O‘RMON VA YOG‘INGARCHILIKLAR
O‘rmon yog‘ingarchiliklarni ko‘paytiradi va o‘rmonlarni
yo‘qotish ularning kamayishiga olib keladi,
degan fikrlar keng
tarqalgan. Ko‘pincha, qurg‘oqchil rayonlarda daraxtzorlar barpo
etilishi yog‘ingarchilikning ko‘payishiga olib keladi, chunki
konveksion
oqimlar
o‘rmonsiz
maydonlardagiga
qaraganda
o‘rmondan ancha sovuq va nam havoni olib chiqadi, shu sababli
yog‘ingarchilik o‘rmonsiz maydonlardagiga qaraganda, o‘rmonli
maydonlarda ko‘p bo‘ladi deb hisoblaydilar. Lekin o‘rmon
yog‘ingarchilik ko‘p bo‘ladigan iqlimning faqat sababchisigina
emas, balki shunday iqlimning natijasi ham hisoblanadi. Ayrim
ma’lumotlarga qaraganda, ochiq yerlarni daraxtzorlarga aylantirish
yog‘in mikdorini bor-yo‘g‘i 6% ga oshiradi.
Lekin o‘rmon hosil qilish yoki o‘rmonlarni yo‘qotishdan
regional iklim qanday o‘zgaradi, degan savolga javob berish ancha
qiyin. Masalan, G. Valter (I960) ma’lumotlariga qaraganda
Fransiyada
1680-1860
yillar
orasida
juda
ko‘p
o‘rmonlar
yo‘qotilgan, lekin ana shu yillarda yog‘ingarchilikning o‘rtacha
yillik miqdori deyarli o‘zgarmagan. O‘rta dengiz mamlakatlarida
o‘rmonlar juda ko‘plab yo‘q qilib yuborilganiga qaramay, bu tarixiy
davr mobaynida ham yog‘ingarchilik miqdori deyarli o‘zgarmagan.
Lekin o‘rmonlarning yo‘kotilishi bu yerda eroziyaning kuchayishiga,
daryolarga oqib keladigan suvlarning kamayishiga va buloqlarning
ko‘rib
qolishiga
olib
keldi.
Boshqa
tomondan
qaraganda,
o‘rmonlarning yo‘qotilishi iqlimning o‘zgarishiga suzsiz ta’sir
ko‘rsatadi, albatta. O‘rmondan bug‘lanib chikqadigan suv havo
namligini kuchli darajada oshiradi. Dengizdan esayotgan shamol
ma’lum miqdorda suv olib keladi; bunga tuproqdan va o‘rmondagi
daraxtlardan
bug‘lanib
chiqayotgan
suvlar
ham
kelib
qo‘shiladi. Nam
havo
massasi
kontinent
(qit’a)ning
ichkarisiga
tomon
borishida
bu
suvlar
yog‘in
sochin
tarzida
yerga
tushadi.
Demak,
o‘rmon
massivlari
suvi
bug‘latish
bilan
bu
ulkan siklga o‘z hissasini qo‘shadi, ya’ni dengiz (okean)
dan
esadigan
shamollar
yo‘lida
joylashgan
oblastlarni
guyo qo‘shimcha yog‘ingarchilik bilan ta’minlaydi. Tog‘larda
o‘rmonlarning
yo‘qotilishi
tog‘
yuzasidan
suvlarning
ko‘proq oqib ketishiga sabab bo‘ladi, tog‘lar ancha quruq
bo‘lib
qoladi,
tog‘lardagi
suv
manbalari
yo‘qolib
boradi, suv eroziyasi kuchayadi va toshqin xavfi ortadi.
O‘rmon mikroiqlimga va yog‘in-sochinning tarqalishiga
ham
katta
ta’sir ko‘rsatadi. O‘rmonga yoqqan yog‘inning
hammasi
ham
bevosita
yerga
tushmaydi,
uning
anchagina
qismi daraxtlarning shox-shabbasi, barglari, butoqlari, tanasi va
to‘nkalarida
ushlanib
qoladi.
Ushlanib
qolgan
bu
xildagi
suvlar
bevosita
bug‘lanib
ketadi,
ya’ni transpiratsiya protsessida ishtirok etmaydi. O‘rmonda daraxtlar
qancha
qalin
bo‘lsa,
yog‘ingarchilikda
daraxt
organlarining
hullannshiga
suv
shuncha
ko‘p
sarflanadi.
Boshqa
tomondan
olganda,
yomg‘ir
shivalab
yog‘gan vaqtda ham uning ko‘p qismi daraxtlarning xullanishiga
sarflanib, tuproqda suv shuncha kam tushadi. Demak, yomg‘ir
shivalab yog‘ganda o‘rmonda daraxtlar ostidagi tuproqda yomg‘ir
suvlarit deyarli tushmaydi (yog‘in shiddati qancha sust bo‘lsa,
daraxtlarda suv shuncha ko‘p ushlanib qoladi). Yomg‘ir kuchli
yog‘ganda uning bir qismi daraxt tanasidan oqib tushadi. Demak,
yomg‘ir
shibarglardan
tomchi
holida
yerga
tushadi.
Lekin
bu protsesslar tarkibi har xil bo‘lgan o‘rmonlarda, turlicha sodir
bo‘ladi (4-rasm).
Bargli (qayinli) o‘rmonlarda daraxt tanasi orqali suv ko‘proq
oqib
tushadi,
qoraqarag‘ay
o‘rmonlarida
bu
miqdor
juda
kamni
tashkil
etadi.
Buning
ustiga,
ninabargli
daraxtlar
po‘stlog‘ining
xo‘llanuvchanligi
bargli daraxtlarnikiga qaraganda ikki baravar yuqori bo‘ladi.
Qoraqarag‘ay o‘rmonida garchi 40 yoshli daraxtlarning shox
shabbasi yoz vaqtida yog‘inning 55-57% gacha qismini ushlab
qolishiga qaramay, tuproqda yog‘in suvi ko‘proq yetib boradi.
Boshqa
tomondan
olganda,
qoraqayin
o‘rmonlarida yog‘in
suvlarining taqsimlanishi bir tekisda bormaydi. Masalan, 60 yoshli
qoraqayin o‘rmonida daraxt tanasi atrofidagi tuproqda yog‘in
suvlarining o‘rta hisobda 55% qismi tushadi, daraxt tanasidan
uzoqlashgan sari bu miqdor ortib borib, daraxt shox-shabbasi
chegarasiga borganda 76% ni tashkil etadi.
Qishda o‘rmonlarga yog‘gan qorning ancha qismi daraxtlar
shox-shabbasida ushlanib qoladi va ma’lum qismi bug‘lanib ketadi.
Shamol kira olmaydigan unchalik katta bo‘lmagan o‘rmonlarda esa
qop qoplami qalin bo‘ladi. Ochiq joylarda qor tez va notekis,
o‘rmonlarda esa ancha sust va bir tekis eriydi. Lekin tuprog‘i
muzlamagan joylarda qor tagidan boshlab erishi ham mumkin.
Cho‘l
zonasida
joylashgan
rayonlarda
o‘simliklar
qoplami tufayli yog‘in suvlari bir tekis taqsimlanmaydi. Yog‘in
suvlarining eng ko‘pi quruq tuproqlarda (qumlarda) ayrim o‘simlik
yoki o‘simlik gruppalari ostidagi tuproqqa singadi. Bunday yerlarda
o‘simliklar ildizi g‘am suvdan bir tekis foydalanmaydi. Bu ko‘p
jihatdan cho‘l zonada o‘simliklar qoplamining kompleksligi va
aralash-quralashligiga bog‘liq bo‘lishi bilan izog‘lanidi.
Yuqorida aytilganidek, o‘rmon ichkarisida ochiq joylardagiga
qaraganda namlik yuqori bo‘ladi; uning maksimal miqdori tuproq
yuzasiga
yaqin
bo‘lgan
qismida
kuzatiladi, yuqoriga ko‘tarilib borgan sari namlik pasayib boradi.
Shuni ham aytish kerakki, o‘rmonda ertalab va kechqurun havoning
nisbiy namligi ancha yuqori bo‘lib, kunning yarmida ancha pasayadi
(5-rasm). Daraxtlar shox-shabbasi ostidagi namlik bilan o‘rmon
to‘shamasi ustidagi namlik deyarli bir xil bo‘lgani holda, kunning
yarmiga borganda va yarmidan oshganda ular orasidagi farq ortadi.
O‘rmonlarning yo‘qotilishi birinchi navbatda erigan qop
suvlarining oqishiga ta’sir etadi (ular tez oqadi). Erigan qop
suvlarining bu xilda tez oqishi ko‘p zarar keltiradi: daryolar suvi
toshadi,
qirg‘oqlari eroziyaga uchraydi, yuvilib ketadi,
uzanlari kengayib, ularni qum va loyqa bosadi, sizot suvlar sathi
pasayib ketadi, jarliklar paydo bo‘ladi va hokazo. O‘rmonlar barpo
etish bilan esa eroziyaning, tuproq yuvilishining, havo namligi
ortishining oldi olinadi; bunda o‘rmonning roli nihoyatda katta
bo‘ladi. Yer yuzasida oqadigan suvlarning kamayishi sizot suvlarni
saqlab qoladi, bu esa tabiiyki, daryolar va buloqlar suvi to‘la
bo‘lishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |