TUPROQNING SUV SAQLASH XUSUSIYATI VA O‘SIMLIKLAR
UCHUN BU SUVNING FOYDALILIGI
Bir qancha faktorlarga bog‘liq xolda tuproq
tarkibida turli miqdorda
suv saqlaydi. Tuproqning barcha bo‘shliqlari suv bilan to‘lgandagi eng ko‘p
suv miqdori
tuproqning to‘liq nam
cig‘umi
deyiladi (Rode, 1965). Odatda,
tuproqning sizot suvlar sathidan pastda joylashgan gorizontlari to‘liq nam
sig‘imiga yaqin darajada nam bo‘ladi. Shuningdek,
tuproqning kapillyar
nam
cug‘umu
farq qilinadi, bunda suv tuproqning kapillyar bo‘shliqlarini
band qilgan bo‘ladi. Tuproqning kapillyar nam sig‘imi sizot suvlar sathidan
boshlab yuqoriga tomon kamayib boradi. Shunga ko‘ra, tuproqning kapillyar
nam sig‘mi o‘zgaruvchan va sizot suvlar sathidan
yuqorida joylashgan
qatlamning qalinligiga bog‘liq bo‘ladi.
Tuproq orqali barcha gravitatsion suv oqib chiqib ketgandan keyin
o‘zida namlikni ushlab qolish xususiyati uning eng muhim xossasi
hisoblanadi. Og‘irlik kuchiga qarama-qarshi o‘laroq, tuproqda ushlanib
qolgan namlik eng kichik dala nam cug‘umu
deb ataladi.
Uning miqdori
tuproqda mayda teshiklar va kapillyarlar mavjudligiga bog‘liq bo‘lib, 5%
dan (qumli tuproqlarda) 30% gacha (og‘ir tuproqlarda) o‘zgarib turadi. Suvni
ushlab qolishda tuproqdagi kapillyar va sorbsion kuchlar ishtirok etadi.
Tuproqning to‘liq nam sig‘im bilan eng kichik nam sig‘imi o‘rtasidagi farq
uning maksimal nam cug‘umunu
ifodalaydi.
Qishloq xo‘jalik o‘simliklarining rivojlanishi uchun (sug‘oriladigan
sharoitda) tuproqning optimal namligi dala nam sig‘imiga nisbatan 100-70%
orasida o‘zgarib turadi. Tuproqning haqiqiy namligi dala nam sig‘imiga
nisbatan 70-75% dan past bo‘lsa, o‘simliklar yaxshi rivojlanmaydi va
xosildorligi pasayib ketadi.
O‘simliklarning taqsimlanishida va o‘simlik qoplami strukturasida
tuproqning nam o‘tkazuvchanligi, ya’ni o‘zi orqali suv o‘tkazish xususiyati
ma’lum darajada ahamiyatga ega. Suv o‘tkazuvchanlik
tuproqning
g‘ovakligiga to‘g‘ri proporsional va tuproq zarrachalari yuzasiga teskari
proporsionaldir. Mexanik tarkibi jihatidan og‘ir tuproqlarning suv
o‘tkazuvchanligi (boshqa bir xil sharoitda) yengil tuproqlarnikiga qaraganda
past bo‘ladi.
Suv rejimiga nisbatan olganda, o‘simliklarning barqaror so‘lish
namligi
tuproqlarning
muhim
harakteristikasi
hisoblanadi.
So‘lish
koeffitsienti haqidagi tushuncha 1912 yilda L. Brigges va G.
Shans
tomonidan kiritilgan. Bu miqdor tuproqdagi o‘simliklar uchun foydasiz
bo‘lgan suv zapasini harakterlaydi. So‘lish koeffitsienti miqdori
tuprokqning mexanik tarkibiga, zichlignga, sho‘rlanish
darajasi va
boshqalarga bog‘liq bo‘ladi. Eng kichik so‘lish koeffitsienti qumlik,
undan keyin qumloq va tuproqlarni harakterlaydi va bu ko‘rsatkich
sog‘ tuproqlarda yuqoriligi kuzatiladi. Boshqacha qilib aytganda,
mexanik tarkibi og‘ir bo‘lgan tuproqlarda o‘simliklar uchun foydasiz
bo‘lgan suv eng ko‘p miqdorda bo‘ladi. Torfsimon materiallarga boy
bo‘lgan tuproqlarda so‘lish koeffitsienti ham eng yuqori bo‘ladi.
Briggs va Shanslar fikricha, so‘lish koeffitsienti o‘simliklar
turiga bog‘liq bo‘lmaydi, ya’ni har xil o‘simliklar
tuproqning bir xil
miqdordagi namligida so‘lib qolishi mumkin (Rode, 1965). Lekin
hozirgi vaqtda bir turga oid har xil o‘simliklar uchun so‘lish
koeffitsienti bir xilda bo‘lmay, o‘simliklarning har xil rivojlanish
fazalarida tuproq namligining kamayishiga chidamliligi ham har xil
bo‘lishini ko‘rsatmoqda. Bunda o‘simliklarning
fiziologik tabiati
ham
katta
ahamiyatga
ega:
tuproqda
nam
kam
bo‘lsa,
qurg‘oqchilikka chidamli o‘simliklar namsevarlarga qaraganda tez
so‘lib qoladi (Sleycher, 1970).
Do'stlaringiz bilan baham: