O‘SIMLIKLAR EKOLOGIYASI VA ATROF-MUHITNI
MUHOFAZA QILISH.
Keyingi yillarda kishilarning atrof-muxitga ta’siri haqida juda
ko‘plab ishlar nashr etilmoqda. Ayniqsa, kishilar bilan tabiat
o‘rtasidagi
munosabatlar,
ekologik
muvozanatning
kishilar
tomonidan buzilayotganligi va hatto yaqin kelajakda ekologiyada
juda katta falokat ro‘y berishi extimoli to‘g‘risida juda ko‘plab
maqolalar yozilmoqda. G‘arbning ko‘pgina olimlari fikriga ko‘ra,
ekologik krizis bu yer yuzida borgan sari aholi ko‘payib borishi
oqibati va texnika revolyutsiyasi asrida aholi sanoat faoliyatining
kuchayishi oqibatidir. Haqiqatda shundaymi? Chindan ham yer
yuzida aholi soni haddan tashqari jadal sur’atlar bilan o‘sib bor
bormoqda. «Narodonaselenie mira» kitobi ma’lumotlariga ko‘ra
(1970),
1990 yilga borib Yer yuzida aholi soni 5,5 mlrd ga, 2000
yilga borganda 6,5 mlrd ga yetishi kutilmoqda. Lekin aholi sonining
o‘sishi eng murakkab problemalardan bo‘lib qolmoqda. Shunga
ko‘ra, Osiyoning aholi eng zich joylashgan rayonlarida tug‘ishni
cheklash masalasi bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar qurilmoqda.
Lekin hozirgi vaqtda yer yuzida yashovchi aholining hammasining
ehtiyojini to‘la qondirish uchun barcha imkoniyatlar mavjud.
Kishilik jamiyati aholi soni o‘sib kelgan butui tarixiy davr
mobaynida oziq-ovqat maxsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirgan
va aholining boshqa mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojini so‘zsiz
qondirib kelgan. Akademik Ye.Fyodorovning aytishiga qaraganda,
agar planetamizdagi barcha ekin maydonlarida yukori darajada
rivojlangan
kapitalistik
mamlakatlarda
joriy
etilgan
ilg‘or
agrotexnika tadbirlari qo‘llansa, yer sharida yashayotgan jami
aholini zarur oziq-ovqat maxsulotlari bilan yetarli miqdorda
ta’minlash imkoniyati vujudga kelgan bulur edi. Lekin aholini oziq-
ovqat va boshqa mahsulotlar bilan maksimal darajada ta’minlashga
kapitalistik mamlakatlarda kishilarning o‘zaro sotsial munosabati
qarshilik ko‘rsatadi. Tabiiy resurslardan ratsioial foydalanishning
faqat tabiiy tomoni bo‘libgina qolmay, uning sotsial tomoni ham bor.
Chunki
ilmiy-texnika
revolyutsiyasi
davrida
juda
katta
muvaffatsiyatlarga erishilishining bevosita va uzoq vaqt davom
etadigan salbiy tomonlari ham bor. Texnika sohasida erishilgan
yutuqlar tutashgan texnologik protsesslarga yetib boradigan yirik
takomillashgan inshootlarni bunyod etish imkonini beradi, bu o‘z
navbatida atrof-muhitning ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaydi, lekin
buning uchun milliardlarga teng keladigan mablag‘ sarflashga tug‘ri
keladn. Kapitalistik mamlakatlar qurol-yarog‘ ishlab chiqarishga va
armiyani saqlashga katta-katta mablag‘ sarflaganlari holda, atrof-
muhitni muhofaza qilish uchun ma’lum darajada mablag‘ sarflashdan
bosh tortadilar. Shu bilan birga kishilarning sanoat-xo‘jalik faoliyati
qalami ham juda keng. Eng yirik kapitalistik mamlakatlardan
hisoblangan Amerika Qo‘shma Shtatlarida bu xol: 1) tabiiy
resurslarning oxir natijada tugab kolishiga; 2) tabiiy landshaftning
izdan chiqishiga, ya’ni yuqolib borayotgan tabiiy resurslarni sun’iy
yo‘l bilan qayta tiklash baxonasida uning kishilarning xo‘jalik
faoliyati uchun foydasi kam bo‘lgan tabiiy muhit ishdan chiqishiga;
3) atrof muhit ishlab chiqarish chiqindilari, muhitning buzilayotgan
mahsulotlari, chang hamda zaharli gazsimon moddalar bilan
ifloslanishiga sabab bo‘lmoqda. Hisoblarga qaraganda, Amerika
Qo‘shma Shtatlarining o‘zida har xil yonilg‘i yonganda, axlat, turli
korxonalar chiqindilarni yoqib yuborishidan, o‘rmonlarda ro‘y
beradigan yong‘indan va boshqa manbalardai har yili atmosferaga
4,5-5 mld t ga yaqin gaz ajralib chiqadi, shulardan 200 mln t dan
ko‘prog‘ini zaharli gazlar tashkil qiladi. Ayniqsa AQShning sanoat
markazlaridagi zavoda zaharli gazlar konsentratsiyasi normadagidan
ancha
yuqori
bo‘lmoqda.
Sog‘liqni
saqlash
ministrligi
ma’lumotlariga ko‘ra, havodagi zaharli gazlar konsentratsiyasining
ortib ketishi ko‘plab o‘pka kasalliklari (ayniqsa o‘pka raki) ning
yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda.
Amerika Ko‘shma Shtatlarida suv manbalari ham xuddi
atmosfera kabi kuchli darajada ifloslangan. Faqatgina sanoat
korxonalaridan oqib chiqib suv havzalariga tushadigan tozalanmagan
suv miqdori yiliga 50 km
3
ni tashkil etadi (G.M.Ignatev, 1971,
1974). Lekin AQSh xukumati atrof-muhitni muhofaza qilish
to‘g‘risida bir qator choralarni ko‘rmoqda, ammo belgilangan
qonunga ko‘p korxonalar amal qilmaydi yoki chala amal qiladi.
Ishlab chiqarishni kapitalistik usulda plansiz yuritish o‘simliklar va
hayvonot olamiga va Yer yuzasining tabiiy landshaftiga katta zarar
yetkazmoqda.
Atrof-muhitni muhofaza qilishga amal kilinma- yotganligi
to‘g‘risida qator misollar keltirish mumkin. Shulardan ayrimlarini
keltirib
o‘tamiz. Masalan, tuproq eroziyasi va tuproqning
sho‘rlanishi sug‘orishni to‘g‘ri amalga oshirmaslik oqibatidir.
Buning natijasida juda katta ekin maydonlarining unumdorligi
pasayib, yerlar qishloq xo‘jalik oborotidan chiqib qoladi, dasht-
biyobonga aylanadi. Shuningdek, o‘rmonlarni plansiz ravishda turli
maqsadlar uchun kesib yuborish ham shunga o‘xshash ko‘ngilsiz
oqibatlarga olib keladi. Masalan, Afrika mamlakatlarida ham tabiiy
o‘rmonlar maydoni surunkasiga kamayib ketdi. Chunonchi,
Tanzaniyada juda katta maydonni egallagan o‘rmonlar kofe
plantatsiyasi barpo etish maqsadida yo‘q qilib yuborildi. Buning
oqibatida Kilimanjaro tog‘lari yonbag‘ridagi o‘rmonlar ishdan
chiqib, tuproqning yuvilib ketishiga sabab bo‘ldi. Bundan 300 yil
ilgari AQShning shimoliy rayonlari yoppasi o‘rmonlar bilan
qoplangan bo‘lib, maydoni 2 mln km
2
ni tashkil qilardi. Keyingi
yillarda ana shu territoriyaga ko‘chib o‘tgan aholi mavjud
o‘rmonlarni butunlay yo‘q qildi. Bundan tashqari, o‘rmonlar
oralig‘idagi tekisliklar ham yaylovlarga aylanib qoldi. Tabiiy o‘tlar
chorva mollariga pala-partish o‘tlatilishi va yerlar yoppasiga haydab
yuborilishi, suv va shamol eroziyasi tufayli tuproq ishdan chiqib
qolishiga sabab bo‘lmoqda. Keyingi o‘n yillikda Amerika qit’asidagi
yirik o‘rmon massivlaridagi daraxtlar ko‘plab kesib yuborildi. Bu
ayniqsa Amazonka havzasida ko‘proq ro‘y berdi. Yer yuzasining
boshqa joylarida ham shunday xodisalar ro‘y bermoqda.
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Rossiyada kapitalizm avj
olib rivojlangan davrda juda katta territoriyani ishg‘ol qilgan
o‘rmonlar, ayniqsa mamlakatning janubiy va janubi-sharqiy
rayonlarida joylashgan ko‘plab o‘rmonlar kesib yo‘qotildi. Buning
natijasida suv havzalari yo‘kolib, tuproq va havoning qurishi
kuchaydi. Buni quyidagi ma’lumotlardan ku- rish mumkin.
A.N.Minx (1900) Volgogradning shimolida shahardan 30 km
masofada joylashgan Pichuga qishlog‘iga aholi kuchib kela
boshlaganligi haqidagi V.Shitov ma’lumotlarini keltiradi. O‘sha
vaqtlarda, Minxning aytishiga qaraganda, Pichuga daryosi sohili
bo‘ylab o‘rmonlar shunchalik qalin bo‘lganki, aholi kuchib kelishi
vaqtida daraxtlarni kesmasdan o‘tib bo‘lmagan. Dashtlardagi o‘tlar
shunchalik baland bo‘lib o‘sganligi tufayli yaylovga o‘tlash uchun
borayotgan uy hayvonlarini kuzatish qiyin bo‘lgan. Dashtlar va
o‘rmonlarda saygalar, bo‘rsiq va boshqa hayvonlar, shuningdek,
ko‘plab har xil qushlar yashagan. A.N.Minx 1839 yildan 1894
yilgacha, ya’ni 55 yil davomida sobiq Saritsin uezdida bo‘lgan
o‘rmonlar 8 baravar kamayganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni
keltiradi. Ya.I.Veynberg (1878) bundan 50-70 yil ilgari Saritsinga
qadar Don va Volga daryolari oralig‘ida dub daraxtlaridan iborat
juda katta o‘rmonlar bo‘lganligini yozadi. Ana shu o‘rmonlardagi
dub daraxtlari shunchalik baxaybat bo‘lganki, kesilganda dolgan
to‘nkasida katta yoshdagi kishi butun buy baravar yotishi mumkin.
Ana shu o‘rmonlarning hammasi, ya’ni Don bilan Volga oralig‘ida
joylashgan bo‘lib, yuqori qismi Saratov va Voronej gubernyalari
o‘rmonlariga ulanib ketgan edi. Ayni vaqtda bu o‘rmonlar
yo‘qotilgan, shu sababli daryolar suvi ham keskin kamayib ketgan va
ayrim daryolar qurib qolgan.
Aholi sonining ortib borishi bilan bir vaqtda o‘rmonlar bilan
band bo‘lgan yerlarni o‘zlashtirish hisobiga ekin maydonlari
kengayib borgan. Birgina Amerika Qo‘shma Shtatlarida tarixiy davr
mobaynida o‘rmonlar maydoni 364 dan 16 mln gektargacha
qisqargan, keyingi 300 yil mobaynida esa Yer yuzi bo‘yicha o‘rmon-
lar maydoni 3 baravarga kamaygan (L.I.Kurakov,. Ye.V.Milonova,
1974). Hamma joyda o‘rmonlarning bu xilda yoppiasiga yo‘qotilishi
o‘z navbatida iqlimga va Yer yuzasi landshaftiga ta’sir qilmay
qolmaydi, albatta. F.Engelsning ta’kidlashicha, uzoq yillar davomida
Mesopotamiya, Gretsiya, Kichik Osiyoda va boshqa joylarda
haydaladigan ekin maydonlarini kengaytirish maqsadida ko‘plab
o‘rmon daraxtlarini kundakov qilib yo‘qotish katta maydonlar cho‘l-
biyobonga aylanib kolishiga sabab bo‘lgan.
Atrof-muxitning namligiga faqat o‘rmonlar emas, balki ko‘kat
o‘simliklar ham katta ta’sir ko‘rsatadi. F.V.Venti ma’lumotiga ko‘ra
(1962), yer yuzining o‘simliklar qoplami yil davomida atmosferaga
175 mln t efir moylari ajratadi, radiatsiya ta’sirida ular oksidlanadi
va parchalanadi, shu tufayli bituminoz moddalarni hosil qiladi. Efir
moylarining oksidlanishi va parchalanishi protsessida yiliga 7,3-10
10
J atrofida energiya ajraladi. Bu energiya yer sathiga nisbatan doimiy
ravishda atmosferada musbat zaryad hosil etib turadi. Bu zaryad yil
davomida bir necha bor ro‘y beradigan momaqaldiroq vaqtida
yo‘qotiladigan zaryadlar yig‘indisi (6,3-10
10
)ga teng bo‘ladi.
Sovet hukumati barpo etilgan dastlabki kunlardan e’tiboran
atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona
foydalanish masalalariga katta e’tibor berib kelinadi. Jumladan,
V.I.Lenin atrof-muhitni muhofaza qilish borasida juda ko‘p ta’kidlab
o‘tgan edi. Lenin hayot davrida bu borada 234 ta dekret va buyruqlar
chiqarilgan bo‘lib, shulardan 94 tasiga V.I.Leninning o‘zi imzo
chekkan (N.A.Gladkoe va boshqalar, 1975).
O‘simliklar ekologiyasi va atrof-muhitni muhofaza qilish
masalasiga ayniqsa KPSS nnng XXVII s’ezdida katta ahamiyat
berildi. Jumladan, «SSSRni iqtisodiy va sotsial rvojlantirishning
1986-1990
yillarga
hamda
2000
yilgacha
bo‘lgan
davrga
mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari» da atrof-muhitni muhofaza
qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalasiga alohida
bo‘lim
ajratilgan
bo‘lib,
unda
«Tabiatni muhofaza qilish
tadbirlarining samaradorligi oshirilsin. Kam chiqitli va chiqitsiz
texnologik jarayonlar keng joriy etilsin. Tabiiy resurslar, xomashyo
va materiallardan to‘la va kompleks foydalanishni ta’minlaydigan,
atrof-muhitga zararli ta’sir ko‘rsatishga bardam beradigan yoki uni
jiddiy
ravishda
kamaytiradigan
kombinatsiyalashgan
ishlab
chiqarishlar rivojlantirilsin» deyilgan. Ko‘rinib turibdiki, tabiatni
muhofaza qilish va uning boyliklaridan oqilona foydalanish butun
g‘oyaviy-tarbiyaviy ishimizda muhim o‘rin egallashi kerak.
KPSS
Markaziy
Komitetining
XXVII
s’ezdiga siyosiy
dokladida ham tabiat muhofazasiga alohida ahamiyat berilgan.
Chunonchi unda: «Oldimizda tabiatni muhofaza qilish va uning
resurslaridan oqilona foydalanish vazifasi keskin bo‘lib turibdi.
Ishlab chiqarishni planli asosda tashkil etadigan va insonparvarlik
dunyoqarashiga ega bo‘lgan sotsializm jamiyati bilan tabiat
o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga uyg‘unlik baxsh etishga qodirdir.
Bizda hozirdayoq bu borada tadbirlar sistemasi amalga oshirilmoqda,
ancha-muncha mablag‘ sarflanmoqda. Amaliy natijalarni ham qo‘lga
kiritdik. Shunday bo‘lishiga qaramay, bir qancha regionlarda tabiiy
muhitning ahvoli tashvish tug‘dirmoqda. Jamoatchilik, yozuvchilar
yerni, yer osti boyliklarini, kullar va daryolarni, o‘simlik va
hayvonot
olamini
asrab-avaylash
masalasini
keskin
qilib
qo‘ymoqdalar.
Tabiatni muxofaza qilish ishida fan-texnika yutug‘laridan yo‘l
qo‘yib bo‘lmas darajada sust foydalanilmoqda. Yangi korxonalarni
qurish va ishlab turganlarini rekonstruksiya qilish loyihalariga hali
ham eskirib qolgan yechimlar asos qilib olinmoqda, chiqitsiz va kam
chiqindili texnologiya jarayonlari sust joriy etilmoqda. Foydali
qazilmalarni qayta ishlashda ularning aksariyati chiqitga chiqib,
atrof-muhitni ifloslantirmoqda. Bu borada iqtisodiy, xyquqiy,
tarbiyaviy harakterdagi yanada qat’iyroq chora-tadbirlarni ko‘rmoq
zarur. Biz hozirgi davrda yashayotgan kishilar tabiat uchun avlodlar
oldida, tarix oldida javobgarmiz» deyilgan. Shunga ko‘ra, KPSSning
XXVII s’ezdi qarorlari kelajakda ekologiyani rivojlantirishda juda
katta ahamiyat kasb etadi.
Adabiyotlar ro‘yxati
1.
A l e x i n V. V. Geografiya rasteniy. M., 1944.
2.
A x u n o v X. M. Rol cheloveka v dinamike rastitelnogo pokrova
predgoriy Uzbekistana. Sb. Voprosы ekologii rasteniy i fitotsenologii.
Izd-vo TashGU, 1984.
3.
V a l t e r G. Rastitelnost zemnogo shara. Ekologo-fiziolo- gicheskaya
harakteristika, t. 1, 2, 3. M., Progress, 1968, 1974, 1975.
4.
V o z n e s e n s k i y V. L. Fotosintez po‘stыnnыx rasteniy (Yugo-
Vostochnыe Karakumы). L., Nauka, 1977.
5.
V ы s o t s k i y G. N. Yergenya. Kulturno-fitologicheskiy ocherk. Tr.
po prikl, bot., 1915, t. 8, № 10-11.
6.
G ye n k ye l P. A. Fiziologiya adaptatsii rasteniy k zasoleniyu,
V kn., Problemы botaniki, vыp. 1. M., Izd-vo AN SSSR, 1950.
7.
G o r ы sh i n a T. K- Ekologiya rasteniy. M., Vыsshaya shkola. 1979.
8.
G u d e r i a n R. Zagryaznenie vozdushnoy sredы. M., Mir, 1979.
9.
D e l v i c h K. Krugovorot azota. V kn., Biosfera, M. Mir 1972.
10.
D y u v i n o P . , T a n g M. Biosfera i mesto v ney cheloveka. M.,
Progress, 1968.
11.
K a s h k a r o v D. N. Osnovы ekologii jivotnыx. L., Uchpedgiz,
12.
K e l l e r B. A. Dinamicheskaya ekologiya. Sov. botanika, 1935, № 5.
13.
K u l t i a s o v M. V. Materialы po izucheniyu ispareniya i kornevoy
sistemы soobщestva vesennix efemerov. Byul. Sred- neaz. gos. un-ta,
1925, № 10.
14.
L a r x e r V. Ekologiya rasteniy. M., Mir, 1978.
15.
M a k s i m o v N. A. Fiziologicheskie osnovы zasuxoustoychivosti
rasteniy. L., 1926.
16.
N e c h a e v a N . T . , V a s i l e v s k a y a V . K . , A n t o n o v a K.
G. Jiznennыe formы rasteniy Karakumov. M., Nauka, 1973.
17.
N i k i t i n S. A, Drevesnaya rastitelnost po‘stin SSSR. M. Nauka,
1966.
18.
P e t e r b u r g s k i y A. V. Krugovoroti balans pitatelnix veshestv v
zemledelii. M., Nauka, 1979.
19.
R a b o t n o v T. A. Aktualnыe voprosы ekologii rasteniy. Itogi nauki
texniki. Botanika, t. 3. M., Izd-vo VINITI, 1979.
20.
S e r e b r y a k o v I. G. Jiznennыe formы vыsshix rasteniy i ix
izuchenie. V. kn„ Polevaya geobotanika, № 3. M., L„ 1964.
21.
X a m i d o v A. O‘simliklar geografiyasi, T., «O‘qituvchi», 1984.
22.
S h e n n i k o v A. P. Ekologiya rasteniy. M., Sov. nauka, 1950.
23.
Shennikov A. P. Vvedenie v geobotaniku. L., Izd-vo Le- ningr.
universiteta, 1964
24.
B a n n i s t e r P. Introduktion to phusiological plant ecology. L.,
25.
B r a u n - V 1 a n g u e t J. Pflanzensoziologie. CrundzQue der
Vegeta- tionskunde Wien; New-Vork, 1964.
26.
Ell e n b e r g H. Physiologisches und okologisches Verhalten der-
selben Pflanzenarten.-Ber. Dtsch. Bot. Ges., 1953, Bd 65.
27.
H a e c k e l E. Entwicklungsgang und Aufgaben der Zoologie.-Ge-
naische Z., 1869, Bd 5.
28.
S t o k e r O. Die Abhangigkeit der Transpiration von den umvelt-
fastoren. Berlin, 1956.
29.
Tu r n e r T. W. Studies in the mechanism of physiological effects of
certain minonal salts in altering the ratio of top growth to root growth
in seed plants.-Amer, G. Bot., 1922, vol. 9. N 8.
30.
W ajl t e r H. Die Hudratur der Pflanze und ihre physiologisch-oko-
logische Bedeutung (Untersuchungen iiber die Osmotischen Wert).
Jena, 1931.
31.
W a l t e r H. Grundlagen der Palanrenverbreitu ng. I. T. Standort-
slehre (analitisch-okdigische Gajbatanik). Stuttgart, 1960
Do'stlaringiz bilan baham: |