlarning bu xususiyatlari ularning mustaqil so‘zlarga yaqinligini gap bo‘lagi bo‘la olmasligi yordamchi so‘zlarga yaqinligini ko‘rsatadi.

Taqlid so‘zlar tovushga, sharpaga, bo‘lgan shartli taqlidni anglatadi. Taqlid asosda kelishda tushuncha hosil bo‘ladi. Ular gapda biror gap bo‘lagi vazifasida keladi. Umuman taqlid so‘zlar ayrim xususiyatlarga ko‘ra mustaqil so‘zlarga ega. Shuning uchun bu so‘zlar gapda gap bo‘lagi vazifasida ham, o‘zi mustaqil so‘z-gap shaklida ham keladi. Biroq bu so‘zlarda ham mustaqil so‘zlardagidek xususiyatlar to‘la shakllanmagan holda yordamchilarga xos belgilar ham mavjud. Ana shu xususiyatlar hisobga olingan holda modal, undov va taqlid so‘zlar oraliq turkum deb ataladi.11

Ushbu kurs ishida ingliz tilida so‘z turkumlari haqida gap borar ekan, yuqoridagi fikrlarni jamlab, an’anaviy ingliz tili so‘z tushunchalarini tartibini sanab o‘tsak.

1. Noun 2. Adjective 3. Pronoun` 4. Numerals

5. Verb 6. Preposition 7. Conjunction 8. Particles

9. Modal words 10. Interjection

Ushbu klassifikatsiya bizgacha yetib kelgan uch asosiy prinsip asosida o‘rganiladi.

1. meaning (ma’no), 2. form (tuzilishi) 3. function (vazifa)

Ot so‘z turkumi. Predmetning ma’nosini ifodalagan so‘z turkumi otdir. Predmetning ma’nosi deganda faqat jonli mavjudot (man, girl) va jonsiz predmetlar (table, pen) nomlarigina emas balki sifat, holat va harakatlarni bildiruvchi abstract tushunchalar (journey, place) ham tushuniladi

Otni boshqa so‘z turkumlaridan farqlovchi tashqi strukturali va leksika-grammatik belgilari mavjud.

1. Morfologik belgilari otning grammatik kategoriyalari formalarini yasovchi morfema va allomorflardan iborat bo‘lib, sanaladigan otlarning ko‘plik formasini yasovchi –S (es), in va otlarda qaratqich kelishigini yasovchi apporstrofli S shular jumlasidandir.12

2. Otlarning sintetik strukturali belgilari ot boshqa so‘zlar bilan munosabatga kirishganda namoyon bo‘luvchi va otni aniqlab keluvchi artikl, sifat, sifatdosh, son ko‘rsatish, gumon va egalik olmoshlaridir.

3. Ot yasovchi suffikslarining hammasi otning leksiko-grammatik belgilari hisoblanadi: -ek, -or, -ee, yer,

Otning vazifalari.

Ot gapda quyidapgi vazifalarni bajarib keladi.

1. Ega.

2. To‘ldiruvchi

3. Aniqlovchi

4. Qo‘shma ot kesimning ot qismi

5. Hol

6. Undalma

7. Izohlovchi

Sifat so‘z turkumi.

1. Sifat predmetning belgi yoki xususiyatini ifodalaydi. Sifat asosan otni aniqlaydi. Sifat ifodalagan belgi va xususiyatlar har xil bo‘lishi mumkin.

2. Sifat tuzilishiga ko‘ra sodda yasama, qo‘shma bo‘ladi. Sifatlar qiyoslash darajalarini belgilaydi.

3. Sifat gapda quyidagi sintaktik funksiyalarni bajaradi.

1. Aniqlovchi

2. Sifat kesimning sifat qismi

3. To‘liduvchi kesimning bir qismi

Olmosh so‘z turkumi

1. Predmet va ularning belgilari haqida tushunchani bildiradigan so‘z turkumi so‘z olmoshdir. Olmoshlarning mazmunini alohida bir so‘z turkumi sifatida belgilash qiyin. Ba’zan olmoshlarda optik xususiyatlar bo‘lsa, (he) boshqalari sifatga o‘xshab ketadi. (Which). Bu narsa olmoshlarni so‘z turkumi qatorida alohida raqamlashda o‘ylantirib qo‘yadi.

2. Olmoshlar quyidagi guruhlarga bo‘linadi.

1. Personal - kishilik

2. Possessive - egalik

3. demonstrative - ko`rsatish

4. reflexive - o`zlik

5. reciprocal - birgalik

6. interrogative - so`roq

7. relative - nisbiy

8. conjunctive - bog`lovchi

9. defining - belgilash

10. indefinite - gumon

11. negative - bo`lishsizlik

3. Olmoshlar gapda aniqlovchi ega to‘liduvchi, predikativ vazifalarda qo‘llaniladi.

Son so‘z turkumi

1. Son shaxs yoki narsalarning soni yoki tartibini bildiradi.

2. Ingliz va o‘zbek tillarida son, sanoq va tartib sonlarga ajratiladi.

A) Cardinals numerals – sanoq sonlar

B) Ordinal numerals – tartib sonlar

3. Sanoq son ega, predikativ, to‘ldiruvchi, hol va aniqlovchi vazifasida keladi.

Tartib sonlar asosan aniqlovchi bo‘lib keladi.

Holat fe’llari. The stative

1. Ushbu so‘z turkumiga oid so‘zlar kishi yoki narsaning bo‘lishi mumkin holatlarini ifodalaydi.

2. Holat so‘zlari o‘garmasdir

3. Gapda ular ko‘p hollarda bog‘lovchi fe’ldan so‘ng kuzatiladi. Was, asleep are afraid, is married… ular yana otdan – man alive va ravishdan keyin – fast asleep keladi.

Ularda gapda yana predikativ va aniqlovchi vazifasida keladi.

He feel asleep

A man asleep in his chair

Fe’l so‘z turkumlari

1. Fe’l ish – harakatni ifodalovchi so‘z turkumidir. Fe’l shaxs-son, zamon, aspekt, nisbiy va mayl kabi grammatik kategoriyalarga ega.

2. Fe’l shaxsni va shaxssiz formalarga ega. Fe’lning shaxsli formalari gapda kesim vazifasida qo‘llansa, shaxssiz formalari kesim funksiyada ishlatilmaydi.

Fe’l morfologik tuzilishiga ko‘ra sodda, yasama, qo‘shma fe’l guruhlariga bo‘linadi.

Fe’llar o‘zlarining sintaktik funksiyasiga ko‘ra esa mustaqil, ko‘makchi va bog‘lovchi fe’llarga bo‘linadi.

3. Fe’llar gapda asosan kesim va kesimning bir qismi vazifasida keladi.

Ravish so‘z turkumi

1. Ravish navbatdagi mustaqil so‘z turkumi bo‘lib, ish-harakat yoki belgining qanday holatda sodir bo‘lishini va ish-harakat yoki belgining o‘ziga xos xususiyatlarini ifodalaydi.

2. Ravishlar strukturasiga ko‘ra sodda, qo‘shma va murakkab ravishlarga bo‘linadi.

Ma’nolariga ko‘ra ravishlarini bir necha guruhlarga bo‘lish mumkin.

1. O‘rin – joy va yo‘nalish

2. Payt ravish

3. Holat ravish

4. Takroriy ravishlar

5. Sabab va natija ravishlar

6. So‘roq ravish

Ayrim ravishlar sifat so‘z turkumiga o‘xshab, darajalarga ega

3. Ravishlar gapda asosan hol vazifasida ishlatiladi.

Predloglar

1. Predlog ot, olmosh, yoki boshqa so‘zlar o‘rtasidagi aloqani ifodalaydigan so‘z turkumidir. Predlog o‘ziga qarashli bo‘lgan so‘z oldida keladi. Lekin predlog o‘zi qarashli bo‘lgan so‘zlar gapning oxiriga qo‘yiladigan hollar ham bor.

2. Morfologik strukturasiga ko‘ra predloglar quyidagi guruhlarga bo‘linadi.

1. sodda - at, in, on, to …

2. yasama - till, across, behind along…

3. qo‘shma - inside, without, outside…

4. sostavli - in, front of, because of…

Ma’nosiga ko‘ra predloglar odatda joy va yo‘nalishini, paytni va abstraktni ifodalovchi predloglarga bo‘linadi. Ba’zi predloglarning leksik ma’nosi aniq va konkretdir. (in before, after, below)

3. Predlolar gapda alohida gap bo‘lagi vazifasida kelmaydi. Predloglar ot, sifat, son, fe’l, ravish so‘z turkumlariga qo‘shilib, to‘ldiruvchi, aniqlovchi, hol, kesimning qismi va kam hollarda ega vazifasida keladi13.

Bog‘lovchilar

1. Bog‘lovchilar predmet va hodisalar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatadigan so‘z turkumidir. U turli gap bo‘laklari va ergashgan gaplarni bir-biri bilan bog‘lash uchun ishlatiladi.

2. Morfologik tuzilishiga ko‘ra bog‘lovchilar quyidagi guruxlarga bo‘linadi.

1. Sodda

2. Yasama

3. Qo‘shma

4. Sostavli

Vazifalariga ko‘ra, teng va ergashtiruvchi bog‘lovchilardir.

3. Gapda bog‘lovchilar turli gap bo‘laklari, ergash gap va gaplarni bir-biri bilan bog‘lash uchun hizmat qiladi.

Yuklamalar

1. Boshqa so‘z, so‘z birikmalari yoki ergash gaplarga modal yoki emotsional ma’no beruvchi so‘z turkumi – yuklamadir.

2. Yuklama gapda mustaqil sintaktik vazifani bajarmaydi. U bir gap bo‘lagini boshqasi bilan bog‘laydi.

3. Yuklamalarning ma’nosiga ko‘ra turlari

1. Kuchaytirish ma’nosini anglatuvchi yuklamalar (all, even, quite, so…)

2. Biriktiruvchi yuklamalar (too, also)

3. Chegaralovchi va ayiruvchi yuklamalar (only, alone, hardly …)

4. Inkor yuklamalar (no, not, never)

Hamma yuklamalar ravish, bog‘lovchi, olmosh va sifat bilan shakldoshdir.

Modal so‘zlar

1. Modal so‘zlar so‘zlovchining o‘zi gapirgan sh harakatning realligi mumkinligi va gumonligi munosabatini ifodalaydi.

2. Morfologik strukturasiga ko‘ra modal so‘zlar sodda, yasama, qo‘shma va murakkab bo‘lishi mumkin.

Ma’nolariga ko‘ra modal so‘zlar quyidagi gruppalarga bo‘linadi.

1. Ishonchli ifodalovchi

2. Gumonni ifodalovchi

3. Ish-harakatni hohlash yoki hohlamasligini ko‘rsatuvchi –

3. Modal so‘zlar gapda odatda kirish so‘z furksiyasiga ishlatiladi.

Undov so‘zlar

1. Undov so‘zlar hayratlanish, g‘azab, xuzur, achinish va shu kabi ifodalovchi so‘zlardir.

2. Ma’nosiga ko‘ra undovlar

a) his-hayajon anglatuvchi: oh, ah, eh, alas …

b) imperative: will. Now, come

3. Undovlar boshqa so‘z turkumlaridan kelib chiqqan. Ular o‘zlari kelib chiqqan so‘zlarga omonimdir.

Now, here, why, well, come …

Kesim ega orqali ifodalangan shaxs yoki predmetning belgisini, harakatini holatini bildiradi.

Kesim gapning asosiy markalaridan biri bo‘lib, predikativlik u orqali ifodalanadi.

1. Kesim sodda va qo‘shma kesimga bo‘linadi. Qo‘shma kesim ham o‘z navbatida qo‘shma ot kesim va qo‘shma fe’l-kesimga bo‘linadi:

He learns French (soda kesim)

U fransuz tilini o‘rganadi.

My father is a doctor (qo`shma ot kesim)

Mening otam doktor

I must go there at once (qo‘shma fe’l kesim)

Men u yerga zudlik bilan borishim kerak.

Sodda kesim

Sodda kesim zamon, nisbat va maylga ega bo‘lgan fe’l bilan ifodalanadi.

She works at a factory

U zavodda ishlaydi.

He is reading

U o‘qiyapti

They will return soon

Ular tezda qaytishadi.

The goods were loaded by means or cranes

Tovarlar kranlar yordamida yuklanadi.

Qo‘shma ot – kesim

Qo‘shma ot – kesim to be bog‘lovchi fe’lining shakli va ot qismdan iborat bo‘ladi. Kesimning ot qismi uning asosiy ma’nosini ifodalaydi.

Kesimning ot qismi quyidagilardan yasaladi.

1. Otdan

I am a student – Men talabaman

They are workers – Ular ishchilar

2. Olmoshdan

It is she – Bu u

This book is yours – Bu kitob siznikidir.

3. Predlogli ot yoki olmosh bilan

The room is in disorder – Xona tartibsiz axvolda

She was in despair – U tushkunlikda

He is againt it – U bunga qarshi

4. Sifat yoki sifatdoshdan

The morning was warm - Tong iliq edi.

The glass is broken – Stakan siniq

5. Infinitivdan

Your duty is to help them immediately - Ularga zudlik bilan yordam

berish sizning burchingiz

My intention is to go to London next year - Mening niyatim kelasi yili

Londonga borish

6. Gerunddan

Her greatest pleasure was traveling - Sayohat qilish uning eng

sevimli mashg‘uloti
7. Qo`shma kesimlarda to be dan tashqari to become, to grow, to get, to turn bo‘lmoq ma’nosida, to seem o‘xshamoq, to look ko‘rinmoq ma’nolarida bog‘lovchi bo‘lib keladi.

He became a doctor - U doktor bo‘ldi.

It grew warmer - Havo ilidi.

He is getting old - U qariyapti

She turned pale - Uning rangi quv uchdi

He looks ill - U kasal ko‘rinadi.
Qo‘shma fe’l kesim

Qo‘shma fe’l – kesim fe’lning shaxs – sonni ifodalagan shakli va infinitiv yoki gerunddan yasaladi. Infinitiv yoki gurnd kesimning ma’nosini beradi, fe’lning shaxs – sonni ifodalagan shakli esa yordamchi fe’l vazifasini bajaradi.

Qo‘shma fe’l kesim quyidagicha yasaladi.

1. Modal fe’llar va infinitivdan:

He may return soon U tuzda qaytib kelishi mumkin

You must read this book Siz bu kitobni o‘qishingiz kerak.

I have to go there Men u yerga borishim kerak.

He can do it U buni qila oladi.

2. Infinitiv yoki gerund va yakka o‘zi to‘liq ma’no bermaydigan to begin – boshlamoq, to continue – davom ettirmoq, to finish – tugatmoq, to like – yoqtirmoq, to want – istamoq, to intend – niyat qilmoq, to try – harakat qilmoq, to avold – qochmoq, to hope – umid qilmoq, to promise – va’da bermoq kabi fe’llardan yasaladi.

She began to translate the article U maqolani tarjima qila boshladi.

I have finished writing the exercise Men mashqni yozishni tugatdim

3. Qo‘shma fe’l – kesim oldidan bog‘lovchi fe’l kelgan sifat va infinitiv, ba’zan gerunddan yasaladi.

He is ready to help her U unga yordam berishga tayyor
This book is worth reading Bu kitob o‘qishga arziydi

There is birikmasida kesim

1. O‘quvchiga hali noma’lum bo‘lgan shaxs yoki buyumning biror joyda yoki biror vaqtda mavjudligini ifodalash uchun bor mavjud dagan ma’noni beruvchi there is (are) birikmasi ishlatiladi. there is (are) birikmasi gapning boshida keladi. Undan keyin ega, undan keyin o‘rin va payt hollari keladi. Bunday gaplar o‘zbek tilida o‘rin yoki payt hollar bilan boshlanadi va bor deb tugaydi:

there is telephone in that room O‘sha xonada telefon bor

There are many apple trees in the garden Bog‘da ko‘p olma daraxtlari bor

There was a maeeting at the Institute yesterday-Kecha institutda yig‘ilish bo‘ldi.

2. So‘roq shakli to be fe’lining shaklini yoki undan oldin yordamchi fe’l kelgan bo‘lsa birinchi yordamchi ye’lni there ning oldiga o‘tkazish bilan yasaladi.

Is there a telephone in your room?

Sizning xonangizda telefon bormi?

Was there a meeting at the Institute yesterday?

Institutda kecha majlis bo‘ldimi?

Will there be many people there? U yerda ko‘p odam bo‘ladimi?

So‘roq gaplarga qisqa javob yes yoki no va there is (are) birikmasining bo‘lishli yoki bo‘lishsiz shaklidan iborat bo‘ladi.

Is there a telephone in your room?

Yes, there is No, there isn’t

Was there a meeting at the Institute yesterday? Yes, there was

No, there wasn’t

Gaplarda to be dan oldin boshqa yordamchi fe’llar ishlatilgan bo‘lsa, so‘roq gap yasashda eganing oldiga birinchi turgan yordamchi fe’l o‘tkaziladi va javoblarda ham o‘sha yordamchi fe’l ishlatiladi.

Will there be a meeting tonight? Yes, there will. No there won’t 14

Bu oqshom majlis bo‘ladimi?

Have there been any letters from him lately? Yes, there have. No, there haven’t.


Download 212,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish