Ekologiyaning qisqacha rivojlanish tarixi



Download 1,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/63
Sana07.04.2022
Hajmi1,8 Mb.
#533850
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   63
Bog'liq
af28d4741e881e0c7667589aa2fd2e03 Ўсимликлар экологияси (1)

Sukkdlentlar
-barglarida yoki poyasida suv zapasi hosil 
qiladigan, parenximasi kuchli rivojlangan (agava, aloe, kaktus va 
boshqalar) ko‘p yillik sersuv, seret o‘simlik. Ildiz sukkulentlari ham 
bo‘lishi 
mumkin. 
(masalan, 
Ceiba 
parviflora). 
Floramizda 
sukkulentlar odatda, kam bo‘lib, ular asosan bargli sukkulentlardan 
iborat bo‘ladi. Bularga Sedum, Sempervivum, Cotyledon avlodining 
vakillarini kiritish mumkin. Lekin sukkulentlar Markaziy Amerika 
(kaktuslar) va qisman Janubiy Amerika (sutlama) cho‘llarining 
asosiy landshaft o‘simliklari hisoblanadi. Bu turlar yil davomida 
vaqt-vaqt bilan namgarchilik bo‘lib turadigan va qattiq qish 
bo‘lmaydigan oblastlar o‘simliklaridir. 
Bu 
xildagi 
o‘simliklarniig 
sukkulentligi 
parenxima 
hujayralarining o‘sishi bilan bir vaqtda vakuolasining kattalashishi 
va 
hujayralararo 
bo‘shliqlar 
o‘lchamining keskin ravishda 
kichrayishiga bog‘liq. Sukkulentlarning ko‘p miqdorda suv to‘plashi 


va uni saqlashi hamda tejab-tergab sarflashi farq qiladigan asosiy 
xossasidir. Mak Dugoll kolonnasimon ko‘rnishdagi kaktus-sereus 
(bo‘yi 10m) tarkibidagi suv zapasini hisoblab ko‘rganda 3 mnng 
litrni tashkil qilgan. Uning o‘ziga xos moddalar almashinuvi 
natijasida tanasida hujayra shirasining suv saqlash kuchini 
oshiradigan pentoza tipdagi uglevodlar ko‘plab hosil bo‘lishiga 
bog‘laydilar. 
Bulardan 
tashkari 
sukkulentlarda 
transpiratsiya 
intensivligi juda past bo‘ladi, chunki kunduzi, odatda, ustitsa 
(og‘izcha)lari berk holatida bo‘ladi, bu esa suv sarflashning cheklash 
imkonini beradi. 
Shuni ham ta’kidlash kerakki, sukkulentlar odatda, unchalik 
katta bo‘lmagan yuza joylashgan ildiz sistemasiga ega. Ular 
tuproqning yuza qatlamidagi namlikdan foydalangani uchun boshqa 
turdagi o‘simliklarning potensial konkurenti hisoblanadi. Cho‘l 
sukkulentlarida ildiz sistemasining so‘ruvchi qismi qurg‘oqchilik 
vaqtida, odatda, nobud bo‘ladi, natijada tuproqdan suv o‘zlashtirish 
xususiyatini yo‘qotib, o‘zidagi suv zapasi hisobiga yashaydi. 
Namgarchilik davri boshlanishi bilan o‘simlik tezda qaytadan 
so‘ruvchi ildizlar chikaradi. Shunga ko‘ra va o‘zida yuqori osmotnk 
bosimni rivojlantirish xususiyati yo‘qligidan sukkulentlar faqat vaqt-
vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘lib turadigan cho‘llarda yashaydi. 
Suvdan samarali foydalanish sukkulentlarga xos husiyatdir. Ular 
ko‘proq toshloq singari dag‘al tuproqlarda uchraydi. Qishi nisbatan 
sovuq va yog‘in-sochin kamroq bo‘ladigan, yog‘inning asosiy qismi 
kuzda va bahorda yog‘adigan janubiy cho‘llarimizda sukkulentlar, 
odatda, kam bo‘ladi. Mu’tadil o‘rmon zonasida esa sukkulentlar 
sekin o‘sishi va qish qattiq bo‘lishi tufayli ularning konkurentligi 
pasayib ketadi. Shunga ko‘ra, ular ko‘pincha o‘simlik qoplami siyrak 
bo‘lgan yoki umuman bo‘lmagan uchastkalarda o‘sadi. 
Sklerofitlar
sukkulentlarning to‘liq ma’nodagi qarama-qarshi 
gruppasidir. Tashqi qiyofasi bo‘yicha sklerofitlar quruqroq, ingichka 
va qattiq bo‘ladi. Hatto suv bilan to‘liq ta’minlanganda ham ular 
suvsiz (gidraturasi juda ham past) bo‘ladi. 
Sklerofitlar so‘lishga juda chidamliligi bilan farq qiladi, 
tarkibidagi suvning 25% gacha qismini hech qanday zararsiz 
yo‘qotishi mumkin. Boshqa turdagi o‘simliklar uchun halokatli 
bo‘lgan kuchli suvsizlikda ularning sitoplazmasi tirik saqlanib 
qoladi. Sklerofitlar hujayra shirasining osmotik bosimi yuqori 
bo‘lishi muhim xususiyatlaridan yana biridir. Bu esa ildizlarining 
so‘rish kuchini oshiradi, binobarin, ular ancha qypyq tuproqli 
yerlarda ham suv o‘zlashtira oladi. 
Sklerofitlarning uchinchi muhim xususiyati transpiratsiya 
intensivligining yuqori bo‘lishidir. Ilgari sklerofitlarning, ya’ni 


umuman kserofitlarning transpiratsiya intensivligi past bo‘ladi va 
ular suvni juda tejab-tergab sarflaydi, kseromorfozning barcha 
belgilari esa transpiratsiyani kamaytirishga va bekorga suv sarfining 
oldini olishga qaratilgan himoyalanishdan iborat deb qaraganlar. 
Kserofitlarning 
asosiy 
xossalaridan 
yana 
biri 
ularning 
qurg‘oqchilikka 
yuqori 
darajada 
chidamliligidir, 
bu 
xossasi 
sitoplazmasiniig xossasiga bog‘liq bo‘ladi. Kserofitlar ana shu 
xossasi 
tufayli 
kurg‘oqchilikka 
chidamli 
boshqa 
barcha 
o‘simliklardan ustun turadi va yog‘ingarchilikdan keyin ham 
namlikdan samarali foydalanish xususiyatiga ega bo‘ladi. Namlik 
tanqisligi 
sodir 
bo‘lganda 
esa 
kserofitlar 
qayta 
qyrilib, 
transpiratsiyasini kamaytiradi. Nam bilan yaxshi ta’minlanganda 
kserofitlar nam joyda o‘sadigan boshqa o‘simliklarga qaraganda ham 
ko‘proq suv bug‘latishi mumkin. Boshqacha aytganda, transpiratsiya 
intensivligi u yoki bu tur kserofitlarga mansub ekanligini 
ifodalaydigan kriteriy hisoblanmaydi. Kserofitlarda transpiratsiya 
intensivligi uncha yuqori emasligi to‘g‘risidagi ilgarigi taxminlar 
mantiqan shunga olib keladiki, ulardagi og‘izchalar ham mos 
ravishda mayda bo‘ladi. Lekin V.R.Zalenskiy, B.A.Keller va 
N.A.Maksimovlar tomonidan olib borilgan kuzatishlar natijasiga 
ko‘ra, kserofitlarda, gigrofitlarga qaraganda, maydon birligi hisobiga 
og‘izchalar soni ko‘p miqdorni tashkil etar ekan. Kserofitlarda 
o‘tkazuvchi sistemaning, ya’ni tomirlar bilan ksilemaning yaxshi 
rivojlanganligi ham transpiratsiyaning kuchayganligiga mos keladi. 
Umuman transpiratsiya intensivligi bilan ksilema bog‘lami maydoni 
yoki transpiratsiya bilan barg sathi birligiga to‘g‘ri keladigan 
tomirlar qalinligiga bevosita bog‘lik bo‘ladi. Bulardan tashqari,
kserofitlarning 
quruqlikka 
chidamli 
bo‘lgan 
boshqa 
moslashuvlari ham bor. Bu birinchi navbatda ularning mayda bargli 
(mikrofiliya) va bargsiz (afiliya) bo‘lishidir. Bargsiz o‘simliklarga 
saksovul (Haloxylon), efedra 
(Ephedra) 
lar 
misol 
bo‘ladi. 
Shuningdek, kserofitlarning ingichka barglari ko‘pincha uzunasiga 
qayrilgan bo‘ladi. Masalan, chalov (Stipa) da ana shunday.
Kserofitlar orasida yirik barglilari kam bo‘lib, ayni vaqtda ular 
qattiq va to‘q tusli bo‘ladi. Qattik bargli turlari xona o‘simliklaridan 
Ficus va Oieandra ni misol qilib keltirish mumkin. To‘k barglilariga 
esa Phlomis sp. misol bo‘ladi. Kserofitlarda to‘k tuslilik fakat 
barglariga emas, balki poyalariga ham xos xususiyatdir. 
Mikrofiliya va afiliya o‘simliklaridan tashqari, kserofitlarda 
sirtdan 
bug‘lanishning kamayishi yozgi xazonrezgilik tufayli 
sodir bo‘ladi. Shunga ko‘ra, ko‘pincha o‘simliklarning poyasi 
assimilyatsiya vazifasini bajaradi. Masalan, yantoqning shakli 
o‘zgargan novdalarini ifodalovchi tikanaklarida og‘izchalarning aso-


siy massasi joylashgan bo‘lib, bu tikanaklar bir vaqtda funksional 
barg vazifasini kam bajaradi. 
Kserofitlarning moslashish xususiyatlaridan yana biri ular 
tarkibida efir moylar ko‘pligidir. Ular atrof muhitga ajratiladi, 
natijada 
atrof 
muhitda 
bug‘lanishni 
kamaytiradigan 
ko‘zga 
ko‘rinmaydigan gilof hosil bo‘ladi. Kserofitlarning bu xildagi 
kuruqlik sharoitiga yashashga moslashgan belgilari har qachon ham 
bir xil ahamiyatga ega bo‘lmay, ko‘pincha u yoki bu belgi ustun 
chiqadi. Belgilarning bu xilda ustun kelishi faqat tashqi muhitga 
emas, balki turning sistematikada tutgan o‘rniga ham ma’lum 
darajada bog‘liq bo‘lishi bilan izohlash mumkin. Shuning uchun 
birinchi navbatda turlarning va areallarining yaqinligini hisobga 
olish kerak bo‘ladi. Agar tur gruppalarini yashash joyining harakteri 
ancha nam yoki aksincha qypyq iqlim bo‘yicha ko‘rib chiqadigan 
bo‘lsak, u vaqtda bargining morfologik xususiyatlari aniq namoyon 
bo‘ladi. Yaqin qarindosh bo‘lgan turlarni taqoslash ham juda ajoyib 
material bo‘lib xizmat qiladi. Yu.S.Grigorev (1955) zupturumning 
har xil turlarini o‘rganib, kserofillikning kamayishi bo‘yicha ayrim 
ma’lumotlarni keltiradi. 

Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish