tashkil etadi. Yaxlitlab hisoblaganda, daraxtlar o‘rta hisobda 30
yil
yashasa, unga har yili taxminan 15
mlrd t karbonat angidrid o‘tadi
(Bolin 1972).
Atmosferadagi karbonat kislotaning manbai nimalardan iborat?
Birinchi navbatda, u yonuvchi moddalar yondirilganda, vulqonlar
otilganda va ba’zi karbonatli
TOF
jinslari
parchalanganda hosil
bo‘ladi. Lekin quruqlikdagi o‘simlik guruhlarida tuproqning nafas
olishi karbonat angidridning asosiy manbai hisoblanadi. Bunda
tuproqdagi jami tirik organizmlarning doimiy nafas olishi va SO
2
ajratish protsessi tushuniladi. Bu protsess yerga tushayotgan
o‘simliklar qoldig‘i va nobud bo‘layotgan organizmlardan tarkib
topgan organik moddalarning doimiy
ravishda kamayib borishidan
iborat bo‘ladi (8-rasm). Ba’zan tuproqdagi CO
2
miqdori 0,5-1,5%
gacha ko‘payishi, ya’ni atmosferadagi normal miqdoridan 50 marta
ko‘p bo‘lishi mumkin. Bunga tuproqning kuchsiz kislotali
yoki kuchsiz ishqoriy reaksiyasida hosil bo‘ladigan organik
moddalarning
ko‘plab
kelib
parchalanishi,
suv
va
vodorodning yetarli miqdorda kelib turishi,
shuningdek, temperatura
optimal darajada bo‘lishi katta imkoniyat yaratadi. Diffuziya
protsesslari va yerga yaqin havo qatlamining harakati ham ma’lum
darajada ta’sir ko‘rsatadi. Bir xildagi temperatura nam tuproqning
nafas olishini kuchaytirsa, namlik haddan tashqari oshib ketganda,
aksincha, susaytiradi. Shuningdek bunda
tuproqdagi teshiklarning
yirik-maydaligi va ularning suv bilan to‘lganligi ham katta
ahamiyatga ega. Sutka davomida har xil tuproqlar yuzasidan
karbonat angidrid ajralishini qyyidagi ko‘rsatkichlar (kg/ga hisobida)
bilan ifodalash mumkin (Gorishina, 1979):
podzol tuprokda 50-80,
qora tuproqda 100, bo‘z va o‘rmon qo‘ng‘ir tuproqlarida 80, kashtan
tuproqda, 40, cho‘l tuproqlarida, 5-10, tog‘ tuproqlarida 5.
Tuproqning nafas olish intensivligi turli guruhlarda har xil
bo‘ladi. Agar u tuproqning 1 m
2
yuzasidan bir soatda milligramm
CO
2
hisobida ifodalansa, har xil o‘simlik
guruqlari uchun quyidagi
qiymatlar kelib chiqadi (Walter, 1960: podzol tuproqli yerlardagi
k;orak;aragay o‘rmonida-360; shuning o‘zi ohakli yerlarda-431;
qora-qayin o‘rmonida-407; mayda qiyoqli zax o‘tloqda-551;
tulkiquyruqli kuruq o‘tloqda-780. O‘rmon havosining yerga yaqin
qatlamida karbonat angidrid miqdori o‘rtacha darajadan 6 marta ortiq
(ya’ni 0,032%), o‘g‘itlangan madaniy tuproq ustidagi qatlamda 10
marta ortiq bo‘lishi mumkin. Ildizlar nafas olishi uchun tuproqning
butun nafas olishining taxminan 30% to‘g‘ri keladi; yirik hayvonlar
ham juda kam nafas oladi. CO
2
ning asosiy qismn o‘simliklar
qoldig‘ining mikroblar ishtirokida parchalanishi protsessida hosil
bo‘ladi, shunga ko‘ra, tuproqning
nafas olishi tuproq organik
moddalarining minerallashish intensivligining asosiy ko‘rsatkichi
hisoblanadi.
Ninabargli
o‘rmonlarda o‘simliklar qoldig‘ining
minerallashish tezligi uncha yuqori bo‘lmaganligi tufayli tuproqning
nafas olishi nisbatan sust boradi. Kislotali muhitli botkoqliklarda
mikroorganizmlar haddan tashqari kamligidan organik moddalarning
minerallashishi ham juda sust boradi (bu yerda torf hosil bo‘ladi).
Tuproqning nafas olishidagi mavsumiy o‘zgarishlar ancha katta
bo‘lib, ular tuproqning namligiga va temperaturasiga bog‘liq bo‘ladi;
tuproqning nafas olish tigizligi, odatda, yozgi issiq davrga to‘g‘ri
keladi (9-rasm).
Tuproq nafas olishining ahamiyati shundan ko‘rinadiki, doim
to‘lib turmasa CO
2
ning atmosferadagi zapasi fotosintez uchun 50 yil
davomida sarf bo‘lib tugar edi. Shunga ko‘ra,
yerdagi karbonat
angidrid
nisbatan
uncha
ko‘p
miqdorda
bo‘lmasa
tuyarokning
nafas
olishi
bilan
ancha
intensiv
to‘ldirilib
turiladi. O
2
/CO
2
larning pasaygan o‘zaro nisbati tuproqda CO
2
miqdorini to‘ldirib turuvchi oson eruvchan organik moddalar ko‘p
bo‘lgan qollarda kuzatiladi. Yashash joylarining ekologiyasi uchun
atmosferadagi karbonat angidrid miqdorining ahamiyati quyidagilar
bo‘yicha aniqlanadi: 1) o‘rmon o‘simliklari karbonat angidridga
ancha boy bo‘lgan havo qatlamida joylashgan bo‘ladi, shunga ko‘ra,
uning konsentratsiyasi bu yerda yorug‘lik yetishmovchiligini ma’lum
darajagacha kompensatsiyalaydi; 2) yerga
yaqin havo qatlamida CO
2
konsentratsiyasining ortishi tropik o‘rmonlar uchun katta ahamiyatga
ega; chunki bu yerda o‘t qoplamiga yorug‘lik kam tushadi; masalan,
Yavada tuproqning 50 sm gacha bo‘lgan havoli qatlamidagi CO
2
ning
konsentratsiyasi kechasi 0,21-0,26% ni, kunduzi 0,08-0,09% ni
tashkil etishi kuzatilgan; 3) yorug‘sevar o‘simliklarning yashash
joyida, ya’ni ochiq joylarda, odatda, karbonat angidridning
konsentratsiyasi yuqori bo‘lmaydi,
chunki bunday joylarda havo
harakati tufayli u hamma vaqt haydalib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: