Uzum vinosi.
U yanchilgan uzumning tullpi bilan yoki tulpisiz bijg'itish yo‘li
bilan tayyorlanadi. Uzum vinolarida spirt miqdori 9% dan 20% gacha bo'lishi
mumkin. Vino ishlab chiqarish texnologik jarayonining umumiy texnologik
sxemasi quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi: uzumni g‘ujumlaridan
ajratish va
ezish; sharbatini ajratib olish; yanchilmani presslash; sharbatni tindirish va
bijg'itish; vinoni achitqilar cho‘kindisidan ajratish; vinoga ishlov berish va saqlash.
Aniq bir turdagi vinoni ishlab chiqarishga qarab, bu asosiy texnologik jarayonlar
bir qanciia qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar bilan taicrorlanadi.
Konyak
-bu quvvati oshirilgan alkogolli ichimlik bo‘lib (tarkibida 40-57 % spirt
bor), xo'raki vinolarni haydash yo‘li bilan olingan konyak spirtidan tayyorlanadi.
Konyakning tillasimon rangi, murakkab xushbo‘yligi konyak spirtini eman
bochkalarda bir necha yil (3 yildan kam emas) saqlash natijasida hosil bo‘ladi.
Oddiy, markali va kolleksion konyaklar mavjud. Oddiy konyaklar 3 yildan 5
yilgacha saqlangan konyak spirtlaridan tayyorlanadi. Ular uchta, to‘rtta va beshta
yulduz bilan belgilanadi. Markali konyaklar olti yildan ortiq saqlangan konyak
spirtlaridan tayyorlanadi. Ularga 6 yildan 7 yilgacha saqlangan konyak spirtlaridan
tayyorlangan s a q l a n g a n konyak, 8 dan 10 yilgacha saqlangan konyak
spirtidan tayyorlangan y u q o r i s i f a t l i s a q l a n g a n konyak va 10 yil va
undan ortiq vaqt ichida saqlangan konyak spirtidan tayyorlangan eski k o n y a k l
a r misol bo‘ladi.
Kolleksion
konyaklarga eman bochkalarda 5 yildan kam saqlanmagan, yoshi 10
yoshdan oshadigan konyak spirtidan tayyorlangan konyaklar kiradi. Kolleksion
konyaklarga bulardan tashqari j u d a eski konyaklar ham kiradi. Markali va
kolleksion konyaklarga maxsus nomlar qo‘yiladi. Konyak ishlab chiqarishda vino
materiallari shunday qilib haydaladiki, haydalgan spirtda bir qism uchuvchan
birikmalar (efir va kislotalar saqlanib qolsin. Konyak vino materiallarini haydashda
turli usullar qo‘llaniladi. Masalan, oddiy haydash usulida quvvati 22-35% boigan,
barcha uchuvchan aralashmalarni saqlovchi xom spirt olinadi, keyin u ikkinchi
marta haydaladi. Bunda haydashning boshlangMch, o‘rta va oxirgi fraksiyalari
ajratib olinadi. Konyak ishlab chiqarishda quvvati 62-70% ga ega haydashning
o‘rta fraksiyasi qo‘llaniladi. Konyak spirtlari 30-50 dal hajmli eman bochkalarda
saqlangan paytda unga emanning eruvchan moddalari o‘tadi. Saqlash vaqtida bu
moddalar turli o‘zgarishlarga uchrab, konyak spirtining kahrabo- jigarrangligi,
yoqimli ta’m va xushbo'yligini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |