Muhokama savollari:
1. Yer yuzida o ‘sim lik va hayvon tu rlarining m iqdori va ularning o ‘m i.
2. T aksonom ik kategoriyalam i tushuntiring.
3. H ayvon va o ‘sim liklam ing biriigi va farq qiluvchi belgilarini ifodalang.
4 .0 rg a n iz m la m i klassifikatsiyalash p rin sip lari va bu sohada ishlagan olim lar-
ning ishlarini k o ‘rsating.
5. A.L. Taxtadjyan b o 'y ic h a o ‘sim liklar klassifikatsiyasini bering.
6. L.M argelis sistem asi b o 'y ich a hayvonlar klassifikatsiyasini yoriting.
7. Yadroviy tuzilishgacha b o ‘lgan organizm larni tushuntiring.
8. Z am burug'lar va ularning tuzilishi. K o'payishi va aham iyati nim adan iborat?
9. Lishayniklar va ularning aham iyati.
10. Suvo'tlari va ularning tuzilishi, k o ‘payishi va aham iyati.
11. Y uqori o'sim liklar, ularning um um iy tavsifi, vakillarini ayting.
12. Yopiq u rug'lilar, ularning tavsifi, sinflari va aham iyatini yoriting.
13. Viruslar, ularning tuzilishi, k o ‘payishi, aham iyati nim adan iborat?
Hayvonlar va ularning turli-tumanligi
1. Sodda hayvonlar - P rotozoa.
2. K o ‘p hujayrali hayvonlar — M etazoa.
2 .1.B ulutlar (Spongia) tip i.
2.2.K ovakichaklilar (C oelenterata) tip i.
2.3.Yassi chuvalchanglar (R lathelm inthes) tip i.
2.4.Y um aloq chuvalchanglar (N e m a th elm in th e s) tipi.
2 .5.H alqali chuvalchanglar (A nnelides) tip i.
2 .6 .B o ‘g ‘im oyoqliIar (A rthropoda) tipi.
2.7.Y um shoq tan lilar yoki m olluskalar (M olluska) tip i.
2.8.Junatanlilar (E chinoderm ata) tipi.
2.9.XordaIiIar (C hordata) tipi.
Sodda hayvonlar.
Bular bir Tiujayrali organizmlar bo‘lib, ularning tipik
vakili yashil evglina hisoblanadi (Euglena viridis). Ularning 25 000 ortiq
turlari mavjud bo ‘lib, asosan chuchuk, sho'rlangan suvlarda va tuproqda
hayot kechiradi. Shulardan 3 500 ta turi o ‘simlik, hayvon va odamlarda
parazitlik qiladi.
Hujayrasining tuzilishi ko‘p hujayrali organizmlar hujayrasining tuzi-
lishiga o'xshash, biroq ular faqat hujayra b o ‘lib qolmasdan, balki musta-
qil hayot kechiruvchi organizm ham hisoblanadi.
Sodda hayvonlar tanasi ovalsimon yoki cho'ziqroq bo‘lib, ularning
o ‘lchami 3 -1 5 0 mk (mikron) bo‘lib, ba’zan katta o'lcham dagi turlari
ham uchraydi.
Tipiksodda hayvonlar 3 qavat membrana bilan o ‘ralgan bo‘lib, ular
ning qalinligi turlariga qarab har xil b o ‘ladi. M embrana qatlamlari oqsil
moddasidan tarkib topgan. Ba’zi sodda hayvonlarning tashqi tomonida
sitasekelet rakovina bo‘ladi.
85
Sitoplazmasi ekto va endoplazmaga ajralgan sodda hayvonlar hujayrasida
organellalardan yadro, mitoxondriyalar, ribosomalar, sentriolalar, Goldji
kompleksi, lizosomalar va shu kabilar bo‘ladi. Biroq yirikroq sodda hay
vonlar ko‘p yadroli bo‘ladi, kichik o ‘lchamdagilarida esa bitta yadro bo'ladi.
Yadrodagi xromosomalar miqdori 2 tadan 160 tagacha boruvchi sod
da hayvonlar turiari uchraydi. Xromosoma uzunligi 1—50 mkn. orasida
bo‘ladi. Maxsus vazifani bajaruvchi organellalariga harakat organellalari,
ovqat hazm qilish va qisqaruvchi vakuola kiradi.
Ularning oziqlanishi turli xil bo ‘ladi. Ba’zilari oziqni eritmadan butun
tanasi bilan sitotsitoz orqali qabul qilsa, ikkinchi bir xillari sitostom (hu
jayra og‘zi) orqali qattiq ozuqani qabul qiladi, uchinchi xillari esa ovqat -
ni psevdolodiylari orqali ushlab olishadi. Endoplazmaga tushgan ovqat
maxsus fermentni saqlovchi vakuolalar yordamida hazm bo'ladi. Hazm
bo‘lmagan ovqat qoldiqlari tashqariga ovqat hazm qiluvchi vakuolalar
orqali chiqarib tashlanadi.
0 ‘simliklarga o ‘xshash sodda hayvonlar hujayrasida xromotoforlari
bo‘lib, ular yordamida fotosintez jarayoni o ‘tib turadi.
Sodda hayvonlar jinsiy va jinssiz yo‘llar bilan ko'payadi. Jinssiz
ko‘payishi hujayrasining ikkiga bo‘linish yo‘li bilan b o ‘ladi.
Jinsiy ko'payishi esa singamiya (ikkita gametaning qo‘shilishi bilan)
konyugatsiya va autogamiya (gaploid yadrolarining hosil bo‘lishi va birla-
shishi) yo'llari bilan b o ‘ladi.
Ba’zi bir sodda hayvonlarning vakillari ham jinssiz, ham jinsiy yo‘llar
bilan ko‘payadi. Ana shunday sodda hayvonlarga bezgak plazmodiyasini
kiritish mumkin. U umurtqalilar oiganizmida yashaganda jinsiy ko‘payadi.
Sodda hayvonlar tashqi muhim omillarga nisbatan ta ’sirchan bo‘ladilar.
Agar noqulay sharoit tug‘ilsa ularning vegetativ tanalari sistaga aylanadi
va o ‘zlarining hayotchangligini saqlab qola oladi. Qulay sharoit paydo bo‘lishi
bilan sistadan faol vegetativ tana hosil b o ‘ladi. Ko'pchilik sodda hayvon
lar erkin holatda hayot kechirsalar-da, ularning b a’zi birlari boshqa
organizm tarkibida faqat ularga zarar keltirmaydi, b a’zan esa foyda ham
keltirmaydi. Masalan, tirm etlar ichagida yashovchi xivchinlar sellyuloza-
ni hazm qila olmaydi. Biroq bir qancha sodda hayvon turiari hayvon va
odam organizmida juda xavfli, parazit holda hayot kechiradilar.
Inson 25 tur sodda hayvonlar uchun potensial xo‘jayin b o ‘lib xizmat
qiladi. Shundan 2 tasi odamning og‘iz bo‘shligi, 12 turi ichagida, 1 tasi
siydik-tanosil yo‘llarida, 10 tasi qon va boshqa to ‘qimalarda yashaydi.
Sodda hayvonlar 5 ta tipga bo'linadi: a)sarkamastigoforalar; b)sporalilar;
d)knidosporidiylar; e)mikrosporidiylar; 0 kipriklilar yoki Infuzoriyalar.
86
Do'stlaringiz bilan baham: |