I. H. Hamdamov, S. A. Abilova hozirgi zamon tabiiy fanlar konsepsiyasi



Download 6,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/135
Sana28.04.2022
Hajmi6,21 Mb.
#586386
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   135
Bog'liq
Hozirgi zamon tabiiy fanlar konsepsiyasi. Hamdamov I.H, Abilova S.A

Suvo‘”
tIar (Algae). 
Suvo'tlar o'simliklarning eng qadimiy vakillaridan biridir. 
Suvo'tlari suvda yashaydigan xivchinlilardan (Flagellatae) paydo bo'lgan degan 
taxminlar bor. Ular orasida xlorofilli (avtotraf) va rangsiz (geterotraf) orga­
nizmlar uchraydi. Ko'pchilik sistematiklar xivchinlilami o'simlik va hayvon 
organizmlarini bogiovchi oraliq gruppa vakillari deb hisoblaydi. Suvo'tlar 
tanasida xloroffll bo'lganligi sababli ular avtotrofik usulda aniqlanadi.
Suvo'tlarning tallom i bir hujayrali, koloniyali, hujayrasiz va ko'p 
hujayrali bo'ladi. Vegetativ hujayra tashqi tom onidan qattiq po'st bilan 
qoplangan. Hujayra po'sti sellyuloza va pektin moddasidan tashkil topgan. 
Ayrim hollarda qum tuproqlashgan ham bo'lishi mumkin. Hujayrasi bitta 
yoki bir nechta yadroga ega pigmentlar hujayra xromotoforasida saqlana- 
di. Xromotoforasi turli-tum an shaklda, ya’ni plastinkali, spiral, lentasimon, 
to'rsimon, yulduzsimon bo'ladi. Xromotoforida pirenoid joylashgan, uning 
atrofida kraxmal to'planadi. Suv o'tlari vegetativ jinssiz va jinsiy yo'llar 
bilan ko'payadi. Jinsiy ko'payish izogamiya geterogamiya va ogamiya yo'llari 
bilan amalga oshadi.
Suvo'tlari tabiatda juda katta ahamiyatga ega. Ular suvda yashaydigan 
jonivorlar uchun asosiy ozi^qa hisoblanadi. Suvdagi karbonat angidridni 
yutib, kislorod ajratib chiqaradi. Yirik dengiz o'tlaridan mollarni boqish- 
da, yerlarni o'g'itlashda foydalaniladi. Q o 'n g'ir suv o'tlardan yod, brom 
elementlari olinadi. Dengiz karami deb atalgan suvo'ti iste’mol qilinganda 
buqoq kasali sodir bo'lmaydi. Qizil suvo'tlaridan agar-agar deb ataladigan 
modda olinadi. Bundan esa mikrobiologiya sohasida mikroblami o'stirishda 
asosiy oziq modda sifatida ishlatiladi.
Yuqori o'simliklar — Cormobionta. 
Bu xil o'simliklar tana, barg, poya


va ildizga ajralgan, shu sababli ularni b a’zan barg poyalar ham deb ataladi. 
Tarixiy rivojlanish davrida bu kabi o'simliklar quruqlikka moslashgan guruh 
o'simliklar hisoblanadi. Ularda jinsiy va jinssiz ko'payishlar gallanib tu ra ­
di. Moxsimonlardan bu xil ko'payishda jinsiy (gametofit) jinssiz (sporofit- 
dan) nasi gametofit nasldan ustun turadi. Yuqori o'simliklar sporalilar va 
urug'lilarga ham bo'linadi, birinchi guruhga bir hujayrali sporalilar bilan 
ko'payadigan o'simliklar (moxsimonlardan tortib to paporotniklaigacha) 
kirsa, ikkinchi guruhga, urug'lilarga urug' hosil qiladigan (ochiq urug'lilar 
va yopiq u rug'lilar) o 'sim lik lar kiradi. Y uqori o'sim liklar quyidagi 
bo'limlarga bo'linadi:
1. Rinofittoifalar — vakillari Rinie asteroksimon va shu kabilar bo'lib, 
ular hozir faqat qazilma holida mavjud.
2. Psilofittoifalar — bu bo'lim ning ko'pchilik vakillari bizgacha yetib 
kelmagan.
3. Moxtoifalar.
4. Plauntoifalar.
5. Qirqbo‘g‘imtoifalar.
6. Paporotniktoifalar.
7. Ochiq urug'toifalar yoki qarag'aytoifalar.
8. Yopiq urug'toifalar yoki gulli o'simliklar.
Shulardan b a’zi bir vakillarini ko'rib o'taylik.

Download 6,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish