Ekologiyaning qisqacha rivojlanish tarixi


O‘SIMLIKLAR TEMPERATURASINING ATROF-MUHIT



Download 1,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/63
Sana07.04.2022
Hajmi1,8 Mb.
#533850
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   63
Bog'liq
af28d4741e881e0c7667589aa2fd2e03 Ўсимликлар экологияси (1)

O‘SIMLIKLAR TEMPERATURASINING ATROF-MUHIT 
TEMPERATURASIGA BOG‘LIQLIGI 
O‘simlikning temperaturasi bilan atrof-muhit temperaturasi 
qanday va qaysi darajada mos keladi yoki bog‘liq bo‘ladi, degan 
savolga javob berishda o‘simlik tomonidan ajratiladigan issiklik 
miqdorini nazarda tutmaslik kerak, chunki u juda kam miqdorni tash-
kil etadi. Ildizning temperaturasi tuproqning temperaturasiga juda 
yaqin bo‘ladi, chunki ildiz tuproq bilan bevosita bog‘lik holda 
joylashgan bo‘ladi. O‘simliklarning yer ustki organlari masalasi juda 
murakkabdir. 
Hamma vaqt, kechasi yoki kunduzi, qishda yoki yozda 
o‘simlikning butun hayoti davomida, xususan, uning yer ustki 
organlari 
issiqlik 
radiatsiyasi 
ta’sirida 
bo‘ladi. 
Odatdagi 
temperaturada o‘simlik barglari ko‘p
miqdordagi uzun to‘lqinli
 
radiatsiyani o‘zlashtiradi va tarqatadi. Barglarga
 
radiatsiya bevosita 
yoki boshqa narsalardan aks etib
 
tarqoq holda tushishi mumkin. Barg 


o‘ziga tushayotgan energiya oqimining bir qismini o‘zlashtiradi va 
isiydi. Ular o‘zlashtirgan energiyaning juda oz qismi fotosintez 
uchun, ko‘p qismi transpiratsiyaga
 
sarflanadi. 8-20% yashili va 45% 
gacha infraqizil nurlar qaytariladi. Nixoyat, insolyatsiyaning ma’lum
 
qismi (yana asosan yashil va
 
infraqizil nurlar) barglar orkali
 
o‘tadi.
Shunday qilib, atrof-muhitdan tushayotgan energiya oqimi 
barglarga, shuningdek, butun o‘simlikka ta’sir ko‘rsatadi va unda 
boradigan fiziologik protsesslar normal o‘tishi uchun sarflanadi. 
Modomiki, barg tushayotgan va qaytayotgan energiyani o‘zlashtirar 
ekan, ko‘p narsa o‘simlikka yaqin yuzadagi albedoga bog‘liq bo‘ladi. 
Masalan, quruq qum uyumlari tushayotgan energiyaning 30-60% 
gacha qismini qaytaradi, shuning uchun bunday qum uyumlari ustida 
o‘sayotgan o‘simliklar bargi quyoshdan tushayotgan energiyani 20% 
ko‘p o‘zlashtiradi. Bu protsesslar natijasida, odatda, kunduz kunlari 
barglar temperaturasi kutarilib ketishi kuzatiladi. Buni ayniqsa 
insolyatsiya kuchli, transpiratsiya sust bo‘lganda va issiqlik 
almashinuvini kamaytiruvchi shamol bo‘lmaganda yaqqol ko‘rish 
mumkin. 
Barglar 
temperaturasi 
ko‘p 
jihatdan 
qalinligiga 
va 
konsistensiyasiga 
bog‘liq. 
Bu 
temperatura 
bevosita 
tushgan 
nurlardan oshadi va havo temperaturasidan ham ustun bo‘lishi 
mumkin; tarqoq; tushgan yorug‘likda barglar temperaturasi, odatda, 
havo temperaturasiga qaraganda past bo‘ladi. Issiklik sig‘imi uncha 
katta bo‘lmagan yupqa nozik barglar qalin barglarga qaraganda 
insolyatsiyaning o‘zgarishiga nisbatan ta’sirchan bo‘ladi, chunki 
qalin barglarning sathi uncha katta bo‘lmaganligi uchun issiqlik 
almashinish intensivligi past va transpiratsiya sust bo‘ladi. 
V.I. Voznesenskiy va R.M. Reynus (1977) Janubi- G‘arbiy 
Qoraqumda 
o‘sadigan 
o‘simliklar 
assimilyatsiya 
qiluvchi 
organlarining temperaturasi kun davomida sezilarli darajada o‘zgarib 
turishini ko‘rsatdilar. Chunonchi, bahorda va yozda 8-14 dan 35-39° 
gacha o‘zgarib turadi; kuzda esa 4-30° atrofida bo‘ladi. Yozning eng 
issiq paytlarida o‘simlikning assimilyatsiya qiluvchi organlari 
temperaturasi 40-43° ga yetadi. O‘rta Osiyo cho‘llarida tarqalgan, 
issiq vaqtda barglarini to‘kib yuboradigan buta va chala butalarning, 
shuningdek, bargli ko‘p yillik o‘t o‘simliklarning assimilyatsiya 
qiluvchi organlari temperaturasi hamma vaqt havo temperaturasiga 
qaraganda past bo‘ladi. Masalan, rovochda maksimal darajadagi farq 
(8,1°) kuzatilgan. 

Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish