1
%);
qayrag‘och-Ulmus pumila (
3
% gacha); jiyda-Elaeagnus angustifolia
(0,6-3,4% ); oq saksovul-Haloxylon persicum
(5-6%),
chingil-
Halimodendron halodendron (
12
% gacha); buyurg‘un-Anabasis salsa
(kuchli); sarsazan-Halocnemum strobilaceum (50% dan ko‘p).
TUPROQ ORGANIK MODDALARINING EKOLOGIK
AHAMIYATI
Tuproqdagi mineral oziq moddalar bilan bir qatorda
gumifikatsiya va o‘simlik hamda hayvonlar qoldig‘ining chala
parchalanish mahsulotlari bo‘lgan organik moddalar ham katta
ahamiyatga
ega.
Bunda
fotosintezlovchi
yuksak
o‘simliklar
(produtsentlar) qoldig‘iniig qayta ishlanishidan hosil bo‘ladigan
mahsulotlar ko‘proq ahamiyatli hisoblanadi. Produtsentlar nobud
bo‘lganda yoki konsument zanjirda qayta ishlanganda tuproqni
organik moddalarga boyitadi. Yerga to‘kilgan o‘simliklar qoldig‘i
to‘shama hosil qiladi. Yil davomida hosil bo‘ladigan bu xildagi
to‘shamaning kalinligi o‘simliklar tipining xilma-xilligi va turli
zonalarga bog‘liq xolda hap xil bo‘ladi. Masalan, Larxer (1978)
ma’lumotiga ko‘ra, to‘shamaning o‘rtacha miqdori gektariga tonna
hisobida quyidagicha: tropikda g‘alladoshlar o‘sgan maydonlarda
10-15, mo‘’tadil zona o‘tloqlarida 6-10, o‘rmonlarda 5-9, dashtlarda
1-5, tundrada 0,05-0,5, cho‘llarda 0,01-05. Hosil bo‘ladigan bu
xildagi to‘shama har xil tezlikda parchalanadi, shuning uchun uning
zapasi faqat yerga tushgan qoldig‘larga emas, balki parchalanish
tezligiga ham bog‘liq bo‘ladi. To‘shamaning parchalanish tezligi
ko‘p jihatdan uning harakterini ye
E
tarkibini, tuproq tipi va
faunasinn, ayniqsa, iqlim sharoitini belgilaydi.
Seryog‘in tropik o‘rmonlarda yil buyi to‘kiladigan o‘simliklar
qoldig‘i o‘ziga xos iqlim sharoitiga va tuproq organizmlarining juda
aktivligiga bog‘liq holda 1-2 yil davomida, mo‘’tadil zonadagi
bargli o‘rmonlarda 2-4 yil davomida, ninabargli o‘rmonlarda 4-5 yil
davomida parchalanishi mumkin; dasht zonasida parchalanish ancha
tez boradi, tundrada o‘n yillab cho‘zilishi mumkin. Dasht zonasida
ayniqsa
bahorda
va
yozda
(qurg‘oqchilik
boshlanguncha)
parchalanish tezlashadi, щishga borib sekinlashadi.
To‘shamaning parchalanishida tuproqdagi juda ko‘p hayvon
organizmlar ishtirok etadi, chunki o‘simliklarning yerga to‘kilgan
qismlari ular uchun oziq hisoblanadi. Bunda saprofaglar muhim rol
o‘ynaydi. Bu organizmlarning deyarli hammasi xazm kilish
protsessida ekskriment ajratadi, bular esa xali yeyilmagan
o‘simliklar qoldig‘i bilan aralashib ketadi. Keng bargli o‘rmonlarning
organik moddalarga boy bo‘lgan tuproqlarida parchalanish yana
davom etadi. Bunda yomg‘ir chuvalchanglari ham ishga kirishadi,
ular tuproq tarkibiga, ya’ni yumshoq chirindi (gumus) ga kiruvchi
xazm bo‘lgan moddalarni butunlay qayta ishlaydi.
Chirindi hosil bo‘lishida nobud bo‘lgan ildiz massasi muhim
ahamiyatga ega. Tuproqda chuqur kirib o‘sgan ildiz massasi buyicha
birinchi o‘rinda keng bargli o‘rmonlar va o‘tloqli dashtlar, ulardan
keyin sernam tropik va subtropik o‘rmonlar va nixoyat ohirgi
o‘rinda cho‘llar turadi. O‘rmonlarda ildiz fitomassasining nisbiy
hissasi (umumiy fitomassaga nisbatan) uncha ko‘p emas (20-25%).
Dashtlardagi o‘t o‘simliklar ildizining nisbiy massasi va chirindi
zapasi eng yuqori bo‘ladi, bu esa o‘t o‘simliklarning osonlikcha
parchalanadigan ingichka ildizlari ko‘pligiga bog‘liq bo‘ladi. Bu
chirindi dasht qoratuproqlarining yuqori darajadagi unumdorligini
ta’minlaydi.
Shunday
qilib,
tuproq
unumdorligining
shakllanishida
gumifikatsiya
protsessiniig
oxirgi
maxsuloti,
ya’ni chirindi
moddalar (gumin va harakatchan fulvokislotalar) asosiy rol
o‘ynaydi. Lekin chirindi tarkibida zapas oziq moddalar to‘planishi
bir vaqtda ularning immobilizatsiyasini ham bildiradi. Chunki ular
o‘zlashtirilishi qiyin bo‘lgan shaklga o‘tib qoladi. Chirindi tarkibida
oziq moddalardan tashqari, fiziologik aktiv komponentlar ham
bo‘ladi, ulardan ba’zilari faqat stimullovchi ta’sir ko‘rsatmay, balki
ingibitorlik yoki hatto zaharlovchi ta’sir ko‘rsatishi ham mumkin.
Chirindi
tuproqning
unumdorligini
(strukturasini)
va
fizik
xossalarini yaxshilaydi. Gumus hosil bo‘lish protsessi faqat
temperaturaga emas, balki anaerobioz protsesslarga, kalsiy ishtiroki
esa tuproqning mineral tarkibiga bog‘liq bo‘ladi. Tuproqdagi
organik moddalar o‘simliklar uchun qanchalik ahamiyatga ega
ekanligini quyidagilardan ochiq-oydin ko‘rish mumkin.
Buzilmagan fitotsenozlarda to‘shama zapasi, tuproqdagi
organik moddalar miqdori va fitomassa o‘rtasida ma’lum muvozanat
kuzatiladi. Bunday muvozanat juda muhimdir, chunki to‘shama
tarkibidagi rezerv oziq moddalar mazkur ekosistemada qolib,
minerallanish natijasida hosil bo‘ladigan oziq elementlari asta-sekin
yashil
o‘simliklar
tomonidan
foydalaniladi.
Fitomassaning
yo‘qolishi yoki yerga to‘kilgan qoldiqlarni yo‘qotish tuproqda oziq
elementlari kamayib ketishiga sabab bo‘ladi. Agar tuproqdagi
organik moddalar tez minerallansa (masalan, tropik o‘rmonlarda),
mineral elementlar juda tez ajralib chiqadi va o‘simliklar oson
o‘zlashtiradigan shaklda bo‘ladi, bu esa ko‘p fitomassa hosil
bo‘lishi uchun imkoniyat yaratadi.
Shunday qilib, tuproqdagi organik moddalarning aylanishi
murakkab sikldan (o‘simliklarning to‘kilgan holdigi (to‘shama)-
gumifikatsiya-minerallanish-o‘simliklarga qaytishdan) iborat bo‘lib,
har doim biologik muhim elementlar yetarli miqdorda bo‘lishini
ta’minlaydi, tuproqning unumdorligi esa ko‘p jihatdan undan chiqib
ketgan elementlarning yana o‘ziga qaytib tushish tezligiga borliq
bo‘ladi. Ayrim elementlar atmosferaga uchib chiqib ketib yo‘qolsa,
boshqalari tuproq orqali sizib o‘tadigan suvlar bilan oqib ketadi.
Lekin davomli nurashlar, azot fiksatsiyasi, chang o‘tirishi-bularning
hammasi yuqotilgan elementlarning bir qismi qayta tiklanishini
ta’minlaydi. Umuman yashil o‘simliklar tuproqdan olgandagidan
ko‘ra kuproqni qaytaradi. Ular tuproqdan kam miqdorda erigan
moddalar olib, unga ko‘p organik moddalar (sellyuloza, lignin,
kraxmal, shakar, yorlar, protein va boshqalar) qaytaradi. Bu esa
tuproqda ko‘p jonivorlarning va ular bilan oziqlanadigan boshqa
organizmlarning rivojlanishiga imkon beradi.
Tuproqning temperatura rejimi ko‘p jixatdan tarkibidagi
organik moddalarga bog‘liq bo‘lib, ular tuprokning suv rejimiga
ham ta’sir ko‘rsatadi, chunki tuproqning suv saqlash qobiliyati ko‘p
jihatdan uning strukturasini hosil qiluvchi kolloidlarga borliq
bo‘ladi. Modomiki, organik moddalarining ko‘pi yer yuzasiga yaqin
joylashgan ekan, bu yuza gorizont suv saqlab turish qoviliyatiga ega
bo‘ladi. Eng ustki qatlam ya’ni to‘shama tuproqni suv oqimidan va
suv tomchilarining mexanik ta’siridan muxofaza qilib turadi. Lekin
shu bilan birga to‘shama suvnnng bir tutib qolib, uni ildizga
o‘tkazmaydi. To‘shama juda tez qurib qoladi, bu esa daraxtlar
o‘simtasining ildiz olishini qiyinlashtiradi.
Organik moddalarning kayta ishlanishida ishtirok etadigan
ko‘pgina organizmlarning faoliyati ko‘p jihatdan ajralishiga bog‘liq
bo‘lib, tuproqning «nafas olishini» ta’minlaydi. nihoyat, shuni
aytish kerakki (gumus) tuproqning fizik xossalarini yaxshilaydi,
strukturasi donador bo‘lishini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |