Masalan, quriq dashtlar haydalgandan keyin ko‘pincha zig‘irak,
ildiz tugunakli burchoq, mavrak, sariq beda va boshqalarni uchratish
mumkin. Ekinlar orasida yashashga moslashgan chetdan kelgan
begona o‘tlar
segetallar deyilib, ularga randak, bo‘tako‘z, yaltirbosh
va boshqalar kiradi. Tashlandiq (qarovsiz) joylarni afzal ko‘radigan
begona o‘tlar ruderallar deyiladi, ularga qariqiz, mingdevona,
qichitqio‘t va boshqalar kiradi.
Botanika bog‘larida va parklarda ongli ravishda o‘stiriladigan
chetdan keltirilgan o‘simliklar ba’zan maxalliy yovvoyi floraga
kiradi, ya’ni iqlimlashadi. Bu kamdan-kam uchraydigan hodisa.
Yangi iqlim sharoiti va ayniqsa maxalliy
turlar konkurensiyasi
bunga to‘sqinlik qiladi. Faqat ko‘p urug‘ hosil qiladigan va keng
ekologik amplitudaga ega bo‘lgan ayrim o‘simlik turlarigina
mahalliy floraga qo‘shiladi. O‘rta mintaqadagi mayda bargli
yovvoyi xina (Impatiens parviflora) bilan ham shunday bo‘lgan edi,
chamasi, O‘rta Osiyodan kelib chiqqan. Air (Acorus calamus)
Turkiyadan keltirilgan bo‘lsa kerak. Turli rayonlardagi suvli muhit
bir-biriga o‘xshash bo‘lganligi tufayli suv o‘simliklari (masalan,
elodeya) ancha yengil iqlimlashadi.
Areallarning qisqarishi yoki hatto turlarning yo‘qolib ketishi.
Xammaga yaxshi ma’lum bo‘lgan bu protsess inson faoliyatining har
tomonlama ta’siri natijasida sodir bo‘ladi. Ba’zan kishilar ayrim
turlarni ongli ravishda yo‘qotadilar. Masalan, Skandinaviya
mamlakatlarida
g‘alla ekinlarida
parazitlik qiladigan zang
zambrug‘ining oraliq xo‘jayini bo‘lgan zirk o‘simligi ongli ravishda
yo‘kotilgan. Bizning floramizda ham ko‘plab yo‘qolib borayotgan
o‘simlik turlari bo‘lib, ular «Kizil kitob» ga kiritilgan.
Odam yerlarni haydash, o‘rmonlarni kesish (bu haqida
yuqorida aytib o‘tilgan edi), uy hayvonlarini haydab boqish, yaylov
o‘tlari va ayrim dashtlardagi o‘simliklarni o‘rib olish yo‘li bilan
ham o‘simliklar qoplamiga bevosita ta’sir qiladi.
Suv
chiqarish, sug‘orish, zaxini qochirish (quritish). Sug‘orish
bu ekinlardan yuqori hosil olish maqsadida yerni sun’iy namlashdir.
Arid zonalarda odam alohida landshaftlarni-o‘ziga xos ekologik
muhitga ega bo‘lgan voha hosil qiladi. Suv chiqarish deganda, suv
bilan ta’minlashi yaxshilash maqsadida qo‘shimcha suv manbalari
(hovuz, quduq va hokazolar) qurish tushuniladi. Bu esa suv bilan
ta’minlashni yaxshilash imkonini beradi. Lekin cho‘l zonalarda
sug‘orish (ay- niqsa noto‘g‘ri sug‘orish) ko‘ngilsiz hodisa, ya’ni
tuproqning qayta sho‘rlanishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Zovurlar
tarmog‘i bo‘lmagan bunday uchastkalarda tuproq qayta sho‘rlanishi
oqibatida oborotdan chiqib qoladi. Cho‘l zonada sug‘oriladigan
dehqonchilikda ibtidoiy metodlardan uzoq
muddat foydalanish keng
ko‘lamda taqirlar rivojlanishiga olib kelgan. Botqoqlashgan
joylarning zaxi qochiriladi. Botqoqlashgan o‘rmonlarda yerning
zaxini qochirish, odatda, mahsuldorlikni oshiradi, lekin sizot suvlar
sathining
pasayishi
atrofdagi
botqoqlashmagan
o‘rmonlar
tuprog‘ining qurib qolishiga, daryolarning
sayozlashuviga sabab
bo‘ladi va hokazo.
Kishilarning
o‘simliklarga
va
o‘simliklar
qoplamiga
ko‘rsatadigan ta’siriga tutun bosishi, turli korxonalardan chiqadigan
gazlar va boshqa zararli chiqindilarning ta’siri ham kiradi. Bu haqida
biz yuqorida batafsil to‘xtab o‘tgan edik.
Ruderal (axlatli), har xil jonivorlarning yashash makoni va
tashlandiq joylar hosil qilish. Kishilar faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan
ruderal va axlatxonalar oqsilli va boshqa organik birikmalarning
parchalanishi bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘p miqdorda azot saqlashi
bilan harakterlanadi. Shunga ko‘ra, ruderal o‘simliklar, odatda,
nitrofillardan (masalan, qichitqio‘t) iborat bo‘ladi, lekin shu bilan
birga ular «kosmopolitlar» hamdir, chunki
bu xildagi joylar hamma
yerda ham bir xil bo‘ladi.
Nihoyat,
kishilar
sun’iy agrofitotsenozlar barpo etish
maqsadida yangi yerlarni o‘zlashtirish yo‘li bilan ham o‘simliklarga
katta ta’sir ko‘rsatadi (ekin ekish, daraxtlar o‘tqazish va boshqa
yo‘llar bilan).
Xulosa
qilib
aytganda,
tabiatni
muhofaza
qilish,
ekosistemalardagi barcha o‘zaro bog‘liqliklarni hisobga olgan holda
qayta tiklash, rekonstruksiya qilish kerak, aks holda tuzatib
bo‘lmaydigan oqibatlar kelib chiqishi mumkin. Kishilar faoliyatini
to‘xtatib bo‘lmaydi, lekin tabiatdan ongli ravishda foydalanish, unga
ongli munosabatda bo‘lish maqsadga to‘la muvofiq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: