YERLARNI HUQUQIY MUHOFAZA QILISH
Yerlarni huquqiy muhofaza qilish tushunchasi. Tuproqni muhofaza
qilish va uning sifatiga oid ekologik me’yorlashning huquqiy asoslari.
Tuproqni muhofaza qilish va uning sifatiga oid ekologik me’yorlashning
huquqiy asoslari.
Yerlarni huquqiy muhofaza qilish tushunchasi
Yerlarni muhofaza qilish masalasi jamiyatning muhim ijtimoiy-
iqtisodiy, siyosiy va ekologik ahamiyatga molik bo‘lgan vazifalaridan
biridir. Chunki, jamiyatning moddiy farovonligi, mavjudligi va kelajak
avlodlarning taqdiri tabiatning bebaho boyligi bo‘lgan yerga nisbatan
ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga bog‘liqdir. Shu sababdan, yer
resurslaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish, nafaqat
ekologik, balki ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ham egadir.
136
Tashqi ta’sirlardan huquqiy himoya qilish ob’ekti bo‘lgan yerni
huquqiy kategoriya sifatida tavsiflaganda, uning tarkibiga yer holatining
sifatliligiga taalluqli boshqa elementlar ham kirishini ta’kidlab o‘tish
joiz. Yerlarni ifloslanish va boshqa degradatsiya omillaridan himoya
qilish bo‘yicha Yer kodeksida tuproq va uning unumdorligini saqlanishi
belgilangan. Tuproq yerning unumdor ustki qatlami bo‘lib, tabiiy
organik va noorganik omillarning uzoq davom etgan ta’siri natijasida
shakllanadi. Uning qalinligi bir necha millimetrlardan 2 metrgacha
bo‘lishi mumkin. Shu bilan bog‘liq holda alohida ta’kidlab o‘tish joizki,
yerning huquqiy muhofaza qilishning maqsadi uning umumiy
maydonini saqlab qolish bo‘lmay (u asosan o‘zgarishsiz qolaveradi),
balki yer holati sifatini saqlash, tiklash va yaxshilash hamdir. Shunday
bo‘lsada, yer maqsadsiz foydalanish, o‘zboshimchalik bilan egallab
olinish kabilardan ham muhofaza qilinadi.
Yer boyliklaridan samarali, ilm-fan tavsiyalari, tabiatning umumiy
qonuniyatlari asosida foydalanish va uning muhofazasini to‘g‘ri
ta’minlash, shak-shubhasiz, hozirgi davrning birinchi darajali
vazifalaridan biridir. Bunda yer resurslarini huquqiy muhofaza qilish
katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Chunki tegishli huquq normalari yerdan
foydalanish va muhofaza qilish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlarni
tartibga soluvchi vazifani o‘taydi, undan oqilona foydalanish va turli xil
g‘ayri qonuniy harakatlardan himoya qilish choralarini belgilaydi.
Aytish o‘rinliki, yerdan oqilona foylanish va uni muhofaza qilishni
huquqning yordamisiz amalga oshirish mumkin emas. Mamlakatimizda
keyingi yillarda qabul qilingan yerdan foydalanish va uni muhofaza
qilishga qaratilgan qonun hujjatlari yer boyliklariga ehtiyotkorona
munosabatda bo‘lish, ularni asrash, doimo tuproq unumdorligini oshirib
borish talablarini o‘rnatadi va ushbu talablarga rioya qilish choralarini
belgilaydi.
Yerlarni muhofaza qilishning o‘ta muhimligini, yana yildan-yilga
aholining tez o‘sib borishi oqibatida jon boshiga hisoblaganda
Do'stlaringiz bilan baham: |