Qurg‘oqchilik boshlangan vaqtda o‘simliklar transpiratsiyani tartibga
solib turish uchun og‘izchalarini yopishga majbur bo‘ladi, ma’lumki,
bunda gazlar almashinuvi va fotosintez protsessi o‘z-o‘zidan keskin
qisqaradi, oqibat natijada suv tanqisligi vujudga keladi. Shunday
qilib, transpiratsiya intensivligi kserofitlarda «foydali»
oqibatlarga
olib keladi, transpiratsiyaning pasayishi plastik moddalar hosil
bo‘lishini kamaytiradi. Bizningcha, barglariing kserofillik xususiyati
shundan iboratki, ular suv bilan yaxshi ta’minlangan sharoitda
yuqori
transpiratsiya intensivligiga, demak, yuqori fotosintetik
xossaga ega bo‘ladi.
Suv bilan ta’minlanish qiyinlashgan vaqtlarda kserofitlar
og‘izchalari yopilib qolgandan keyin suvni kutikulasi orqali
bug‘latish (kutikulyar transpiratsiya) dan maxrum bo‘ladi. Ko‘rinib
turibdiki,
namgarchilik
yetishmay
qolgan
paytlarda
transpiratsiyaning
pasayishi
kserofitlar
uchun
juda
muxim
hisoblanadi, suv bilan yaxshi ta’minlangan sharoitda transpiratsiya
yuqori tezlikda boradi va qisqa muddatli
qulay sharoitda katta
miqdordagi assimilyantlar zapasini hosil qilishga ulgurish uchun
moddalar almashinuvini yuqori tezlikda saqlash imkoniyatiga ega
bo‘ladi.
Nixoyat, kserofitlarning yana bir tipik xususiyati ustida to‘xtalib
o‘tamiz.
Modomiki,
yuqori
intensivlikdagi
transpiratsiya
kserofitlarga xos xususiyat ekan, ular uzi uchun zarur bo‘ladigan
suvni tuproqdan olishga majbur bo‘ladi. Ko‘pchilik kserofitlar
(sukkulentlardardan tashqari) suvni zapas holda to‘plamaydigan o‘simlik
bo‘lganligi uchun ularning ildiz sistemasi kurg‘okchilik
davri
boshlanishi bilan yetarli miqdorda suv bilan ta’minlanishi uchun yer
ustki organlariga mos kelishi kerak. Havo kancha quruq kelsa
atmosferaning bug‘latish kuchi kancha yuqori bo‘lsa o‘simliklarda
gidraturani optimal darajada saqlab turish uchun barglarga qaraganda
ildiz sistemasi yaxshi rivojlangan bo‘lishi kerak, bu xususiyat
tuprokning
quruqligiga
ham
xosdir.
Shunga
ko‘ra odatda,
kserofitlarning (sukkulentlardan tashqari)
ildiz sistemasi yer ustki
kismiga qaraganda bir necha marta rivojlangan bo‘ladi, ya’ni
ularning o‘lchami yer ustki qismiga nisbatan kamida birdan yuqori
bo‘ladi.
Turkmanistonning shimoli-g‘arbiy cho‘llarida cho‘l guruhlari
fitomassasining 65-79 % gacha qismini ildizlar tashkil etishi
aniqlangan (Rustamov, 1969). Qumli cho‘llarda, sinuziyalarda,
masalan, bahorgi efimerlardan cho‘l qiyog‘ining
ildiz sistemasi yer
ustki fitomassasiga nisbatan 20-40 marta ko‘p bo‘ladi. Butalar va
chala butalar sinuziyasida esa yer osti fitomassasi yer ustki
massasiga yaqin keladi yoki unga qaraganda kamida ikki baravar
ko‘p bo‘ladi. Bu nisbat, xususan domintantlarning yoshiga va boshqa
faktorlarga bog‘liq bo‘ladi. Qizig‘ish
shundaki, o‘simliklar yer ustki
massasining ildiz massasiga yaqinlashishini
Ternar azot bilan
oziqlanishning o‘zgarishiga bog‘lab tushuntiradn. Azot bilan
oziqlanish yetarli darajada bo‘lmaganda, azot asosan ildizlar orqali
o‘zlashtiriladi, u yerga barglardan assimilyatlar oqib keladi, bu esa
ildiz sistemasining yaxshi rivojlanishini ta’minlaydi.
Kserofitlarning yuqorida aytib o‘tilgan
barcha xususiyatlari
ularning qurg‘oqchilikka chidamlilikni oshiradi, ya’ni suv bilan
ta’minlanish nokulay bo‘lgan sharoitda ular yanada kuchli konkurent
bo‘la oladi. Demak, kserofitlar kseromorfizmi (belgilarning barchasi
kiritilganda)
ularning
konkurentlarni
yengish
uchun
kuchli
moslashuvidir. Shuning uchun kserofitlarni «quruqlikni sevuvchilar»
deb atash kisman to‘g‘ri keladi. Shunga ko‘ra, ba’zi avtorlar
kserofitlarni «quruqlikni sevuvchi» emas, balki «quruqlikka
chidamli» deb atash to‘g‘ri bo‘ladi, degan fikrni taklif etadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: