Ekologiyaning qisqacha rivojlanish tarixi


TUPROQ EKOLOGIK FAKTORLARI



Download 1,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/63
Sana07.04.2022
Hajmi1,8 Mb.
#533850
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   63
Bog'liq
af28d4741e881e0c7667589aa2fd2e03 Ўсимликлар экологияси (1)

TUPROQ EKOLOGIK FAKTORLARI 
 
Tuproq qoplami yerning mustaqil qobigi (pedosfera) bo‘lib u 
biosferaning 
energiya 
balansida 
muhim 
rol 
o‘ynaydi. 
V.V.Dokuchaev tuproqlarni yerning ustki qobig‘ini hosil qiluvchi 
alohida tabiii jismlar deb ta’riflaydi. Tuproqlar yuza tog‘ jinslariga 
fizik-geografik muhit bilan organizmlarning tasiri ostida paydo 
bo‘lgan. Tuproqning asosiy xususiyati o‘simliklar organik moddalar 
hosil qilishini, ya’ni uning unumdorligini ta’minlash uchun sharoit 
yaratishdan iborat. Tuproqning ana shu unumdorligi tufayli 
o‘simliklar bemalol o‘sa oladi va quyosh energiyasidan foydalanib, 
yangi organik moddalar sintezlaydi. Tuproqning tog‘ jinslaridan farq 
qiladigan xususiyatlarini aytib o‘tish mumkin. Bular: tuproq
qatlamining vertikal bo‘yicha bir xil emasligi, yani gorizontlarga 
ajralishi; tuproqning muhim botanik geografik ahamiyatga ega 
bo‘lgan bo‘shliklarida sodir bo‘ladigan o‘zgaruvchanlikning keskin 
namoyon bo‘lishi, tog‘
 
jinslariga xos bo‘lmagan fizik xususiyatlar, 
suv o‘tkazuvchanlik, havo o‘tkazuvchanlik kabi xossalarning 
mavjudligi; tuproqning o‘ziga xos fizik va ximiyaviy xossalarga 
ega bo‘lishi, ayniqsa ustki katlamining organik moddalarga boy 
bo‘lishi va o‘simliklar uchun muhim bo‘lgan ozik, elementlarini 
to‘plash qobiliyati, tuproqda juda ko‘p sondagi organizmlar yashashi 
va o‘simliklarning ildiz sistemasi bilan o‘zaro bog‘liqligi tuproqning 
mavsumiy dinamikasi va yil fasllarining o‘zgarishi, chunonchi
o‘simliklarning rivojlanish fazalari, mikroorganizmlarning hayot 
faoliyati dinamikasi ob-havo sharoiti bilan bog‘likligi va nihoyat 
tuproqning boshqa barcha xususiyatlariga bog‘liq holda uning 
unumdorligi katta ahamiyatga ega. XIX asrdayok fitogeograflar 
o‘simlikla harakte- ri bilan tuproq orasidagi bog‘liqlikni o‘rganishga 
harakat qilganlar. O. 
Dekandol (1832) 
tuproqning organik 
moddalariga katta ahamiyat bergan, Unger (1836) tuproqning 
ximiyaviy xossalarini, Turman (1849) fizik xossalarini birinchi 
o‘ringa qo‘ygan. Gola (1919) tuproq eritmasining osmotik bosimiga 
ko‘proq e’tibor bergan. Lekin o‘simlik uchun ham, umuman 
o‘simliklar uchun ham tuproqning barcha asosiy xossalari, 
chunonchi, uning himizmi (mineral oziqlanishidagi elementlar, 
kislotaliligi va hokazolar), mexanik tarkibi, strukturasi, tuproq hosil 


qilish harakteri, tuproqning kelib chiqish tarixi va tuproq tiplari katta 
ahamiyatga ega. 
Xossalari bilan bir-biridan farq qiladigan tuproq gorizontlari 
tuproqning 
vertikal profilina 
hosil qiladi. Bu farqlar o‘simliklar 
ildizining 
o‘sishi 
va 
rivojlanishida, 
tuproqdagi 
barcha 
organizmlarning hayot faoliyatida o‘z aksini topadi. Masalan, tabiiy 
podzol tuproqli yerlarda podzollashgan gorizont, sho‘rtob tuproqli 
yerlarda esa yuvilib ketgan zich gorizont o‘simliklarning hayoti 
uchun bir oz yaroqli hisoblanadi. Tuproqning qalinligi ham muhim 
ekologik faktor hisoblanadi. U shuning uchun muhimki, o‘simliklar 
ildizining tarqalishiga ta’sir etadigan tuproq ona jinsining va tuproq 
osti katlamining joylashish darajasini ifodalaydi. Iqlim sharoiti 
tuproq hosil bo‘lishi uchun noqulay bo‘lgan joylarda, masalan, 
Arktikada sayoz tuproq qatlami hosil bo‘ladi. 
Tuproqning yoshini bilish
shuning uchun muhimki, vaqt o‘tishi 
bilan tuproq hosil qilish faktorlari ta’sirida tuproq sezilarli darajada 
o‘zgarib boradi. Tuproq faqat yuksak o‘simliklar ta’sirida rivojlnib 
boradi. Fitotsenozsiz (yoki umuman biotsenozsiz) tuproq bo‘lmaydi 
va faqat fitotsenozgina tuproqshshg fizik va ximiyaviy xossalarini 
o‘zgartiradi, uning unumdorligini shakllantiradi. Tuproqning yoshi 
oshib borgan sari tarkibidagi karbonatlar kamayib boradi, iщqoriy 
reaksiyasi ko‘pincha kislotali reaksiyaga o‘tadi, organik moddalar 
miqdori ortadi va hokazo. Bu o‘zgarishlarning hammasi o‘simliklar 
qoplamiga va uning turlariga ta’sir etadi. 
Tuproning suv rejimi
to‘g‘risida suv ekologik faktor degan 
bobda to‘xtalgan edik. Odatda, suv rejimi juda o‘zgaruvchanligi 
bilan harakterlanadi, vegetatsiyasining ayrim davrlarida o‘simlikning 
suv bilan ta’minlanishining kuchayib yoki aksincha keskin pasayib 
ketishi ana shunga bog‘liq bo‘ladi. Suv reji mining o‘zgaruvchanligi 
ayniqsa janubiy dashtlar kichik zonasida keskin namoyon bo‘ladi, 
chunki bu yerlarda yil davomida tushadigan yog‘in bir xilda 
taqsimlanmaydi va suv bug‘lanishi juda yuqori darajada bo‘ladi. 
Gumid oblastda (tundra o‘rmon zonasida) ham namlikning 
o‘zgaruvchanligi kuzatiladi, lekin bu o‘zgarish uncha keskin 
namoyon bo‘lmaydi, bu hol ko‘p jihatdan tuproqda to‘planadigan 
o‘lik organik moddalarga borliq bo‘ladi. Bu moddalar tuproq namini, 
ayniqsa quruq kelgan yillarda, yaxshi saqlab qolish xususiyatiga ega 
bo‘ladi. Bularning hammasi o‘simliklar qoplami va o‘simliklar 
turlari uchun katta ahamiyatga ega. 
Tuproqning issiqlik rejimi
haqida ham yuqorida gapirilgan edi. 
Ma’lumki, tuproqqning issiklik rejimi joyning relefiga va 
yonbag‘irlarning qiyaligiga lekin birinchi navbatda iqlim sharoitiga 
bog‘liq bo‘ladi. Iqlim qancha issik; bo‘lsa, tuproq shuncha tez va 


chukur isiydi, u qancha kontinental bo‘lsa, temperaturasining 
mavsumiy o‘zgarishi shuncha keskin bo‘ladi. Tuproqning issiklik 
rejimi, ayniqsa, issiklik yetishmasligi o‘simliklarda bir qator 
morfologik va ekologik xolatlarni yuzaga keltirishi mumkin, bu xol 
o‘simlik qoplami strukturasini belgilaydi. 
Tuproning xavo rejimi
suv rejimi bilan uzviy bog‘langan 
bo‘lib, tuproq kancha nam bo‘lsa, unda xavo shuncha kam, ya’ni 
uning aeratsiyasi ham shuncha yomon bo‘ladi. Yoki aksincha, tuproq 
aeratsiyasi qancha kuchli bo‘lsa, u xaddan tashqari qurib ketadi. 
Yog‘in ko‘p tushadigan gumid iqlimli oblastlarda (tundrada, nina- 
bargli o‘rmonlarda) tuproq, aeratsiyasi juda past bo‘ladi. Tuproq 
nami turg‘un bo‘lganda, tarkibidagi loyqa zarrachalari miqdori 
ortganda va strukturasi yo‘qolgan xollarda aeratsiya pasayib ketadi. 
Aksincha, tuproq serg‘ovak bo‘lganda gravitatsion suv oqimi 
kuchayadi, bu esa aeratsiyani va shunga muvofiq ravishda 
tuproqning qurishini kuchaytiradi. 

Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish