Ekologiyaning qisqacha rivojlanish tarixi



Download 1,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/63
Sana07.04.2022
Hajmi1,8 Mb.
#533850
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   63
Bog'liq
af28d4741e881e0c7667589aa2fd2e03 Ўсимликлар экологияси (1)

Past temperaturaga va
sovutssa chidamlilik. 
Temperatura 
ma’lum minimum darajadan pastga tushganda o‘simliklar tinim holatiga 
kiradi. Lekin temperatura bundan pasayib ketsa, sitoplazmada qaytmas 
o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. 
Sovuqda chidamlilik deganda, o‘simliklarning uzoq muddat davomida 
past, lekin musbat (+1 dan -10°gacha) temperaturaga chidash xususiyati, 
qatiq sovuqda chidamlilik deganda, manfiy (-) temperaturaga chidash 
xususiyati tushuniladi. Sovuqda chidamlilik mo‘’tadil iqlim mintaqasining 
o‘simliklari uchun xos xususiyatdir. Tropik va subtropik o‘simliklar past 
temperaturaga moyil bo‘lmaganligi sababli 0° dan bir oz yuqori bo‘lgan 


temperaturada ham zararlanadi yoki nobud bo‘ladi. Eng past temperaturaga 
har xil o‘simliklar turlicha chidaydi. Tropiklardan kelib chiqqan ayrim 
o‘simlik turlari (g‘o‘za, sholi, sudano‘t) yoki xona o‘simliklari (gloksiniya, 
tradeskansiya va boshqalar) 0° ga yaqin bo‘lgan temperaturada ham 
zararlanishi mumkin. Boshqa tur o‘simliklar esa tuqimalarida muz hosil 
bo‘lmaguncha zararlanmaydi. Nihoyat, sovuq iqlimli rayonlarda o‘sadigan 
ayrim tur o‘simliklar to‘qimasi tuliq muzlab qolganda va atrof-muhit 
temperaturasi -62° gacha va undan ko‘p pasayganda ham hayot faoliyati 
saqlab qoladi (masalan, tilog‘och). Lekin ayrim o‘simliklar (ayniqsa tuban 
o‘simliklar) va urug‘lar ba’zan absolyut nolga yaqin temperaturada 
(“270° da) ham zararlanmaydi. O‘simliklar sovuqdan zararlanganda 
barglarining turgor holati yo‘qoladi va xlorofili parchalanib ketishi 
tufayli rangi o‘zgaradi. O‘simliklarning past temperatura ta’sirida 
nobud bo‘lishi moddalar almashinuvining buzilishiga bog‘liq, ya’ni 
bunda parchalanish protsessi sintez protsessidan ustunlik qila 
boshlaydi, zaharli moddalar to‘planadi va sitoplazmaning strukturoy 
buziladi.
O‘simliklarning sovuvda chidamliligi tashqi muhit sharoitiga 
bog‘liq bo‘ladi. Masalan, yerga kaliyli o‘g‘itlar solinsa, havoning 
namligi ortsa, yorug‘lik bilan ta’minlanish yaxshilansa, o‘simliklar 
past temperaturada chiniqtirilsa yoki sovuq bilan issiq almashinib 
tursa, sovuvda chidamlilik kuchayishi aniqlangan. O‘simliklarning 
sovuqqa chidamliligi ontogenezning turli bosqichlarida har xil 
bo‘ladi; bundan tashqari, bir to‘p o‘simlikning turli organlari bir 
vaqtning o‘zida sovuvda chidamliligi bo‘yicha farq qiladi. Masalan, 
murtak haltachasi tuguncha zararlanmasdan oldinok nobud bo‘ladi. 
O‘simlik gulining ginetseyi sovuqdan juda ta’sirchan bo‘ladi, gullari 
meva va barglariga qaraganda, barglari va ildizi poyasiga qaraganda 
sovuqdan ta’sirchan bo‘ladi. O‘sish konusining meristemasi ayniqsa 
ta’sirchan bo‘ladi, shuning uchun kurtaklarni muxofaza kiluvchi 
organlar ayniqsa katta ahamiyatga ega. 
Lekin chiniqqan daraxtlar poyasiniig kambiysi sovuqqa juda 
chidamli bo‘lib, ko‘pincha u zararlanmay saqlanib qoladi. Yog‘ochligi 
nobud bo‘ladi va «sovuq halqa» hosil qiladi. Ayniqsa qishda 
temperatura to‘satdan keskin pasayib ketishi juda xavfli bo‘ladi. 
O‘simliklarning sovuqda chidamliligini oshirish chiniqtirish 
protsessi bilan chambarchas bog‘liqdir, ya’ni o‘simliklar asta-sekin 
past temperatura ta’siriga o‘rgatib boriladi. O‘simlikning turli 
organlari sovuqqa har xil darajada chidamli bo‘ladi. Masalan, mevali 
daraxtlarning ildizi -10 dan -14° gacha bo‘lgan sovuqda nobud 
bo‘lgani holda, yer ustki qismi -40° gacha va undan ham past 
temperaturaga chidaydi. Bargini to‘kuvchi daraxtlarning barglari 
chiniqish xususiyatiga ega emas. Gul kurtaklar barg kurtaklarga 


qaraganda yomon chiniqadi; yog‘ochlashmagan bachki novdalar 
boshqalariga, ya’ni to‘liq shakllangan shoxlarga qaraganda kuchsiz 
chiniqadi. 
Shuni «qayd qilish kerakki, muayyan bir turning sovuqqa 
chidamliligi yil davomida kuchli darajada o‘zgarib turadi: 
chunonchi, yozda minimal darajaga tushib qoladi (temperatura 
o‘simlik qishda chiday olgan darajadan ancha yuqori bo‘lsa, u nobud 
bo‘lishi mumkin), ko‘zga borib ortadi, qishning oxirida va bahor 
boshlarida yana pasayadi. Bunday mavsumiy moslashish tropiklardan 
tashqari joydagi deyarli barcha o‘simlik turlari uchun xosdir. 
Sovuvda chidamlilikning bu xilda o‘zgarib turishi tashqi muhit 
temperaturasiga bog‘liq bo‘ladi. Umuman, chiniqish protsessi 
sitoplazmaning past temperatura ta’sirida zararlanishi oldini olish 
choralarini 
belgilovchi 
vaqtincha 
moslashishidir. 
Chiniqish 
temperaturasi 
qancha 
past 
bo‘lsa, 
o‘simliklarning sovuqda 
chidamliligi 
shuncha 
yuqori 
bo‘ladi. 
Chiniqish 
davrida 
sitoplazmaning qovushoqligi va tarkibidagi erkin suv miqdori 
kamayadi, protein va shakar miqdori ortadi. Bu o‘zgarishlarning 
hammasi to‘qimalarning muzlash nuqtasini pasaytiradi. Hujayra 
shirasining osmotik bosimi ortishi bilan ham past temperaturaga 
chidamlilik kuchayadi. Shunisi qiziqki, o‘simliklarning sovuqqa 
chidamliligini oshiradigan faktorlarning ko‘pchiligi ta’sirida, bir 
vaqtda, ular qurg‘oqchilikka ham chidamli bo‘ladi. 
O‘simliklarning sovuqda chidamliligida qor qoplami ham katta 
ahamiyatga ega. Chunki qop qoplami ostida va uning qatlamlarida 
temperatura uncha ko‘p o‘zgarmaydi. Qor qoplami tuproqdan 
issiqlikning yuqoriga ko‘tarilishiga to‘sqinlik qiladi, lekin qorning 
usti va unga yaqin yupqa havo katlami juda sovuq bo‘ladi. Shuning 
uchun tundrada va Arktikada o‘simliklarning qor qoplami ostidan 
yorib chiqqan qismi tezda nobud bo‘ladi. Hisoblarga qaraganda, qor 
qoplamining qalinligi 65 sm va havoning temperaturasi -33° gacha 
bo‘lganda, qop qoplami ostidagi temperatura noldan bir oz pastga 
tushadi, o‘simliklar ildizi esa «iliq zonada» tinim xolatida bo‘ladi. 
Issiqqa chidamlilik. Ko‘pchilik o‘simliklar yuqori temperatura 
ular uchun tipik bo‘lgan iqlim sharoitida o‘sadi. Ana shunday muhit 
sharoitida o‘sishga moslashganligi uchun yuqori temperaturada 
zararlanmaydi. Tajribalardan ma’lum bo‘lishicha, yorug‘, quruq va 
issiq joylarda o‘sadigan o‘simliklar salqin joyda o‘sadigan 
o‘simliklarga qaraganda issiqqa ancha chidamli bo‘ladi. Mo‘tadil 
iqlim sharoitida, odatda, seret va sersuv mevalar (uzum, olma va 
boshqalar) yuqori temperatura ta’sirida zararlanadi, bir qator hol-
larda ularni oftob o‘radi. Mo‘’tadil zonada o‘sadigan daraxtlarning 
ba’zan urug‘ ko‘chatlari zararlanadi, ba’zan po‘stlog‘ini oftob urishi 


ham kuzatiladi (ayniqsa bahorda). Issiqdan zararlanishni cho‘llarda 
ham kuzatish mumkin. Lekin bu xodisa mazkur yerlarda har xil 
o‘simliklarda turlicha namoyon bo‘ladi. Yuqori temperatura ta’sirida 
o‘simliklar qurib qoladi va assimilyatsiya balansi izdan chiqadi, 
ya’ni u nafas olishni jadallashtiradi va fotosintezni susaytiradi. 
Bundan tashqari, yuqori temperatura ta’sirida hujayralar zararlanishi 
va xatto sitoplazma nobud bo‘lishi mumkin. 
Temperatura maksimal darajadan yuqoriga ko‘tarilgan hollarda 
o‘simliklar o‘sishdan to‘xtab, tinim holatiga o‘tadi (masalan, 
jazirama cho‘llarda), yana ham ko‘tarilaversa, ular butunlay nobud 
bo‘ladi. Shuni qayd qilish kerakki, o‘simliklarni nobud qiladigan 
darajadagi 
yuqori 
temperatura 
o‘sish 
nuqtasining 
optimal 
temperaturasidan hamma vaqt yuqori bo‘ladi. Mu’tadil zonada 
o‘sadigan o‘simliklarning organlari, odatda, havo temperaturasi 40° 
bilan 55° oralig‘ida bo‘lgandagi issiqlikdan zararlanadi. Lekin barg 
to‘qimalarining termal nobud bo‘lishi bu iqlim zonasidagi real 
xodisalar, chunki kandaydir sabablarga ko‘ra transpiratsiya pasayib 
ketsa, barglar ancha tezda qizib ketadi. Ko‘pincha yong‘in chiqqan 
vaqtda, ayniksa kishilar tomonidan ongli ravishda o‘t qo‘yilgan 
savannalarda o‘simliklar issiqdan kuyadi. 
O‘simliklarning issiqqa chidamliligi ko‘p jihatdan uzoq davom 
etadigan yuqori temperatura ta’siriga bog‘liq bo‘ladi. Bu xildagi 
temperaturaning qisqa muddatli ta’siri xuddi uzoq davom etadigan 
nisbatan past temperaturaniki singaridir. Issiqqa chidamlilikning 
namoyon bo‘lishiga ko‘ra, o‘simliklar uch gruppaga bo‘linadi: 1) 

Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish