Araq
-rektifikatsiyalangan spirtni yumshatilgan suv bilan aralashti rib olinadi.
Suv-spirt aralashmasi faollashtirilgan (aktivatsiyalangan) ko‘mir bilan ishlanadi va
araqqa yoqimsiz hid va ta’m beruvchi va cho‘kma hosil qiluvchi aralashmalardan
tozalash uchun (sivush moylari, aldegidlar, mexanik aralashmalar) filtrdan
o'tkaziladi. Ta’mini yumshatish va yaxshilash uchun
nomlanishiga qarab araqqa
kam miqdorlarda invert shakar, soda va limon kislotasi, shakar va
yog‘sizlantirilgan sut va boshqalar qo‘shiladi.
Likyor-araq
mahsulotlariga
nastoyka, nalivka, punsh, likyor va shu kabi
ichimliklar kiradi. Nastoykalar achchiq, balzam, shirin va yarimshirin holda ishlab
chiqariladi.
A c h c h i q n a s t o y k a l a r va b a l z a m l a r kuchli alkogolli ichimliklar
(tarkibida 30-60% spirt mavjud) hisoblanadi. Ular spirtli shiralarga va xushbo'y
spirtlarga rang beruvchi moddalar, efir moylari, ta’mini yumshatish uchun 1 %
gacha shakar qo‘shib tayyorlanadi. Y a r i m s h i r i n n a s t o y k a l a r nordon
ta’mi bilan farq qilib, tarkibida 30-40% spirt va 9-10% shakar bo‘ladi. S h i r i n n
a s t o y k a l a r meva- rezavorlardan tayyorlangan m о r s I a r n i
rektifikatsiyalangan
spirt bilan aralashtirib, shakar, kislotalar, patoka va rang
beruvchi moddalar qo'shib tayyorlanadi.
Rom
-bu kuchli alkogolli ichimlik bo‘lib, shakarqamish' shakari yoki
shakarqamish melassasini bijg‘itish natijasida olingan spirtdan tayyorlanadi. Rom
spirti 50% li quvvatgacha distillangan suv bilan
suyultiriladi va yangi eman
bochkalarda 5 yil davomida saqlanadi. Rom o‘ziga xos hidli, biroz kuydiruvchi
ta’mli, och jigar rangli tiniq eritma bo‘lib, tarkibida 45 % spirt va 2% qand bo'ladi.
Viski
-tarkibida 45% spirt bo‘lgan quvvatli spirtli ichimlik hisob- lanadi. Viski
dondan tayyorlangan (arpa, makkajo‘xori yoki ularning aralashmasi)
spirtni
kuydirilgan (ichki tomonidan) bochkalarda 3-10 yil davomida saqlab tayyorlanadi.
Viski och jigar rangi, don va kuyindiga xos bo‘lgan hidi bilan ajralib turadi.
Likyor-araq mahsulotlarining sifati degustatsiya va tajriba usullari bilan aniqlanadi.
Araq va likyor-araq mahsulotlari tiniq, har birining nomiga mos keluvchi rangga,
ta’mga va xushbo‘ylikka ega bo‘lishi kerak. Araq va likyor-araq mahsulotlarining
sifatini baholashda organolep- tik usulda tashqi ko‘rinishi,
mazasi va hidi
aniqlanadi. Ular shisha, sopol yoki chinni idishlarga quyiladi. Idishlarning og‘zi
po'kak yoki polietilen tiqinlar, plastmassa yoki aluminiy qalpoqchalar bilan
berkitiladi. Quvvatli spirtli ichimliklar quruq, yaxshi shamollatiladigan xona- larda
10-20 °C haroratda saqlanadi. Rang berilgan mahsulotlar qorong‘i
joylarda
saqlanishi kerak, chunki yorug‘lik ta’sirida bo'yovchi moddalar parchalanishi
natijasida mahsulotning o‘ziga xos bo'lgan rangi o‘zgarishi mumkin.