Ekologiyaning qisqacha rivojlanish tarixi


GIDRATURANING EKOLOGIK AHAMIYATI



Download 1,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/63
Sana07.04.2022
Hajmi1,8 Mb.
#533850
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   63
Bog'liq
af28d4741e881e0c7667589aa2fd2e03 Ўсимликлар экологияси (1)

GIDRATURANING EKOLOGIK AHAMIYATI 
 
O‘simliklar evolyutsiya davomida o‘zining yashash joyiga xos 
bo‘lgan suv bilan ta’minlanish sharoitiga moslashgan bo‘lishi kerak. 
Yashash joyida namlnk qancha kam bo‘lsa, o‘simliklarning suv 
tanqisligiga moslashuvi shuncha murakkab bo‘ladi. O‘simliklar o‘z 
tanasini tuzilishi uchun transpiratsiya tufayli o‘zidan chiqaradigan 
suvga qaraganda kam suv talab qiladi. Suvning asosiy roli 
sitoplazmani ma’lum gidratura holatida, suv bilan to‘la ta’minlangan 
holatda saqlab turishdan iborat. Gidratura haqidagi tushuncha 
birinchi marta 1931 yilda G. Valter tomonidan kiritilgan. Agar suv 
erkin holatda (masalan, suv bug‘lari bilan to‘yingan havodagi suv 
yoki distillangan suv) bo‘lsa, u vaqtda gidratura eng yuqori darajada 
(100% gacha) bo‘ladi. Havodagi suv bug‘lari kamayganda yoki 
hujayra eritmasidagi osmotik aktiv moddalar konsentratsiyasi 
ortganda gidratura pasayadi. Hujayra shirasining potensial osmotik 
bosimi hujayra ichidagi suvning holatini harakterlaydi. Hujayra 
sirtidagi gidratura esa hujayraning suv potensialiga aynan mos keladi 
(Larxer, 1978). 
Tuban o‘simliklarning suv bilan ta’minlanishi fiziologik va 
evolyutsion-morfologik planda ancha past pog‘onada turadi. Ular 
hujayralarining gidraturasi amalda tashqi muhit gidraturasidan farq 
qilmaydi va ana shu muhitning o‘zgaruvchan namligiga butunlay 
bog‘liq bo‘ladi. Bunday o‘simliklar «
poykilogidrik
» o‘simliklar deb 
ataladi. 
Yuksak o‘simliklar, ayniqsa, yopiq urug‘lilar evolyutsiya 
protsessida 
gidraturaning 
yuqori 
darajadagi 
ahamiyatidan 
foydalanish, o‘z hujayrasi sitoplazmasini muhitning quruq sharoitida 
suv bilan ta’minlash qobiliyatini orttirgan. Shuning uchun ular 


«g‘oliblar» 
deb hisoblanadi. Yuksak o‘simliklarda, ayniqsa gulli 
o‘simliklarda hujayra shirasining sitoplazma gidraturasi bilan tashqi 
muhit gidraturasining nisbatini aktiv tartibga solib turuvchi osmotik 
bosimi sitoplazma darajasi hisoblanadi. Shuning uchun ularni 
«gomoyogidrik»,
ya’ni 
mustaqil namlanuvnilar
deb atash qabul 
qilingan. Bunday o‘simliklar sitoplazmasining gidraturasi uning 
suvga to‘yinish darajasiga bog‘liq, ya’ni hujayra shirasi vokuolining 
gidraturasiga teng bo‘ladi.
Lekin shuni esdan chiqarmaslik kerakki atmosfera ma’lum 
darajada quruq bo‘lgan sharoitda o‘simliklar doim, birinchi 
navbatda, transpiratsiya protsessi tufayli suv yo‘qotib turadi, uning 
o‘rnini tuproqdan suv shimib to‘ldirib boradi. Ayniqsa fotosintez 
protsessi boradigan kunduzgi soatlarda suv ko‘p yo‘qotiladi. Shunga 
ko‘ra, bu protsesslar bir-biriga uzviy bog‘liq bo‘lib transpiratsiya 
protsessi to‘xtaganda, barglardagi og‘izchalar bekilib qolib, 
fotosintez protsessi ham o‘z-o‘zidan to‘xtaydi. O‘simliklarning qiyin 
sharoitdagi suv tanqisligiga moslashuvi gidratura xolati ma’lum 
darajada saqlab turilgandagina, buning ustiga o‘simliklar nafas olish 
vaqtida sarflanganidan ko‘proq moddalar ishlab chiqargandagina 
foydali bo‘lishi mumkin. Demak, gidratura chegarasi hujayra shirasi 
osmotik bosimining 
optimal
(muayyan tur uchun tipik bo‘lgan) va 
maksimal
darajasi bilan belgilanadi bu esa so‘rish kuchining tegishli 
qiymatlarini ifodalaydi. Hujayra shirasi osmotik bosimining (so‘rish 
kuchining) maksimal va optimal darajalari orasidagi amplituda 
qancha katta va keng bo‘lsa, o‘simliklarning muhit sharoitiga 
moslashish imkoniyati shuncha yuqori bo‘ladi. 
Lekin osmotik bosimning barqarorligi, ya’ni o‘simliklarning 
mazkur yashash joyi sharoitida o‘z gidraturasini ma’lum darajada 
uzoq vaqt saqlab turish xususiyati ham katta ahamiyatga ega. Bu esa 
bir necha yo‘l bilan amalga oshadi. Chunonchi, tuproqning chuqur 
namli qavatiga yetadigan darajada ildiz sistemasi hosil qilishi yoki 
transpiratsiya protsessidagi suv sarfini kamaytirish yoki bo‘lmasa 
kaktus va umuman sukkulentlardagi kabi, o‘simliklar to‘qimasida 
suv zapasi hosil bo‘lishi va boshqalar. Shunga ko‘ra, osmotik 
bosimning optimal va maksimal darajalari o‘rtasidagi amplituda 
kichik va diapazoni tor bo‘lgan o‘simlik turlari 
stenogidriklar
deb 
ataladi. Agar mazkur turning optimal va maksimal osmotik bosimi 
orasidagi diapazon keng bo‘lsa, u holda bu tur o‘simlik 
evrigidrik 
o‘simlik 
deb ataladi. Osmotik bosimini (so‘ruvchi kuchini) ma’lum 
darajada saqlab turish uchun katta imkoniyatga ega bo‘lgan, 
boshqacha aytganda, birmuncha doimiy osmotik bosimli o‘simliklar 
gidrostabil (izogidrik) o‘simliklar
deb, osmotik bosimni ma’lum 
darajada saqlab turish uchun kam imkoniyatga ega bo‘lgan, ya’ni 


o‘zgaruvchan osmotik bosimli o‘simliklar 
gidrolabil (anizogidrik) 
o‘simliklar
deb ataladi. Gidrolabil turlar, odatda, bir vaqtda ham 
evrigidrpklardir. Keltirilgan «suv balansi sistemasi» Щtoker 
tomonidan ashщlangan (1956). 
Shunday qilib, osmotik bosim diapazoni keng va gidraturaning 
o‘zgaruvchanligiga yaxshi moslasha oladigan evrigidrik gidrolabil 
turlar qurg‘oqchilikka eng chidamli bo‘ladi. Osmotik bosim 
diapazoni tor bo‘lgan stenogidrik turlar ham qurg‘oqchilikka 
chidamli bo‘lishi mumkin, lekin bunda ular gidrostabil ham bo‘lishi 
kerak (bularga ko‘pchilik sukkulentlar kiradp). Ko‘pchilik daraxtlar, 
boshoqli o‘simliklar, shuningdek, soyada o‘sadigan o‘simliklar 
gidrolabildir. 
Biz 
poykilogidrik 
o‘simliklar (asosan tuban 
o‘simliklar) haqida to‘xtalmaymiz, chunki ularning suv rejimi tashqi 
muhit sharoitiga deyarli bog‘liq bo‘lmaydi va gidraturasi ham 
mahalliy 
joyning 
gidraturasidan 
kam 
farq 
qiladi. 
Poykilogidriklarning 
ba’zan 
gomoyogidriklarga 
o‘tishi 
paporotniksimonlarda kuzatiladi. Ularning yosh jinsiy bo‘g‘inlari, 
odatda, poykilogidrik gruppaga kiradi, ular tashqi muhitning 
namligiga unchalik bog‘liq bo‘lmaydi, voyaga yetgan o‘simliklar 
(sporofitlar) esa suvni ildizi orkali o‘zlashtiradi, ya’ni ular 
gomoyogidrik o‘simliklar qatoriga kiradi. Gulli o‘simliklarning 
deyarli hammasi tipik gomoyogidrik hisoblanadi. 

Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish