Ekologiyaning qisqacha rivojlanish tarixi


nisbatni belgilaydi. Albatta, populyatsiyalar  tarkibida kun uzunligiga tor va keng moslashgan o‘simliklar



Download 1,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/63
Sana07.04.2022
Hajmi1,8 Mb.
#533850
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   63
Bog'liq
af28d4741e881e0c7667589aa2fd2e03 Ўсимликлар экологияси (1)

 
nisbatni belgilaydi. Albatta, populyatsiyalar 
tarkibida kun uzunligiga tor va keng moslashgan o‘simliklar
 
bo‘lishi 
mumkin. Shunga ko‘ra, o‘simliklarning tarqalish arealini
 
o‘rganishda 
fotoperiodizm faktorini albatta hisobga olish kerak bo‘ladi. Kun uzunligiga 
nisbatan indifferent bo‘lgan o‘simlik turlari potensial kosmopolitlar 
hisoblanadi. Erta bahordan kech kuzgacha gullaydigan turlar ham shular 
jumlasiga kiradi. Boshqa turlar muayyan kun uzunligida gullay olishga 
imkon beradigan geografik kenglik doirasidan chetga chiqa olmaydi. Uzun 
kun o‘simliklari (masalan, Calluna vulgaris) agar «mavsumdan tashqari 
vaqtda» sun’iy uzun kun sharoitiga o‘tkazilsa, o‘sishi mumkin. Odatda, 
o‘simliklar gullashi davrida sekin o‘sadi, lekin agar muttasil uzun kun 
sharoitida saqlansa, ular intensiv o‘sish fazasiga kirishi va gullashi mumkin. 
Tabiiy sharoitda kunning qisqarishi va vegetatsiya davri oxirlarida 
temperaturaning pasayishi natijasida qayta gullashga majbur qiladigan 
«provokatsiya» xodisasining oldi olinadi: qisqa kun sharoitida o‘simlik-
larning o‘sishi susayadi va guli shakllanmaydi. Kun qisqarishi bilan o‘sish 
protsessi aktivlashgandan keyin u temperatura sharoiti bilan nazorat qiliiadi. 
Fotoperiodizm amaliy jihatdan ham katta ahamiyatga
 
ega, chunki u 
o‘simliklarni shimol tomonga surish imkonini beradi. 
O‘SIMLIKLARGA ISSIKLIKNING TA’SIRI.
 
Barcha fiziologik va ximiyaviy protsesslar ma’lum bir 
temperatura chegarasida boradi. Shunga ko‘ra, issiklik faktori 
o‘simliklarning geografik jihatdan tarqalishida ham katta rol 
o‘ynaydi. Ma’lumki, issiqlik kinetik energiya shakllaridan biri 
bo‘lib, boshqa turdagi energiyaga aylanishi va nisbatan issiq bo‘lgan 
jismdan sovuqroq jismga o‘tishi mumkin. Issiqlikning bunday 
o‘zgarishi yoki uzatilishining uchta usuli: radiatsiya, issiklik 
almashinuvi va konveksiya usuli mavjud. 
Radiatsiya
deganda, Quyoshdan yoki quyosh nuridan isigan 
jismdan har xil uzunlikdagi (nurlar) tulqinlar tarqalishi tushuniladi. 
Atmosfera kuyosh radiatsiyasining yoki insolyatsiyaning ma’lum bir 
qismini tutib qoladi, qolgan qismi esa yergacha yetib kelib, uni 
isitadi. Yer isigandan keyin, o‘z navbatida, olgan energiyaning bir 
qismini atmosferaga qaytaradi. Lekin atmosfera xuddi ekran singari 
vazifani bajaradi, ya’ni o‘ziga tushgan energiyani tutib qolib, bir 
qismini 
qaytaradi. 
Tuproq 
yuzasidagi 
quyoshdan 
isigan 
molekulalarning o‘zgaruvchan aktivligi havoning tuproqqa yaqin 
qatlamlariga o‘tadi va ana shunday issiqlik o‘tkazuvchanlik 


natijasida issiklik almashinuvi, issiklik uzatish sodir bo‘ladi. 
Atmosferaning pastki qatlamlari isiganda zichligi pasayadi va isigan 
havo yuqoriga ko‘tariladi, ular o‘rnini esa ancha sovuq havo massasi 
egallaydi. Bundan tashqari, issiklik energiyasi havo oqimi orqali va 
gorizontal yo‘nalishda nisbatan issiq joydan nisbatan sovuq joyga 
tomon harakat qiladi. Gazlar aralashmalari orqali bu xildagi issiqlik 
almashinuvi 
konveksiya
deb ataladi. 
O‘simliklarning issiklik rejimi uchun mazkur sathga 
tushayotgan issiqlik energiyasini undan qaytarilayotgan issiklik 
energiyasiga nisbatini aniqlash juda muhimdir. Bu nisbatning 
protsent hisobidagi miqdorn «albedo» deb ataladi (bu termin 
yorug‘lik 
energiyasiga 
nisbatan 
ham 
ishlatiladi). 
Issikliq 
energiyasining o‘lchov birligi Joul (J) bilan ifodalanadi. Bir kaloriya 
4,186 J ga teng. Boshqacha aytganda, 1000 kaloriya kilokaloriyani 
(kkal), ya’ni 4,186·10
3
J ni tashkil qiladi. Minutiga har 1sm
2
hisobiga 1 kaloriyani tashkil etuvchi radiatsiya 6,98-10
2
Vt-m-
2
ga, 
ya’ni 698 J-m 
2
-s
-1
ga teng keladi. 
Temperatura
termini 
(jismning 
isiganlik 
darajasi) 
jismning 
molekulyar aktivligi darajasini ifodalash uchun ishlatiladi. Shunga
 
ko‘ra, issiqlikni «temperatura» dan farq qila bilish kerak. Boshqacha 
aytganda, «temperatura» sifat ko‘rsatkichi (molekulyar aktivlik 
darajasi), «issiqlik» esa miqdor ko‘rsatkichi hisoblanadi. Buni biron-
bir narsaning ikki xil massasini bir xil temperaturagacha isitish 
uchun kichigiga kattasiga nisbatan kam energiya sarflanishdan ham 
bilish mumkin. 

Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish