Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar



Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/211
Sana29.05.2022
Hajmi3,57 Mb.
#614497
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   211
Bog'liq
Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va ba

 
 


62 
 
 
 
III BOB. PUL AYLANMASI VA UNING TARKIBI 
 
3.1. Pul aylanmasining mohiyati 
Naqd pulsiz va naqd pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiri-
ladigan to‘lovlarning yig‘indisi 
pul aylanmasini
tashkil qiladi. Pul 
aylanmasi tarkibi naqd pul va naqd pulsiz shaklida amalga oshi-
riladigan aylanmalarni o‘z ichiga oladi. 
Naqd pul aylanmasi
– bu qog‘oz pullar va tanga pullar vositasida 
amalga oshirilib, naqd pullar harakati jarayonida namoyon bo‘ladi. 
Naqd pul aylanmasi asosan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar o‘r-
tasida vujudga keladigan ayirboshlash munosabatlarini amalga oshi-
rishga xizmat qiladi. 
Naqd pulsiz aylanmalar
– bu kredit muassasalarida ochilgan 
hisobraqamlar yordamida pullarni hisobdan hisobga ko‘chirish orqali 
amalga oshiriladi.
Pul doimiy ravishda “harakatda” bo‘ladi, bu harakat davomida 
juda ko‘plab tovar va xizmatlarni sotish va sotib olish jarayonida 
bevosita ishtirok etib, sotuvchi va sotib oluvchilarga xizmat qiladi. 
Hususan, pul o‘z harakati jarayonida bozordagi talab va taklifdan kelib 
chiqqan holda tovarlar va xizmatlar bahosini belgilaydi, bu pulning 
qiymat o‘lchovi, muomala vositasi va to‘lov vositasi funksiyalari orqali 
amalga oshiriladi. 
Pul vaqtinchalik hisob – kitoblar va aylanmalarda ishtirok etma-
gan vaqtda jamg‘arma vositasi funksiyasini bajarish orqali, o‘zining 
sohibiga qo‘shimcha daromad keltiradi va real iqtisodiyotda muhim rol 
o‘ynaydi.
Pul aylanmasi tarkibida naqd yoki naqdsiz hisob – kitoblar bilan 
amalga oshirilayotgan to‘lovlar hajmining yuqori yoki pastligiga 
pulning barqarorligi, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi va 
boshqa qator omillar ta’sir qiladi. 
Pulning aylanmasi mohiyatini chuqurroq aniqlash uchun uning 
obyekti va subyektlariga e’tibor berish maqsadga muvofiq. Pul aylan-
masi subyektlari sifatida davlat va davlat muassasalari, Markaziy bank, 
kredit va moliya muassasalari, mamlakat rezidenti va norezidentlari, 
korxona va tashkilotlarni misol qilib keltirish mumkin.


63 
Uning obyekti esa tovar va tovarsiz operatsiyalar jarayonida 
vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar, ya’ni aylanmalar hisob-
lanadi. Pul aylanmasi subyektlari o‘rtasida amalga oshiriladigan 
iqtisodiy munosabatlar naqd va naqd pulsiz ko‘rinishida amalga 
oshiriladi. Xorijiy mamlakatlar iqtisodiy adabiyotdarida pul aylanmasi 
deyarli o‘rganilmaydi. Buning asosiy sabablaridan biri, balki mazkur 
mamlakatlar bank muassasalarida hisob – kitoblarni amalga oshirishda 
pul aylanmasi naqd va naqd pulsiz ko‘rinishi shakllari o‘rtasida farq 
mavjud emasligi bo‘lishi mumkin. Haqiqatda ham rivojlangan va ayrim 
rivojlanayotgan mamlakatlar banklarida naqd va naqdsiz pul hisob – 
kitoblarni amalga oshirish o‘rtasida farq mavjud emas.
Shu bilan birga, MDH mamlakatlari iqtisodiy adabiyotlarining 
deyarli barchasida “pul aylanmasi” va “to‘lov aylanmasi” alohida – 
alohida o‘rganiladi. Ularni bir – biridan farqlashda asosiy e’tibor hisob 
– kitoblarni amalga oshirishda naqd pulni ishtirok etishi yoki 
etmasligiga qaratiladi. Pul aylanmasida bevosita naqd pullar to‘lovlarni 
amalga oshirishda ishtirok etadi. Keyingi yillarda hisob – kitoblarni 
amalga oshirishda plastik kartochkalar, hisob – kitob cheklarni joriy 
etilishi pul aylanmasi tarkibida naqd pulli hisob – kitoblar ulushining 
sezilarli darajada pasayib ketishiga sabab bo‘lmoqda. Xususan, AQSh, 
G‘arbiy Yevropa mamlakatlari va Yaponiyada pul aylanmalarining 
ulushi 1 – 1,5 foizni tashkil etadi. 
Quyidagi rasmda pul aylanmasining tarkibiy tuzilishi va uning 
o‘zaro bog‘liqligini tavsiflovchi holatlar keltirilgan.

Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish