qishki yashil daraxt mezofitlar
ham asosan tropik
va subtropik
zonalarga mansub turlardir; ular yozgi quruq vaqtda barglarini
to‘kib, tinim holatiga o‘tadi (savannalarda). Shimper (1898) ularni
«tropofitlar», ya’ni o‘zgaruvchan namlik o‘simliklari deb atagan;
yozgi yashil daraxt mezofitlar
mo‘’tadil zonaning daraxt va
butalari bo‘lib, ular yilning sovuq davrida barglarini to‘kib, tinim
holatiga o‘tadi. Albatta, ular orasida o‘xshashlik yo‘q, masalan, dub
jukaga qaragaida ko‘prok kseromezofit bo‘ladi. Shuni qayd qilish
kerakki, barg to‘kishni qishda suv bug‘latishdan to‘liq himoyalanish
u suli deb bo‘lmaydi, chunki daraxtlar qishda ham suv bug‘latadi.
Janubiy yozgi yashil o‘simlik turlaridan normushk, grab va
boshqalar qishki suv bug‘latishdan yanada kamroq himoyalangan
bo‘ladi; mana shu xususiyatlari ularni shimol tomonga tarqalishini
cheklab tursa kerak;
yozgi yashil ko‘p yillik o‘t mezofitlar o‘rmonlarimiz,
yaylov va
shimoliy dashtlarimizning o‘t o‘simliklari hisoblanadi, ularning
himoyalangan kurtaklaridan tashqari, barcha yer ustki qismi nobud
bo‘ladi (xamefitlar, gemikriptofitlar);
efemerlar va efemeroidlar
arid sharoitda qisqa muddat davom
etadigan namgarchilik davridan foydalanadi va ko‘pchilik xollarda
o‘zining vegetatsiya davrini yozgi issiq mavsumda tugallaydi.
Dashtlarimiz efemerlar va efemeroidlarga nihoyatda boy bo‘ladi.
Kseromorfoz belgilari bo‘lmasligi bu xildagi o‘simliklar uchun tipik
hol bo‘ladi, lekin ularning urug‘i kuchli darajadagi qurg‘oqchilik va
yuqori temperaturaga bemalol chidaydi. Ularning barglari uncha
qalin emas, fotosintez intensivligi yuqori bo‘ladi va shuning uchun
ham qisqa muddat davom etadigan namgarchilik sharoitida bunday
o‘simliklar assimilyantlarni tez to‘plash xususiyatiga ega.
Efemerlar
va
efemeroidlar
kuzda
yoki
qishda
10°
temperaturada va yog‘ingarchilik vaqtida unib chiqadi. Xatto
O‘zbekistonning shimoliy qismida va Toshkent atrofida oktabrning
ikkinchi yarmida qalin qatlam hosil qiladi. Martning ikkinchi
yarmida esa (janubiy rayonlarda martning boshlarida) bu o‘simliklar
juda sekin o‘sadi. Bahorda havo iliq bo‘lib, yog‘ingarchilik
boshlanishi bilan ular intensiv o‘sa boshlaydi-tez orada g‘unchalaydi
va gullaydi. Mevalari iyunning birinchi yarmida yetiladi.
Odatda, efemerlar va efemeroidlar bir yilda 3-4 oy davomida
tinim holatda bo‘ladi. Lekin 3. P. Bochanseva ma’lumotlariga
qaraganda, efemeroidlarda bu xildagi tinim davri nisbiydir va yozda
yer ostida keyingi vegetatsiya davri uchun novdalari rivojlana
boshlaydi. Bizning cho‘llarimiz efemer va efemeroidlarga ayniqsa
boy bo‘ladi. Lekin hamma avtorlar ham cho‘l efemerlari va
efemeroidlari
mezofitlar
gruppasiga
taalluqli
ekanligiga
qo‘shilmaydilar va ularni kserofitlar deb hisoblaydilar. Gap
shundaki, bu turlar mezomorf tuzilish belgilariga ega bo‘lishiga
qaramay, transpiratsiya intensivligi yuqoriligi va ayniqsa urug‘i
qurg‘oqchilikka, issiqqa chidamli bo‘lishi bilan muzofitlardan
farqlanadi. Shunday qilib, efemer va efemeroidlarni alohida gruppa
sifatida o‘rganish ma’qul.
Gidrofitlar. Bu gruppaga suvda normal o‘sadigan o‘simliklar
kiradi, agar ular quruqlikda ildiz oladigan bo‘lsa, u vaqtda ularning
ildizi tuproqning o‘ta nam qatlamiga taraladi. Bu esa boshqa
o‘simliklar uchun noqulay hisoblanadi. Kislorodning suvda
eruvchanligining pastligi va suvda yoki suvga o‘ta to‘yingan
tuproqda diffuziya tezligi uncha yuqori bo‘lmasligi shunday sharoit
yaratadiki, unda faqat moslashgan o‘simliklar turi o‘sishi mumkin
bo‘ladi.
Yashash
sharoitining
o‘ziga
xosligiga
bog‘liq
holda
tuqimalarining «g‘ovakligi», hujayralar oralig‘ida yirik bo‘shliqlar,
havo bilan to‘la bushliqlar mavjudligi, ya’ni aerenxima ustunligi
gidrofitlarning asosiy struktura xususiyatidir. Umuman, hujayralar
oralig‘idagi havo to‘la bo‘shliqlar sistemasi mezofitlarda ham
uchraydi, lekin u gidrofitlarda ayniqsa rivojlangan bo‘lib, ular
tuzilishining o‘ziga xos belgisi hisoblanadi. O‘simliklarning suvga
botib turgan qismlaridagi bushliqlar suvga botmagan barglar
og‘izchalari (ustitsalar) orqali o‘zaro bog‘lanadi, bu esa gazlar
almashinuvi protsessiga va ham kislorodli muhitda joylashgan
organlarga kislorod kirishiga imkon beradi. Ba’zi gidrofitlarning
mezalarida hali havo bo‘shliqlari bo‘ladi, bu esa ular urug‘ining
tarqalishiga imkon beradi. Suvga butunlay botib o‘sadigan
o‘simliklarning havo bo‘shliqlarida kun buyi kislorod to‘planishi
mumkin, bu kislorod kechasi S0
2
to‘planishi vaqtida nafas olishga
sarflanadi.
Suv osti gidrofitlari organlarining g‘ovakligidan tashqari, kuti-
kula va peridermasi yo‘qligi bilan ham suv ustki gidrofitlaridan farq
kiladi, shuningdek, ularda funksiyasiz og‘izchalar mavjudligi suv
o‘simliklari evolyutsiya davomida yerda o‘sadigan o‘simliklardan
kelib chiqqanligidan dalolat beradi. Suvga botib turadigan
organlarda kutin va suberin bo‘lmasligi o‘simliklar suv va unda
erigan
oziq
moddalarni
bevosita
organlari
yuzasi
orqali
o‘zlashtirishiga imkon beradi, bu esa o‘simliklar ildizi orqali oziq
moddalar o‘zlashtirishiga qo‘shimcha bo‘ladi. Naycha gidrofitlarda
transpiratsiya oqimi havo oqimi bilan bevosita bog‘liq bo‘ladigan
organlar uchun xos bo‘lib, intensivligi bo‘yicha ahamiyatga ega
emas. Shunga ko‘ra, oziq moddalarni ildizi orqali o‘zlashtirish va
o‘sishni ta’minlash uchun, bizningcha, faqat ildiz bosimi yetarli
darajada bo‘lishi kerak. Gidrofitlarning ildizi, odatda, kserofitlar
bilan mezofitlarnikiga qaraganda kaltaroq va kam shoxlangan bo‘lib,
uchida tuklar bo‘lmaydi. Nihoyat, gidrofitlarda saqlab turuvchi,
mexanik va suv o‘tkazuvchi to‘qimalarning atrofiyaga uchraganligi
ular uchun xosdir; mexanik to‘qimalarning kamligi o‘rnini alohida
organlarning suzish xususiyati to‘ldiradi. Gidrofitlar gruppasini, o‘z
navbatida, quyidagi gruppachalarga bo‘lish mumkin:
suv yuzasida suzib yuruvchilar,
ya’ni ikki muhit-suv va havo
bilan bog‘liq, lekin tuproqda aloqasi bo‘lmagan o‘simliklar (Lemna
minor, Splrodela, Salvinia va boshqalar);
suvga botib, lekin muallaq holda yashaydigan o‘simliklar
(Lemna trisulca, Sorgassum), ya’ni faqat suv muhiti bilan bog‘liq
bo‘lgan o‘simliklar, ular suvning yoritilgan va aeratsiya protsessi
yaxshi boradigan qatlamida yashaydi. Bunga ularning oqim bo‘ylab
tez tarqalishi imkon beradi.
suvga botgan holda, ildiz chiqaradigan,
ya’ni ikki muhit suv va
tuproq bilan bog‘liq bo‘lgan o‘simliklar. Bunga Elodea, Vallisner’ia,
Zostera, ba’zi bir Potamogetonlar kiradi.
suv yuzasida suzib yuradigan, ildiz chqaradigan
(3 ta muhit
bilan bog‘liq bo‘lgan) o‘simliklar. Bu gruppachaga Nymphaea,
Nyphar, Potamogeton, Sparganiumning ba’zi turlari va boshqalarni
misol qilib keltirish mumkin. Ular barglarining ho‘l bo‘lmasligi
o‘ziga xos xususiyatidir. Masalan, Nymphaea barglari mum gubor
bilan qoplanganligi uchun yuzasida suv tomchilari to‘kilib qolmay,
tushib
ketadi;
bu
esa
barg
og‘izchalari
(ustitsalari)
ning
ho‘llanishdan saqlanishida muhim ahamiyatga ega;
suv
yuzasiga
chiqib
turadigan,
ildiz
chiqaradiganlar
(«amfibiya» o‘simliklar), odatda suvning sayoz joylarida o‘sadi,
ularning poyasi bilan barglari suv yuzasidan ancha ko‘tarilib turadi
(Oryza sati'ya, Scirpus, Typha, Spartina, Taxodium va boshqalarda).
Bu gruppaning ba’zi o‘simliklari (masalan, o‘qbarglilar) uchun
geterofiliya, ya’ni suvda va ochiq joylashgan barglarining shakli bir-
biridan farq qilishi o‘ziga xos xususiyatdir. Ularning ko‘pchiligi
gigrofitlarga yaqin turadi.
Gidrofitlarning ba’zi ekologik-fiziologik xususiyatlarini ham ko‘rib
chiqamiz.
Yorug‘lik yaxshi tushadigan joyda o‘sadigan suv o‘simliklari
ancha yuqori fotosintez intensivligiga ega bo‘ladi (masalan,
elodeyada); bu esa ekosistema bo‘lgan suv havzasini kislorod bilan
ta’minlashda katta ahamiyatga ega. Transpiratsiya protsessi faqat suv
yuzasida suzib yuradigan va suvdan chiqib turadigan barglarda
kuzatiladi. Bunday barglardagi transpiratsiya intensivligi gigrofitlar
yoki mezofitlarda boradigan transpiratsiya intensivligiga yaqin
bo‘ladi. Suvga botib o‘sadigan va suv yuzasida suzib yuradigan
gidrofitlarda osmotik bosim juda past bo‘ladi; ular, odatda,
namlikning pasayishiga juda sezgir bo‘ladi va tezda so‘lib qoladi.
Ko‘pchilik gidrofitlar vegetativ yo‘l bilan juda tez ko‘payadi
(masalan, elodeya, ryaska), bu esa ularning juda tez tarqalishiga
imkon beradi. Elodeyaning juda ham tez tarqalib, o‘rnashib olishi
yaxshi ma’lum. Chunonchi, u Kanadadan G‘arbiy Yevropa orqali
juda qisqa muddat ichida Uralga tarqalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |