TUPROQ MEXANIK TARKIBINING EKLOGIK AHAMIYATI
Tuproqning mexanik (yoki granulometrik) tarkibi nurash
protsesslari va keyinchalik ona jinsning biologik qayta ishlanishi
natijasidir. Odatda, u turli o‘lchamdagi mineral zarrachalarning
protsent hisobdagi nisbati bilan harakterlanadi. Umuman olganda
tuproq; mexanik tarkibining o‘simliklarga va o‘simliklar to‘plamiga
bevosita ko‘rsatadigan ta’siri juda kam desa bo‘ladi. Uning ta’siri,
masalan, tuproq zichligining ortishida namoyon bo‘ladi. Bu esa
o‘simliklar ildizining chuqur kirib o‘sishiga to‘sqinlik qiladi.
Tuproqdagi bo‘shliqlar xajmi uning mexanik tarkibiga bog‘liq
bo‘ladi. Yirik o‘lchamdagi mineral zarrachalar bo‘shliqlar xajmini
oshirib, aeratsiya yaxshi borishi uchun imkoniyat yaratadi, lekin
tuproq,nnng suv saqlash xususiyati pasayib ketadi. Tuproqning
muxim xossalaridan biri singdirish xususiyatidir. Bunda u uzok,
muddat davomida ildiz sistemasi joylashgan zonada oziq moddalarii
caqlab turadi; bu esa asosan tuproqning mayda zarrachalari
miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun ham gil tuproqlarning
singdirish xususiyati qumli tuproqlarnikiga qaraganda yuqori
bo‘ladi. Mayda zarrachalar tuproqning aktiv satxini ancha
kattalashtiradi va ildizlarning tuproq zarrachalariga tegib turish
imkoniyatini oshi radi.
Tuproq zarrachalarining «o‘ziga xos, ya’ni ichki yig‘indi
yuzasi» oziq moddalarning saqlanib turishida va mikroorganizmlar
faoliyatida katta ahamiyatga ega. Bu yuza kancha katta bo‘lsa,
tuproqning ion almashtirish xususiyati shuncha yuqori bo‘ladi va u
shuncha ko‘p suv saqlaydi. Bu satx kichrayishi bilan tuproq zarra-
chalari orasidagi moddalar almashinuvi imkoniyati ham kamayadi.
Mineral zarrachalar o‘lchamiining maydalashishi tufayli tuproqning
suv saqlash xususiyati ortadi, aeratsiyasi esa pasayib ketadi. Bunday
tuproqlar isishi uchun ko‘p issiqlik kerak bo‘ladi (ular «og‘ir
tuproqlar» deyiladi).
«Engil tuproq» deganda (mineral zarrachalari ancha yirik
bo‘ladi), ancha issiq quruk, lekin tarkibida oziq moddalar kam
bo‘ladigan tuproq haqida tushuncha paydo bo‘ladi. Mineral
zarrachalari ancha yirik bo‘lgan qumli tuproqlarning gumid iklim
sharoitida suv va xavo o‘tkazuvchanligi yuqori bo‘ladi, ularniig
chuqur qatlamlarigacha isiydi, shunga ko‘ra, ular tufayli janubdagi
ancha issiqsevar o‘simlik turlari shimoliy zonaga kirib borishi
mumkin. Arid oblastlarda bunday tuproqlar kapillyarlari kamligi
tufayli gil tuproqlarga Qaraganda namni yaxshi saqlaydn; ular
o‘simliklarga ancha boy bo‘ladi, bu tuproq tufayli shimol
o‘simliklari janub tomonga kirib borishi mumkin. Arid zona
tuproqlari kancha zich bo‘lsa, usimliklar turi ham shuncha kam
bo‘ladi, tuproq yirik fraksiyalarining ortib borishiga qarab
o‘simliklar turi ko‘payib boradi. Zich, kislorod kam bo‘ladigan
tuproqlarda o‘simliklar ildizi har doim ancha yuza joylashadi.
Tuproqning haqiqiy mexanik tarkibidan tashqari, aloxida
zarrachalari birlashib, birmuncha mustaqkam agregatlar hosil qilishi
ham katta ahamiyatga ega, Tuproqning ana shunday strukturasi hosil
bo‘lishida tuproq kolloidlari, kalsiy karbonat, ildiz tuklari,
zamburug‘lar mitseliysi, mikroblar ajratganq moddalar, gumus
(chirindi) va boshqalar katta rol o‘ynaydi. Tuproq gorizontlarining
strukturasi o‘simliklar ildizi ma’lum chuqurlikkacha kirib borishini
ta’minlaydi, ko‘p jiqatdan tuproqning suv, xavo va issiqlnk rejimi
undagi
mikroorganizmlar
aktivligiga
ta’sir etadi, ko‘pincha
tuproqning oziq moddalarga qancha boyligini ko‘rsatuvchi belgi
hisoblanadi. Odatda, strukturasiz chirindili tuproqlarda oson
o‘zlashtiriladigan organik moddalar va azot kam bo‘ladi chirindili
donador tuproqlar oson o‘zlashtiriladigan mineral tuzlarga (ayniqsa
azot tuzlarnga) boy bo‘ladi. Tuproqning ana shu barcha xossalari
tegishli ekologik xususiyatlarga ega bo‘lgan o‘simliklarning
o‘sishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. o‘simliklarning psammofitlar
(qumliklarda o‘sadigan o‘simliklar) singari ekologik gruppasi
biologiyasi va ekologiyasining xususiyatlari tuproqning «dag‘al»
mexanik tarkibiga bevosita bog‘lik; bo‘ladi.
Qum o‘rtacha fraksiyadagi birmuncha silliqlashgan kvars
donachalaridan tuzilgan bo‘lib, mexanik tarkibiga ko‘ra 0,25—0,5
mm li fraksiyalar asosiy qismini tashkil etadi, ular 80—90% ga
yetadi. 0,01 mm li fraksiyalar esa mayda changdan iborat va kam
bo‘ladi. Qumning bunday mexanik tarkibi suv utkazuvchanlikning
yuqori darajada bo‘lishini ta’minlaydi, chunonchi, 20—25 minut
davomida 1 m chuqurlikkacha namlanadi. Lekin unga ozgina
changsimon zarrachalar qo‘shilib kolsa, suv utkazuvchanligi keskin
pasayib ketadi. Qum yaxshi namlanishi bilan bog‘liq xolda yaxshi
yuviladi ham (ishqorsizlanadi), shunga ko‘ra, odatda, tarkibida oson
eriydigan tuzlar bo‘lmaydi; lekin uncha katta bo‘lmagan chuqurlikda
gips tuplanishi mumkin. qumning kapillyarligi pastligi tufayli uning
yuzasidan suv kam bug‘lanadi va ma’lum chukurlikda «muallaq»
xolda uzoq muddat saqlanib turadi.
Qumlarning
sochiluvchanligi,
harakatchanligi
psam-
mofitlarning biologik xususiyatlariga katta ta’sir ko‘rsatadi. Bunday
sharoitda o‘simliklar doim qum bilan ko‘milib kolish xavfi ostida
bo‘ladi, lekin qumning ko‘chib yurishi va o‘simliklar ildiz
sistemasining ochilib qolishi substratning yuqori darajada xavo
o‘tkazuvchanlik xususiyati bilan qoplanib ketadi. Kumni shamol
uchirib ketishi kam o‘simliklarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni
bunda ularning ildiz sistemasi ochilib koladi. Qumli cho‘llarning
O‘simliklari kumning shamolda uchib ketishini va kuchib yurishiii
to‘sadi, shamolning tezligini kamaytiradi, shu yo‘l bilan kumning
qurib kolishining oldini oladi. Tuproqning temieraturasi, yoritilish
darajasi va namli- gi ham o‘simliklar turini o‘zgartirib yuboradi.
Cho‘l sharoitida tuproq namligi cheklangan faktor bo‘lganligi tufayli
xatto uning o‘simliklar ta’sirida bir oz bo‘lsa kam o‘zgarishi juda
muxim hisoblanadi. Masalan, psammofit o‘simlik Carex physoides
zich va qalin shoxlangan ildiz sistemasi orqali atmosfera
yog‘inlarining deyarli xamma kismini qamrab oladi.
Psammofitlar
quyidagi
ekologik
xususiyatlari
bilan
harakterlanadi.
1. Substratning juda karakatchanligi ularda xaddan tashkari
uzun (ba’zan 20 m gacha yetadigan) ildizlar rivojlanishi bilan
bog‘lik bo‘lib, bu xildagi ildizlar tuproqning nam gorizontida xar
tomonga yoyilib o‘sadi va o‘simlikni suv bilan ta’minlab turadi.
2.Psammofitlarning
ildizi
qurishdan
va
mexanik
shikastlanishdan
mustaxkam
pustlok
tuqimalari
bilan
muxofazalangan bo‘ladi; ayrim turlari (masalan, (Arisfida Karelini)
da bu xildagi mukofazalanish vositasi aloxida qum g‘ilofdan iborat
bo‘lib, u qumning sementlangan yopiщqoq moddasidan hosil bo‘ladi.
3.Psammofitlar kumga kumilib qolishiga qarshi kurashish
uchun kumning yangi yuzasi yakin joyda qo‘shimcha ildizlar hosil
kilish reaksiyasiga ega bo‘ladi, bunda asosiy ildizning qum
donachalari tomonidan shikastlanishi qo‘shimcha ildiz chikarishga
imkon beradi.
4. Barg ork.ali transpiratsiyani kamaytirish yo‘llaridan biri
mayda barglilik va bargsizlik (afilliya) dir. Yozgi jazirama issiq
boshlanishi bilan yozgi xazonrezgilik boshlanadi yoki birinchi
generatsiyadagi yirik barglar keyingi generatsiyadagi ancha mayda
bo‘lgan barglarga almashinadi. Tukilgan barglarning assimilyatsiya
funksiyasini novdalar bajarishi mumkin. Birinchi generatsiyadagi
yozda to‘kiladigan barglarda, odatda, kseromorf tuzilish belgilari
aniq bo‘lmaydi. Substrata harakatchan bo‘lgani uchun, odatda, psam-
mofitlar anemoxorlar, ya’ni mevasi shamol yordamida tarqaladigan
o‘simliklar gruppasiga kiradi. Shunisi qizikki, psammofitlarda,
odatda, rezavor tipidagi sersuv meva hosil bo‘lmaydi. Substratning
mexanik xususiyati qoyalarda, sochil- malarda, toshloqlarda
o‘sadigan o‘simliklar (litofitlar) ga ham katta ta’sir ko‘rsatadi.
Ildizlar o‘sishi mumkin bo‘lmagan koyalar va toshlar yuzasida
birinchi navbatda epifit o‘simliklar-mikroorganizmlar, suvutlar,
lishayniklar o‘sadi, ular uzoq davom etadigan biologik nurashga
sabab bo‘ladi. Agar qoya va toshlarda yoriqlar bo‘lsa, ayniqsa tuproq
bilan to‘lgan bo‘lsa, u yerda xasmofit o‘simliklar o‘sadi. Nihoyat,
harakatchan tog‘ sochilmalarida substratning harakatchanligiga
moslashgan xilma-xil o‘simliklar turi o‘sadi. Bu xildagi o‘simliklar
sochilmalarni asta-sekin mustaqkamlaydi, harakatini to‘xtatadi va
keyinchalik mayda tuproq zarrachalari to‘plangandan keyin u yerda
butalar va o‘tlar o‘sadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |