Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar



Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/211
Sana29.05.2022
Hajmi3,57 Mb.
#614497
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   211
Bog'liq
Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va ba

 
 
 
 
 
 
 


96 
 
 
 
IV BOB. PUL MUOMALASI, PUL MASSASI VA PUL 
AGREGATLARI 
 
4.1. Pul muomalasi tushunchasi va tarkibi 
Pul muomalasi tovar ishlab chiqarishga asoslangan har qanday 
iqtisodiyotning, jumladan bozor iqtisodiyotining ham asosiy elementlaridan 
biri hisoblanadi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot, uni ayriboshlash, 
taqsimlash va iste’mol qilish bilan bog‘liq jarayonlar pul ishtirokida yuz 
berib, tovar ishlab chiqarish siklining ibtidosi pul bilan boshlanib, uning 
intiqosi ham pul bilan yakunlanadi. Yoki, iqtisodiyotning barcha bo‘g‘in-
larida yuz berayotgan obyektiv iqtisodiy munosabatlar albatta pul 
ishtirokida amalga oshiriladi.
Iqtisodiy subyektlar o‘rtasida pul orqali amalga oshiriladigan 
iqtisodiy munosabatlar 
pul muomalasi deyiladi
. Pul yuz berayotgan 
iqtisodiy munosabatlarda ishtirok etar ekan, u doimiy harakatda bo‘ladi, 
yangilanib turadi va muntazam takror aylanadi. Iqtisodiy jarayonlarni 
amalga oshirishda pulning ma’lum davrdagi harakatlar yig‘indisi 
pul 
aylanmasini
tashkil etadi.
Naqd pul muomalasi naqd pul orqali amalga oshiriladigan 
iqtisodiy munosabatlar bo‘lib,
bunda iqtisodiy subyektlar o‘rtasidagi 
o‘zaro tovarlar va qimmatli qog‘ozlar oldi – sotdisi, ko‘rsatilgan turli 
madaniy va maishiy xizmatlar, sug‘urta, kommunal to‘lovlari, naqd 
pulda kreditlar olish va qaytarish, lotereya biletlari xarid qilish, 
korxona va tashkilotlar tomonidan ishchi va xizmatchilarga naqd pulda 
ish haqi to‘lash hamda boshqa majburiy to‘lovlar amalga oshiriladi.
Shuningdek, naqd pul muomalasi davlat byudjetining naqd pulda 
shakllanadigan 
va 
taqsimlanadigan 
qismini 
ham 
o‘zida 
mujassamlashtiradi. Ushbu jarayon, bir tomondan aholi va yakka 
tadbirkorlarning byudjet oldidagi soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni 
amalga oshirish jarayonlarini, ikkinchi tomondan esa davlat byudjeti 
tomonidan aholiga naqd pulda pensiya, nafaqa va boshqa ijtimoiy 
to‘lovlarni amalga oshirish jarayonlarida o‘z aksini topadi.
Naqd pul aylanmasi esa naqd pullarning ma’lum davrdagi 
harakatlar yig‘indisidan iborat bo‘lib, 
u naqd pul muomalasidagi naqd 


97 
pullar harakatidan tashqari pul muomalasini tashkil qilish bilan bog‘liq 
bo‘lgan harakatlar yig‘indisini ham o‘z ichiga oladi. Naqd pullarning 
aylanmasi va uning tarkibiy qismlarini quyidagi paragrafda batafsil 
ko‘rib chiqamiz. 

Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish