Ekologiyaning qisqacha rivojlanish tarixi


SUV REJIMIGA MUNOSABATIGA KO‘RA O‘SIMLIKLARNING



Download 1,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/63
Sana07.04.2022
Hajmi1,8 Mb.
#533850
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   63
Bog'liq
af28d4741e881e0c7667589aa2fd2e03 Ўсимликлар экологияси (1)

SUV REJIMIGA MUNOSABATIGA KO‘RA O‘SIMLIKLARNING 
EKOLOGIK GURUHLARI
O‘tgan asrning oxirida A. Shimper va Ye. Varming suv 
rejimiga munosabatiga ko‘ra, o‘simliklarni 3 ta ekologik gruppaga: 
gigrofitlar, mezofitlar va kserofitlarga bo‘lishni taklif etganlar. Biz 
yuqorida aytib o‘tgan quruq iqlim sharoitida o‘sadigan o‘simliklar 
uchun tipik bo‘lgan morfologik belgilar bu gruppalarning har aysisi 
uchun u yoki bu darajada xosdir. Quyida bu gruppalarga mansub 
o‘simliklarning gigromorf mezomorf va kseromorf tuzilishi haqida fikr 
yuritamiz. 
A.P.Shennikov 
(1950) 
Shimper 
va 
Varmingan 
keyin 
o‘simliklarni quyidagi gruppalarga bo‘ladi: 1) 
gigrofitlar
-soya va 
yorug‘da o‘sadigan; 2) 
kserofitlar-
bular s u k k u l e n t l a r g a -suv 
zapas qiladigan to‘qimalari bo‘lgan seret, sersuv o‘simliklarga va 
sklerofitlarga- quruqroq, ingichka, qattiq o‘simliklarga bo‘linadi; 3)
 
psixrofitlar
-shimolda yoki baland tog‘li zonada nam va sovuq 
joylarda o‘sadigan o‘simliklar; 4) 
kriofitlar-
shimolda yoki baland 
quruq va sovuq joylarda o‘sadigan o‘simliklar; 5) 
mezofitlar-
namgarchilik o‘rtacha bo‘ladigan sharoitda o‘sadigan, gigrofitlar 
bilan kserofitlar orasidagi o‘simliklar. Ushbu klassifikatsi asoslanib, 
o‘simliklarning quyidagi asosiy tiplari bilan tanishamiz.
Gigrofitlar. Gigrofitlarga quruqlikda o‘sadigan o‘simlnklar 
kiradi, ularning ontogenezi suv bilan yaxshi ta’minlangan va havo 
namligi yetarli bo‘lgan sharoitda o‘tadi. Shuning uchun ular 
kuruqlikda yashash uchun hech qanday alohida anatomik-morfologik 
yoki fiziologik moslashuvga ega emas. Tropik o‘rmonlarning nam va 
issiq sharoitida o‘sadigan, shuningdek, bizdagi salqin o‘rmonlarda 
tarqalgan o‘simliklar gigrofitlarning tipik vakillari hisoblanadi. 


«Gigrofitlar» degan nomning o‘zi ular suv bug‘i bilan to‘yingan 
havo sharoitida o‘sishini ko‘rsatadi. Mo‘’tadil zonadagi gigrofitlarni 
2 gruppaga bo‘lish mumkin: a) soya o‘rmonlarda o‘sadigan yupqa 
bargli gigrofitlar (adoksa, cho‘pxina va boshqalar) havoning yerga 
yakqin qatlamidagi namni saqlaydi. Havo quruq bo‘lsa, ular tez 
so‘lib qoladi; b) ochiq joylarda o‘sadigan yorug‘sevar gigrofitlar 
uchun tuproq va havo doim nam bo‘lishi kerak (kalujnitsa, boltiriq 
va boshqalar). Ular suv rejimining o‘zgarib turishiga kam 
moslashgan bo‘lib, tez so‘lib qoladi va suv bilan yaxshi 
ta’minlanmagan sharoitda ularning hayot faoliyati keskin pasayib 
ketadi. Bu o‘simliklarning kam shoxlanadigan ildizi va barglari 
aerenxima bilan ta’minlangan bo‘ladi. Barglaridagi ustunsimon 
parenxima va sklerenxima kuchsiz rivojlangan, kutikulasi esa 
bilinmaydi. Og‘izchalari ko‘pincha barglarining ikkala tomonida 
joylashadi, lekin ular orqali transpiratsiyaning tartibga solinishi 
kuchsiz ifodalangan. Bularning hammasi barglarning va butun 
o‘simlikning gigromorf tuzilish belgilaridir. 
Kserofitlar. Bu ekologik gruppaning xossalari gigrofitlarnikiga 
qarma-qarshi bo‘ladi. Kserofitlar havo va tuproqning uzoq davom 
etadigan va anchagina kuchli quruqligiga aktiv holatda chidaydi. 
Ular quruq issiq iqlim zonalari (adirlar, cho‘llar, O‘rta dengiz 
oblastlari boshqalar) uchun tipik hisoblanadi. Issiqsevar kserofitlar 
(termokserofitlar) nam iqlim zonalarida ham, lekin, odatda kuchli 
isiydigan janubiy yonbag‘irlarda, ya’ni mezofitlar va gigrofitlar 
uchun noqulay bo‘lgan joylarda uchraydi. Kserofitlarning noqulay 
namlik sharoitiga chidamliligi ularning ayrim anatomik-morfologik 
belgilariga bog‘liq. Ana shu belgilariga ko‘ra, kserofitlar 2 
gruppaga: sukkulentlar va sklerofitlarga bo‘linadi. 

Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish