Ekologiyaning qisqacha rivojlanish tarixi



Download 1,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/63
Sana07.04.2022
Hajmi1,8 Mb.
#533850
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   63
Bog'liq
af28d4741e881e0c7667589aa2fd2e03 Ўсимликлар экологияси (1)

 
OROGRAFIK FAKTORLAR 
Bular bilvosita faktor bo‘lib, o‘simliklarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
ta’sir etmay, balki boshqa faktorlar orqali ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, 
ular iqlim faktorlari orqali ta’sir etishi mumkin. Orografik 
faktorlarga dengiz sathiga nisbatan balandlik, yonbag‘irlarning 
eksiozitsiyasi (quyoshga nisbatan joylashganligi) va qiyalik kiradi. 
Orografik faktorlarning o‘simliklar qoplamiga ta’siri faqat yerning 
geografik kengli- giga (zonalarga) qapab emas, balki dengiz 
sathidan qanchalik balandlikda joylashganligiga qarab ham o‘zgarib 
turadi, Bu xolat ayniqsa tog‘li rayonlarda keskin namoyon bo‘ladi. 
Ma’lumki, tog‘da har 100 metr ko‘tarilib borgan sari, temperatura 
0,5° ga pasayib boradi. Shunga ko‘ra, o‘simliklar qoplami xam 
o‘zgarib boradi. O‘rta Osiyo o‘simliklar qoplamini o‘rgangan 
botaniklar, tekislikdan tog‘lar tomon ko‘tarilgan sari o‘simliklar 
qoplami xuddi geografik zonalarga qarab o‘zgargani singari ma’lum 
qonuniyatga muvofiq o‘zgarib borishini aniqlaganlar. 
O‘rta Osiyoda dengiz sathidan ko‘tarilish darajasiga qarab, 
o‘simliklar mintaqalari ketma-ket keladi. Masalan, cho‘llar, adirlar, 
yaylovlar. Shu bilan birga har qaysi mintaqa o‘z navbatida ikki 
bosqichga bo‘linadi pastki va yuqorigi (bu O‘zbekistonlik botanik 
olim, akademik K.3.Zakirov tomonidan taklif qilingan). Shuni 
ta’kidlab o‘tish kerakki, har qaysi o‘simlik mintaqasining 
chegarasida-dengiz 
satxidan 
balandlikka 
ko‘tarilgan 
sari 
o‘simliklarniig balandligi, tanasining diametri, shox-shabbasining 
shakli, ba’zan hosilga kirish tezligi xam o‘zgarib boradi. 
O‘simliklarniig tarqalishida ekspozitsiya va yonbag‘irlarning 
qiyaligi ham katta ahamiyatga ega. Masalan, shimoliy yonbag‘irlar 
janubiy 
yonbag‘irlarga 
qaraganda 
sernam 
bo‘lib, 
o‘simlik 
qoplaminnng qalinligi bilan harakterlanadi. Janubiy yonbag‘irlarda 
issiqsevar va yorug‘sevar o‘simliklar o‘sadi. Adabiyotlarda, odatda, 
tog‘lardagi daraxtzorlar shimoliy yonbag‘irlar bilan bog‘lanib 


ketgan deb qayd qilinadi. Buni faqat tabiiy sharoit, yuqori 
darajadagi namlik va xilma-xil bo‘ladigan tuproq sharoitining 
muvofiq kelishi bilan izohlash mumkin. Lekin tog‘lardagi o‘simliklar 
qoplami qanday joylashganligiga diqqat bilan nazar tashlasak, tog‘ning 
qishloqdan ancha uzoq va odam borishi ancha qiyin bo‘lgan shimoliy va 
janubiy yonbag‘irlari o‘simliklar bilan qoplanganligini ko‘ramiz. Janubiy 
yonbag‘irlarning o‘rmonsizligini odam ta’siridan deb tushunsa bo‘ladi. 
Ma’lumki, janubiy yonbag‘irlarda qor ancha erta erib ketadi va O‘rta Osiyo 
aholisi ilgaridan bu yerlardan dehqonchilik maqsadlarida foydalanib kelgan. 
Buning natijasida janubiy yonbagirlar o‘rmonsizlanib qolgan. 
Yuqorida aytilganidek o‘simliklarning tarqalishida yonbag‘irlarning 
qiyaligi muhim rol o‘ynaydi. Yonbag‘irning qiyaligi asosan tuproqning suv 
bilan ta’minlanish darajasiga, yog‘in miqdoriga, ayniqsa kuchli bo‘ladigan 
yog‘inlarga bog‘liq. Ma’lumki, anchagina tik yonbarirlardan suv juda tez 
oqib tushadi va tuproqni hamda u bilan birga o‘simliklarni ham ma’lum 
darajada yuvib ketadi. Kamroq qiya bo‘lgan yonbag‘irlarda esa namlik 
ko‘proq ushlanib qoladi va tuproqning chuqyp qatlamlarigacha nam kirib 
boradi. Bunday yonbarirlarda o‘simliklar qalin bo‘lib o‘sadi va rivojlanadi. 
Olib borilgan ko‘plab kuzatishlarda aniqlanishicha, yonbag‘irlar qiyaligining 
kritik burchagi 10-12° ga teng bo‘ladi. Yonbag‘irlarda shunday qiyalikdan 
boshlanib eroziya egatlari kuzatiladi. Yonbag‘ir qancha qiya bo‘lsa, u 
shuncha ko‘p isiydi, shunga mos ravishda o‘simliklari ham shuncha kam 
bo‘ladi. 
Relef shakllarining xilma-xilligi, ularning tarkibiga bog‘liq xolda 
o‘simliklarning tarqalishi ayniqsa tog‘li
 
rayonlarda yaqqol ko‘zga tashlanadi. 
Lekin tekisliklarda ham orografik faktorlarning ta’siri yaxshi seziladi. 
Ko‘pincha chuqurliklar hosil bo‘ladigan joylarda suv ko‘p to‘planib qoladi, 
tepaliklarda esa bunga teskari holda tuproq namligi past bo‘ladi. Bu farq 
o‘simliklarning tur tarkibiga ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi. 

Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish