Ekologiyaning qisqacha rivojlanish tarixi


TUPROQDAGI KALSIYNING EKOLOGIK AHAMIYATI



Download 1,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/63
Sana07.04.2022
Hajmi1,8 Mb.
#533850
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   63
Bog'liq
af28d4741e881e0c7667589aa2fd2e03 Ўсимликлар экологияси (1)

TUPROQDAGI KALSIYNING EKOLOGIK AHAMIYATI 
Kalsiy Yer po‘stlog‘ining tuzilishida ishtirok etadi. Ayniqsa 
ohakli tog‘ jinslari kalsiyga boy bo‘ladi, ular tarkibidagi SaS0
3
(marmar, bo‘r) miqdori 99% gacha yetadi. Gipsda (CaS0
4
-2H
2
0), 
dolomitda [CaMg(C0
3
)]
2
hamda mergelda kalsiy ko‘p bo‘ladi. 
Tarkibida CaP0
4
bo‘lgan apatit juda muhim mineral hisoblanadi. 
O‘simliklar gips va ozhakli tog‘ jinslari tarkibidagi kalsiyni, 
shuningdek, tuproq kolloidlarining almashinuvchi kalsiysini oson 
o‘zlashtiradi. Bulardan taqari, tuproqda fosfor, kremniy va organik 
kislotalarning kalsiyli tuzlari bo‘ladi. Tuproqdagi Sa miqdori 3% dan 
ortiq bo‘lsa, ular kalsiyga boy tuproqlar hisoblanadi; bu xildagi 
tuproqlar xlorid yoki sirka kislotalar ta’sirida «qaynab chiqadi». 


Tuproqning kolloid kompleksida Ca kolloid zarrachalar tomonidan 
o‘zlashtirilgan ionlar shaklida bo‘ladi. N+ va ON- erkin ionlar soni, 
ya’ni tuproq eritmasining reaksiyasi kolloidlarning kalsiy bilan 
to‘yinish darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Shunday qilib, kalsiy tuproqning 
ekologik xossalarini aniqlashda katta ahamiyatga ega bo‘ladi. 
Gumid iqlimda yuvilish kuchli darajada bo‘lganligi uchun 
kalsiy kam bo‘lgan tuproqlar ustunlik qiladi, arid iqlimda esa buning 
aksi kuzatiladi, ya’ni tuproq kalsiyga boy bo‘ladi. 
O‘simliklar kalsiyni o‘zlashtirib, uni yuvilib ketishdan 
saqlaydi, ular nobud bo‘lgandan keyin esa kalsiy yana tuproqda 
qaytib tushadi. Kalsiyning bunday aylanib yurishda ildizi tuproqqa 
chuqur kirib boradigan o‘simliklar, shuningdek, daraxtlar ayniqsa 
katta ahamiyatga ega bo‘ladi. O‘t o‘simliklardan, Sa ni to‘plashi 
buyicha, 
dukkakdoshlarni 
ko‘rsatish 
mumkin, 
ular 
kalsiyni 
tuproqning chuqur qatlamlaridan o‘zlashtiradi, nobud bo‘lganida esa 
tuproqning yuza qatlamini yana kalsiyga boyitadi. 
Kalsiy ko‘p jihatdan tuproqning fizik va ximiyaviy xossalariga, 
ya’ni shu bilan o‘simliklarga bilvosita ta’sir ko‘rsatadi. Yerga kalsiy 
solinsa (ohaklash), vodorod va alyuminiy ionlarining zararli ta’sirini 
kamaytiradi, bu esa chirindi mavjud bo‘lgan sharoitda tuprokning 
mustahkam donador strukturasini hosil qiladi, natijada tuprokning 
suv-xavo xamda issiqlik rejimi yaxshilanadi, unumdorligi ortadi. 
Bundan tashqari, kalsiy tuzlari temir va alyuminiyning qiyin 
eriydigan fosfatlari bilan almashinuv reaksiyasiga kirishib, ularni 
eruvchan holatga, ya’ni o‘simliklar foydalanishi uchun qulay shaklga 
o‘tkazadi. Kislotalarni neytrallovchi CaS03 bilan boy bo‘lgan 
tuproqlar neytral yoki kuchsiz teoriy reaksiyaga ega (pH-7,0 ga 
yaqin) 
bo‘ladi. 
Lekin 
Ca 
miqdorining 
ortishi 
tuprokning 
iщqoriyligini yanada kuchaytirmaydi. Chunki pH tuprok tarkibidagi 
karbonatlar yigindisiga bog‘liq bo‘lmaydi. Tuproqning neytral 
reaksiyasi tuproq mikroorganizmlari uchun qulay sharoit yaratadi va 
tuproqning ko‘p xossalarida o‘z aksini topadi. Odatda, ohakli 
tuproqlar har doim quruq va issiqroq bo‘ladi. 
Oziqlanishning muhim elementi hisoblangan Sa moddalar 
almashinuvida ichki hujayralarga ta’sir ko‘rsatadi. U ayniqsa zararli 
tuzlarni neytrallaydi va ularning zararli ta’sirini to‘xtatadi. Ba’zi 
turlarda hujayra shirasida Sa keragidan ortiqcha bo‘lishi kaliy 
elementi o‘zlashtirilishini tormozlaydi va ba’zi fiziologik protsesslar 
zararli ta’sir etishiga sabab bo‘ladi 
Tuproqda kalsiy bo‘lishiga munosabatiga qarab, odatda 
o‘simlik turlari quyidagi gruppalarga bo‘linadi (kalsiy deganda, 
odatda, CaS0
3
> ba’zan Sa ioni ko‘zda tutiladi): 
1) 
doim 
kalsiy 
talab, ya’ni normal rivojlanishi uchun ohakka boy substratga muxtoj 


turlar; 2) kalsifillar-«ohaksevar», ya’ni ohakli tuproqlarda yaxshi 
o‘sadigan turlar; 3) kalsi- foblar ohakdan qochuvchilar, kalsiyning 
ortiqcha bo‘lishi bular uchun zararlidir (masalan, sfagnum moxi); 4) 
kalsiyga befarq bo‘lgan turlar. 
Kalsiy tuproqning ko‘p xossalariga bog‘liq bo‘ladi. Agar 
mazkur tuproq kalsiy kam bo‘ladigan tuproq xossalariga ega bo‘lsa, 
u vaqtda bu xildagi tuproqlar kalsifitlar uchun ham yaroqli bo‘lishi 
mumkin. Bizningcha, bu holda o‘simliklarga tuproqning ximiyaviy 
xossalari qanchalik ta’sir ko‘rsatsa, fizik xossasi ham shunchalik 
ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, kalsifillar oxakli tuproqlarni afzal ko‘radi, 
chunki bu xildagi tuproqlar quruq, issiq va havoni yaxshi 
o‘tkazadigan bo‘ladi. Shunday qilib, kalsifitlarga kiruvchi tilog‘och 
SSSR Yevropa qismining shimoli-sharqida ham ohakli, ham ohaksiz, 
lekin qumli tuproqlarda yaxshi o‘sadi, chunki bu xildagi tuproqlar 
qypyiq va issiq bo‘ladi. Shunday qilib, kalsifillik va kalsifoblik 
masalasi juda murakkab bo‘lib, uni barcha turdagi o‘simliklar uchun 
bir tomonlama hal qilish mumkin emas. 

Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish