Sitoplazmasi ekto va endoplazmaga ajralgan sodda hayvonlar hujayrasida
organellalardan yadro, mitoxondriyalar,
ribosomalar, sentriolalar, Goldji
kompleksi, lizosomalar va shu kabilar bo‘ladi. Biroq yirikroq sodda hay
vonlar ko‘p yadroli bo‘ladi, kichik o ‘lchamdagilarida esa bitta yadro bo'ladi.
Yadrodagi xromosomalar miqdori 2 tadan 160 tagacha boruvchi sod
da hayvonlar turiari uchraydi. Xromosoma uzunligi 1—50 mkn. orasida
bo‘ladi. Maxsus vazifani bajaruvchi organellalariga harakat organellalari,
ovqat hazm qilish va qisqaruvchi vakuola kiradi.
Ularning oziqlanishi turli xil bo ‘ladi. Ba’zilari
oziqni eritmadan butun
tanasi bilan sitotsitoz orqali qabul qilsa, ikkinchi bir xillari sitostom (hu
jayra og‘zi) orqali qattiq ozuqani qabul qiladi, uchinchi xillari esa ovqat -
ni psevdolodiylari orqali ushlab olishadi. Endoplazmaga tushgan ovqat
maxsus fermentni saqlovchi vakuolalar yordamida hazm bo'ladi. Hazm
bo‘lmagan ovqat qoldiqlari tashqariga ovqat
hazm qiluvchi vakuolalar
orqali chiqarib tashlanadi.
0 ‘simliklarga o ‘xshash sodda hayvonlar hujayrasida xromotoforlari
bo‘lib, ular yordamida fotosintez jarayoni o ‘tib turadi.
Sodda hayvonlar jinsiy va jinssiz yo‘llar bilan ko'payadi. Jinssiz
ko‘payishi hujayrasining ikkiga bo‘linish yo‘li bilan b o ‘ladi.
Jinsiy ko'payishi esa singamiya (ikkita gametaning qo‘shilishi bilan)
konyugatsiya va autogamiya (gaploid yadrolarining hosil bo‘lishi va birla-
shishi) yo'llari bilan b o ‘ladi.
Ba’zi bir sodda hayvonlarning vakillari ham jinssiz, ham jinsiy yo‘llar
bilan ko‘payadi. Ana shunday sodda hayvonlarga bezgak plazmodiyasini
kiritish mumkin. U umurtqalilar oiganizmida yashaganda jinsiy ko‘payadi.
Sodda hayvonlar tashqi muhim omillarga nisbatan ta ’sirchan bo‘ladilar.
Agar noqulay sharoit tug‘ilsa ularning vegetativ
tanalari sistaga aylanadi
va o ‘zlarining hayotchangligini saqlab qola oladi. Qulay sharoit paydo bo‘lishi
bilan sistadan faol vegetativ tana hosil b o ‘ladi. Ko'pchilik sodda hayvon
lar erkin holatda hayot kechirsalar-da, ularning b a’zi birlari boshqa
organizm tarkibida faqat ularga zarar keltirmaydi, b a’zan esa foyda ham
keltirmaydi. Masalan, tirm etlar ichagida yashovchi
xivchinlar sellyuloza-
ni hazm qila olmaydi. Biroq bir qancha sodda hayvon turiari hayvon va
odam organizmida juda xavfli, parazit holda hayot kechiradilar.
Inson 25 tur sodda hayvonlar uchun potensial xo‘jayin b o ‘lib xizmat
qiladi. Shundan 2 tasi odamning og‘iz bo‘shligi, 12 turi ichagida, 1 tasi
siydik-tanosil yo‘llarida, 10 tasi qon va boshqa to ‘qimalarda yashaydi.
Sodda hayvonlar 5 ta tipga bo'linadi: a)sarkamastigoforalar; b)sporalilar;
d)knidosporidiylar; e)mikrosporidiylar; 0 kipriklilar yoki Infuzoriyalar.
86