Azotning aylanish cxemasi
O‘simliklar mineral shakldagi azot bilan ta’minlanishida
tuproqdagi
organik
moddalarni
minerallashtiruvchi
mikroorganizmlarning ahamiyati nihoyatda katta bo‘ladi, ular
chirindi tarkibidagi azot caqlovchi labil moddalarni azotning
mineral birikmalariga aylantiradi, o‘simliklar ana shu shakldagi
azotdan foydalanadi.
Shunday qilib, tuproqdagi o‘simliklar o‘zlashtirishi qulay
bo‘lgan foydali azot ekologik faktor sifatida katta ahamiyatga ega.
Lekin bu faktorni tekshirish juda qiyin, chunki azotning faqat
umumiy miqdori emas, balki shakllari, o‘simliklar o‘zlashtirishi
mumkin bo‘lgan birikmalari, birinchi navbatda, uning NH
4
+
yoki
N0
3
-
ionlari (ammoniy, nitratlar) ham muhim rol o‘ynaydi. Lekin
o‘simliklar tomonidan o‘zlashtiriladigan xuddi ana shu shakllari
anchagina o‘zgarib turadi. Azotning sxematik sikli rasmda
ifodalangan.
Lekin shuni esda tutish kerakki, o‘simliklar uchun ayni vaqtda
azotning umumiy miqdori kabi, intensiv ravishda uning o‘rni to‘lishi
va aylanish intensivligi ham juda muhimdir. O‘rmonda azotning
aylanishi ancha yuqori bo‘ladi, masalan, yil davomida qishloq
xo‘jalik ekinlari azotni qancha o‘zlashtirsa, qaragay daraxtlari ham
shuncha o‘zlashtiradi. Qarag‘ay o‘rmonlari to‘shamasi tarkibida
bo‘ladigan azot miqdori, odatda, 0,5-2,0% atrofida o‘zgarib turadi
(Orlov va boshqalar 1974). Ninabargli o‘rmonlarda havo sharoitiga
qarab, azot miqdori yillar bo‘yicha kuchli darajada o‘zgarib turishi
mumkin. Shuni hisobga olish kerakki, daraxtlar poyasida (ya’ni
yog‘ochligida) jami azotning 13% ga yaqin qismi to‘planadi.
Qarag‘ay boniteti va archa ko‘chatlari bilan azot miqdori o‘rtasida
aniq korrelyatsiya kuzatilgan. Azot bilan ta’minlanganlik o‘rmonda
to‘kilgan barglarning parchalanish intensivligi bilan ham izohlanadi.
Atmosfera azotini mikroorganizmlar (azotobakterlar) yordamida
o‘zlashtirish qobiliyati ayniqsa pioner-o‘simliklar uchun katta
axamiyatga ega, masalan, pioner-o‘simliklardan biri bo‘lgan
qandag‘och azoti kam bo‘ladigan yerlarda o‘sib, yerni azotga
boyitadi.
Tuproqning kislotaliligiga baho berishdagi kabi, dalalarning
azot rejimini ta’riflashda ham Ellenberg ularni nitrofilligi darajasiga
qarab, turlar gruppasiga ajratishni taklif etgan. Jumladan, azot bilan
yaxshi ta’minlangan tuproqlarda o‘sadigan turlar gruppasiga go‘ng
uyumlari yaqinida va organik chiqindilar bilan ifloslangan
tuproqlarda o‘sadigan turlar kiradi. Bular ruderal begona o‘tlar
bo‘lib o‘ziga xos nitrofillik xossasiga ega. Bularga ko‘pchilikka
ma’lum bo‘lgan Urtica dioica, Lamium album, Aiciium turlari
kiradi. Bunday joylarda nitrifikatsiya protsessi kuchli borganligidan
o‘simliklar ham nitratlarni shuncha ko‘p miqdorda o‘zlashtiradiki,
hatto ularni hujayra shirasida ham uchratish mumkin.
O‘simliklarning azotga munosabatini, masalan, o‘tloqlarda
ularning o‘zaro konkurentlik aloqalari belgilaydi. Masalan, tuproqda
o‘simliklar o‘zlashtirishi uchun qulay shakldagi azot teng miqdorda
bo‘lgani holda, o‘tloq g‘alladoshlarining yer ustki organlaridagi azot
miqdori har xil o‘tlar aralashmasinikiga qaraganda ancha kam
bo‘ladi (Rabotnov, 1979). Boshqacha aytganda, g‘alladoshlar
muayyan o‘sha bir hil miqdordagi azotdan foydalanib, kuchli yer
ustki sistemasini rivojlantiradi va shu bilan govori konkurentlik
xususiyatini ta’minlaydi. O‘tloq o‘simliklari azotni iste’mol qilishi
ko‘p faktorlarga, birinchi navbatda ularning o‘zaro konkurentlik
xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi (Rabotnov, 1974). Masalan, o‘tloqlarda
azot kam bo‘ladigan tuproqlarda o‘sadigan o‘tlar konkurentsiz
sharoitda tajriba idishlarida o‘stirilganda ko‘p miqdorda berilgan
azotli o‘g‘itga juda ta’sirchan bo‘ladi. Bundan tashqari, shunday
savol tug‘iladi, nitrofil turlar uchun, albatta ularning optimal
darajada rivojlanishi uchun tuproqda foydali shakldagi azot yuqori
dozada bo‘lishi shartmi yoki ular azot ortikcha miqdorda bo‘ladigan
tuproqlarda yaxshi o‘sadimi, shu- ning uchun ham ularda
konkurentlik kuchli bo‘ladimi? Tajribalardan ma’lum bo‘lishicha,
o‘simliklarni
obligat
nitrofil
ruderal
turlari
azot
bilan
ta’minlanishga yuqori darajada talabchan bulib, fakultativ nitrofil
begona o‘tlarga qaraganda tuproqda ko‘p miqdorda nitratlar
bo‘lishiga chidamlidir.
Qizigi
shundaki,
qichitqio‘t
konkurensiyadan
tashqari,
nitratlarga nnsbatan «alohida» talabchan bo‘lmaydi. Lekin tabiiy
sharoitda sernam, chirindiga boy bo‘lgan va nitrifikatsiya protsessi
kuchli boradigan tuproqlar uning tipik o‘sish joyi hisoblanadi.
Shunga ko‘ra, qichitqio‘t uchun
tuproqda
mavjud bo‘lgan
nitratlarning miqdori emas, balki ular tuproqda doim tushib turishi
katta ahamiyatga ega. Azot bilan yaxshi ta’minlangan sharoitda
nitrofil
turlarning
optimal
rivojlanishi
shuni
kursatadiki,
ratsobatchilikda bu tur o‘simliklar azotga boy bo‘lgan tuproqlarda
yutib chiqadi, azoti kam bo‘lgan tuproklarda esa aksincha,
yutqazadi.
Kuchli nitrofil xususiyatga ega bo‘lgan turlarni har hil yashash
muhitida, masalan, juda ko‘plab qushlar yashaydigan va yuzasida
ular axlati ko‘p bo‘lgan poyalarda va qirg‘oqlarda uchratish
mumkin. Bundan tashqari, nitrofil turlar yovvoyi hayvonlar
yashaydigan va to‘planadigan joylarda, ilgari odamlar yashagan
yerlarda (yurtlarda), suv xavzalarining suv o‘tlarining ko‘plab
organik massasi chiqarib tashlangan qirg‘oqlarida yaxshi o‘sadi.
O‘rmonlarning daraxti kesilgan, o‘t tushgan joylari va so‘qmoq
yo‘llari nitrofil turlarga juda boy bo‘ladi. Lekin bunday xolda
daraxtlar
ildiz
sistemasining
kichrayishi,
nitrifikatsiya-
protsessining kuchayishi ta’sir ko‘rsatadi, bunga esa ochiq
joylardagi insolyatsiyaning kuchayishi va tuproqning isishi imkon
beradi. Bunday sharoitda nitratlarning to‘plani- shi o‘rmonlarning
daraxti kesilgan joylarida o‘sadigan (shunday joylar uchun hos
bo‘lgan) nitrofil turlarning ko‘payishiga imkon beradi. Bu hildagi
turlarga Atropa belladonna, Rubus idaeus, Sambucus racemosa va
boshqalarni misol qilib ko‘rsatish mumkin.
Aholi yaqin joylashgan yerlarda ko‘pincha o‘tloq va
yaylovlarni go‘ng bilan qo‘shimcha o‘g‘itlash imkoni bo‘ladi.
Bunday yerlarda ko‘pir, oyboltirg‘on, toshyorar kabi nitrofil turlar
ustunlik qiladi, daraxtlar tagida esa bug‘doyiq va boshqalar o‘sadi,
qoraqayin o‘rmonlarida nitrifikatsiya protsessi jadal borishini
Anemone nemorosa o‘sishidan bilish mumkin. Mercu- rialis
perennis
o‘sadigan qoraqayin va qandag‘och o‘rmonlarida
nitrifikatsiya intensivligi yanada kuchliroq bo‘ladi. Iqlimning
aridligi kuchayishi bilan, odatda, nitrofil guruhlarning soni va
tarqalishi hamda ularning tur boyligi ortadi. Gumid oblastlarda
tuproq ma’lum darajada ishqorsizlanganligi tufayli bu guruhlar
kamayib ketgan va o‘simliklar ancha quruk sharoitda yashashga
moslashgan bo‘ladi.
Shunday qilib,har hil turlar turli manbalardagi azotdan foydalanadi.
Kislotali tuproqlarda o‘sadigan o‘simliklarning ko‘pchiligi nitratlar bilan
ta’minlangan sharoitda uncha yomon o‘smagani holda kamrok kislotali
tuproqlarda o‘sadigan o‘simliklarga qaraganda ammoniydan foydalanish
xususiyati yuqori bo‘ladi.
Azot bilan yaxshi ta’minlangan o‘simliklarning morfologiyasi,
anatomiyasida va ximiyaviy tarkibida sezilarli o‘zgarish yuz beradi.
Masalan, o‘t o‘simliklarning yer ustki novdalarining uzunligi va soni,
barglarining soni ortadi, o‘lchami kattalashadi, sukkulentlik (suv miqdori)
ortadi. Ularda xlorofil miqdori ko‘payadi, shuningdek, yer ustki qisimlari
massasining yer ostki qismlari massasiga nisbati ortadi. Azot bilan yetarli
ta’minlangan sharoitda o‘simliklar, odatda, vegetatsiya davrini past
temperaturada ham boshlaydi va kech kuzda tugallaydi. O‘zlashtirilgan
azotdan uzoq muddat davomida foydalanish tufayli barglarning hayot
faoliyati uzayadi; doimiy yashillikni azot kam bo‘lgan tuproqlarda o‘sishga
moslashish belgisi deb qarash mumkin. Bundan tashqari, azot bilan yaxshi
ta’minlanish fitomassa hosil qilish uchun suvni tejab-tergab sarflashga
imkon beradi (transpiratsiya koeffitsienta pasayadi).
Azot bilan yaxshi ta’minlangan o‘simliklar hosilsiz bo‘lishi, lekin ko‘p
miqdorda vegetativ massa hosil qilishi mumkin. Azot bir oz kamayganda esa
o‘simliklarning vegetativ massasi ham bir oz kamayib, hosildorligi ortadi.
Tuproqda azot yetishmaganda esa o‘simliklarning vegetativ massasi ham,
hosildorligi ham keskin pasayib ketadi. Azot haddan tashqari ortib ketsa,
o‘simliklar yer ustki massasining ortishi sababli ular yerga yotib qolishi
kuchayadi va poyasi pastki qismining pishiqligi pasayadi (murt bo‘lib
qoladi).
Tabiiy guruhlardagi o‘simliklarni o‘rganishda ba’zan foydali
shakldagi azotning madaniy o‘simliklarga ta’siri yetarli darajada
o‘rganilganligiga qaramay, tuproqda uning tanqis bo‘lishiga yo‘l ko‘yiladi.
Bunda azot tanqisligini, masalan, O‘rmonda qiyalik joylarda o‘sadigan
qoraqarag‘ayning urug‘ ko‘chatlari paydo bo‘lish belgilaridan sezish
mumkin (Orlov, Koshelkov, 1971).
Do'stlaringiz bilan baham: |