Gravitatsion suv
pastga yoki yon tomonga siljiydi, shuningdek,
sizot suvlargacha yetib borib, ular sathining ko‘tarilishiga sabab
bo‘ladi.
Sizot (grunt) suvlar
tuproqning barcha bo‘shliqlari erkin suv bilan
to‘lishidan yoki chuqur yer osti suvlari bosim kuchi ta’sirida
ko‘tarilishidan hosil bo‘ladi. Sizot suvlar sathi, odatda, tuproq yuzasi
relefini takrorlaydi. Sizot suvlar sathi yuqori bo‘lganda yoki ular
kapillyarlar orqali yuqoriga ko‘tarilganda anaerob protsesslar
rivojlanadi, arid iqlim sharoitida esa sizot suvlar ko‘p bug‘lanishi
natijasida ko‘p miqdorda tuzlar to‘planadi. Qumli yerlarda va
toshloqlarda sizot suvlar eng harakatchan bo‘ladi. Birmuncha pastlik
yerlarda sizot suvlar sathi yer yuzasiga yaqin (1-1,5 m) joylashgan
bo‘ladi va kapillyarlar orqali o‘simliklarni suv bilan ta’miilab turadi.
Suv ayirgichlarda sizot suvlar chuqur (10-15 m gacha) joylashgan
bo‘ladi va o‘simliklar uchun deyarli ahamiyatga ega bo‘lmaydi.
Lekin ildiz sistemasi juda chuqur kirib o‘sadigan ba’zi daraxtlar 20-30 m
gacha chuqurlikdaga sizot suvlardan foydalana oladi. Ko‘pchilik daraxt va
butalar uchun 10-12 m chuqurlikda joylashgan sizot suvlarning hech qanday
foydasi yo‘q. Ayrim madaniy o‘simliklar (lavlagi, g‘o‘za, beda) 2-3 m
chuqurlikda joylashgan sizot suvlardan foydalana oladi.
Sizot suvlarning minerallashish darajasi kata ahamiyatga ega.
Chunonchi, uning tarkibidagi tuzlar konsentratsiyasi qancha yuqori bo‘lsa,
bunday suv o‘simliklar uchun kam foydali bo‘ladi. Shunga ko‘ra, 0,5-3,0 g/l
optimal konsentratsiya hisoblanadi; yuqori konsentratsiya (12-15 g/l)
o‘simliklarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, 30-50 g/l konsentratsiyali sizot
suvlardan esa faqat galofitlar foydalana oladi. Shunday qilib, sizot suvlar
qancha chuchuk va sathi qancha yuqori bo‘lsa, o‘simliklarning suv bilan
ta’minlanishida shuncha foydali bo‘ladi. Zich o‘simlik qoplami orqali
transpiratsiya protsessida ko‘plab suv sarflanishi oqibatida sizot suvlar sathi
pasayib ketishi mumkin. Bu, odatda, tuproqning botqoqlanish protsessi
susayishiga, arid zonada (masalan, daraxtlar kanallar bo‘yicha o‘stiriladigan
joylarda) esa tuproqning sho‘rlanishiga olib keladi. Kuzda, ya’ni
transpiratsiya protsessi ancha kamaygan vaqtda sho‘rlanish kuchayadi.
Yer yuzasidagi erkin suv oqimi yerga singish tezligidan yuqori
bo‘lgan vaqtda yerning nishabi bo‘yicha oqa boshlaydi. Muz holatidagi erkin
suv o‘simliklar uchun foydasiz hisoblanadi. Lekin qish davrida muz
holatidagi erkin suv va ayniqsa «doimiy muzliklar» hosil bo‘lishi tuproqning
suv rejimida va o‘simlik qoplami harakterida sezilarli iz qoldiradi.
Mamlakatimiz Yevropa qismining shimoli-sharqidagi juda katta territoriya
va Osiyo qismining shimoli doimiy muzliklar ta’sirida bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: