insonning bunday noto‘g‘ri faoliyatini
ayniqsa archa va pista
o‘simliklari misolida yaqqol ko‘rish mumkin.
Botaniklarning aytishlariga qaraganda, bundan taxminan 2
ming yillar avval bizning adirlarimiz pista o‘simliklari bilan
qoplangan bo‘lgan, o‘sha uchastkalarda esa har xil bargli
daraxtlardan tarkib topgan o‘rmonlar galereyasi rivojlangan. Axoli
sonining o‘sib borishiga qarab, asta-sekin archa o‘rmonlari ham
kesila borgan, chunki odamlarga qurilish materiallari va yoqilg‘i
kerak bo‘lgan. Pista qimmatli mevasi bilan kishilar e’tiborini o‘ziga
jalb etgan, shundan keyin pista ko‘plab iste’mol qilina boshlagan.
Bu esa pista urug‘ining borgan sari kamayishiga, ya’ni urug‘lik
material yo‘qolib borishiga sabab bo‘lgan. Bundan tashqari,
ana shu
xildagi qimmatli mevalar hosilini terish vaqtida kishilar daraxtlarni
sindirib ishdan chiqargan. Buning oqibatida inson uchun kerakli
o‘simliklar asta-sekin kamayavergan. Buning ustiga qimmatli
o‘simlik hisoblangan pistadan hosil bo‘ladigan ko‘mir zargarlikda
qimmatli xomashyo sifatida ishlatiladigan bo‘lgan.
Adabiyotlardan
ma’lumki,
hozirgi
asrning
boshlarida
Buxoroda
(hozirgi
Buxoro,
Qashqadaryo
va
Surxondaryo
viloyatlarida) har yili 400 qopga yaqin archa, pista va saksovul
ko‘miri ishlatilib kelingan.
Haqiqatdan ham, botanikaga oid
adabiyotlarda archa va pista daraxtlari nobud bo‘layozgan va toshli
uchastkalarda o‘sishga moslashgan, degan fikrlar keltiriladi. Lekin
bu xildagi fikrlar noto‘g‘ri, albatta. Inson archadan foydalanmagan
joylarda haqiqiy archazor o‘rmonlarni kuzatish mumkin yoki
aksincha, qaerda odamlar archadan foydalangan bo‘lsa, o‘sha
yerlarda archani topib bo‘lmaydi.
O‘tmishda archa keng tarqalganini va uning yo‘qolishida inson
qanday rol uynaganini tasdiqlovchi misollar ko‘p.
Ulardan
ayrimlarini keltirish mumkin.
Ohangaron vodiysida archa va daraxtsimon boshqa o‘simliklar
juda kam uchraydi, lekin ular chiqishi qiyin bo‘lgan uchastkalarda,
ya’ni toshloq, yerlarda uchraydi. Ammo Oqangaron daryosi
irmoqlarining yuoqori qismiga o‘tilsa, aynqsa Qurama tizmasining
chap qirg‘og‘ida juda yaxshi archazor o‘rmonlarni uchratish
mumkin. O‘tmishda daryodan 25-30 km masofadagi joylarga archani
olib chiqish mumkin bo‘lmagan. Lekin, shubxasiz,
Ohangaron va
oqim daryolari bo‘ylab archa daraxtlari bo‘lgan va ular metallurgiya
sanoati tomonidan yoqilg‘i sifatida yo‘q qilingan. Bunday misollarni
anchagina keltirish mumkin.
Yaylov chorvachiligiga doir adabiyotlarda mollarni qayta
o‘tlatish natijasida O‘rta Osiyo cho‘l va tog‘
yaylovlari
yomonlashishi, zavol topishi va ko‘p massivlar xatto foydalanish
uchun yaroqsiz holga kelib qolishi hakida ma’lumotlar bor. Yuz
yillikning boshlarida geobotanik olim G. N. Visotskiy Povoljeda
mollarni o‘tlatish ta’sirida yaylovlarda o‘simlik qoplamining
o‘zgarishini o‘rganish yuzasidan qimmatli tadqiqotlar o‘tkazgan.
Ma’lumotlarga qaraganda, Shimoliy Amerikada o‘rmonlarning
plansiz kesilishi natijasida eroziyaga sabab bo‘lgan va «bed-lend»
deb ataladigan katta-katta yalangliklar paydo bo‘lgan. Buyuk
geografik kashfiyotlar yangi-yangi turlar ko‘proq
kirib kelishiga
sabab bo‘lgan, bu turlar esa yangi sharoitda ba’zan tez tarqalgan.
Insonning tabiatga ta’siri ijtimoiy formatsiyalar bilan bevosita
bog‘liq bo‘ladi, bu yerda, albatta masalaning sotsial-iqtisodiy
tomonini ham hisobga olish kerak bo‘ladi. Odatda, tabiatga
insonning ongli va ongsiz ta’siri farq qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: