O‘SIMLIKLAR QOPLAMINING TAQSIMLANISHIDA
SUVNING AHAMIYATI
Suv biosferada eng ko‘p tarqalgan modda hisoblanadi. Yerdagi
suvning (har xil shakldagi) umumiy zapasi hali ham
aniq
emas, lekin
taxminiy hisoblarga qaraganda, u 1,5 mlrd km
3
bo‘lsa kerak. Butun
dunyodagi suv zapasining 97% okeanlardagi shur suvlarga to‘g‘ri
keladi, shu bilan birga uning ko‘p qismi janubiy yarim shardadir.
Chuchuk suv miqdori butun dunyodagi suv zapasining 3% ga to‘g‘ri
keladi, shu bilan birga chuchuk suvning ¾ qismi muzliklardir.
Taxminan 0,6% chuchuk suv sizot suvlarda va chuchuk suvli
xavzalarda bo‘ladi. Atmosferada suv bug‘lari, tuman va bulutlar
tarkibida bo‘ladigan suv planetadagi umumiy suv zapasining juda
kam qismini (0,001% ni) tashkil qiladi. Lekin bu suv iqlim
faktorlarini belgilashda va energiyani tashib yurishda juda katta
ahamiyatga ega. Atmosferaga suv bug‘lari suv bug‘lanishidan (bunga
o‘simliklar tomonidan transpiratsiya qilishda ajratiladigan suv ham
kiradi) o‘tadi. Atmosferada suv bug‘larining va suvning asosiy
manbai dunyo okeanidir. Atmosferadagi suv asosan yomg‘ir yoki kor
shaklida chiqib ketadi.
Bug‘lanish bilan yog‘in-sochinning umumiy balansini, ya’ni
Yer sharida
suvning aylanishini
baholash uchun quyidagilarni
hisobga olish kerak: Erda umuman
olganda,
bug‘lanish
bilan
yog‘ingarchilik muvozanatlashib turadi. Agar butun Yer shari
bo‘yicha (yuzasi 510-10
s
km
2
) yiliga o‘rta hisobda 973 mm yog‘in
(qariyb 496-10
12
tonna suv) tushsa, atmosferaga ham xuddi shuncha
(973 mm) suv bug‘lanadi. Lekin okeandan yog‘in holatda tushgan
suvga qaraganda ko‘p suv bug‘lanadi. Quruqlikda esa buning aksi
bo‘ladi, ya’ni bug‘langan suvga qaraganda 5 baravar ko‘p yog‘in
tushadi. Yil davomida taxminan 40-10
2
tonna suv, quruqlikdan
okeanlarga oqib o‘tishi tufayli quruqlik bilan okean o‘rtasidagi suv
balansi tenglashib turadi. Chunonchi, sizot suvlar ko‘llar va daryolar
orqali okeanlarga borib tushadi. Bunda yirik daryolar ayniqsa
samaralidir. Masalan, Janubiy Amerikadagi yirik Amazonka
daryosidan okeanga oqib tushadigan suv miqdori yiliga dunyo
bo‘yicha okeanga tushadigan suvning 20% ni tashkil qiladi.
M. Budiko (1977) ma’lumotiga ko‘ra, Dunyo okeanidan
quruqlikka turli xil yog‘in-sochin holatida taxminan 40 000 km
2
miqdorda suv o‘tadi. Lekin okeandan o‘tadigan bu qo‘shimcha suv
quruqlikka tushadigai yog‘in-sochinning taxminan 40% ga teng
bo‘ladi. Yog‘in-sochinning
qolgan qismi o‘simliklar qoplami hamda
yer yuzasidan bug‘lanadigan suv hisobiga hosil bo‘ladi. Lekin
quyosh radiatsiyasining ko‘p qismi suv bug‘lanishiga sarflanganligi
uchun yirik regionlarda iqlim sharoitining tayin bo‘lishida energiya
almashinuvi, shuningdek, energiyaning okean oqimlari tarqalishi
katta ahamiyatga ega. Masalan, Golfstrim oqimi shuncha ko‘p
energiya tarqatadiki, bu Yevropaning katta territoriyasida iqlim
sharoitining moslashuvida hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Shu bilan u,
bizningcha, bu regiondagi sivilizatsiyaning rivojlanishiga ham
sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi.
Lekin ekologlarni bu «umumplanetar» faktlargina emas, balki
relef bilan bog‘liq holatdagi boshqa faktorlar, ya’ni yog‘in-
sochinning taqsimlanishidagi lokal o‘zgarishlar ham qiziqtiradi.
Gap shundaki, u yoki bu yashash joyiga tushgan yog‘inning hammasi
(bunga qumliklar kirmaydi) yer yuzasi tekis va tuproqning suv
o‘tkazuvchanlik xususiyati yaxshi bo‘lgan sharoitda yerga singishi
mumkin. Nishab joylarda esa suvning bir qismi oqib ketadi, shuning
uchun tuproqda kam suv singadi. Bunday holda nishabliklarning
pastki qismi yuqori qismiga qaraganda ko‘proq namlanadi. Buning
natijasida nishablikning yuqori va pastki qismining «mikroiqlimi»,
odatda, mazkur joyda tushadigan o‘rtacha yog‘in-sochin yig‘indisiga
mos kelmaydi.
Suv oqimi kuchaygan vaqtda, ayniqsa sog‘
tuproqli yerlarda,
suv yuvib ketishi natijasida jarliklar, daralar va boshqalar hosil
bo‘ladi. Bundan tashqari, oqimning kuchli kelishi gil tuproqli
cho‘llarda yog‘inning umumiy
yig‘indisi
kichik bo‘lgan hollarda
tuproqning kuruqligini yanada kuchaytiradi. Lekin relef bir tekis
bo‘lmagan hollarda, ya’ni suv to‘planib qoladigan joylarda
o‘simliklar rivojlanadi, bu mazkur joyda tushadigan yog‘inning
umumiy minimal yig‘indisiga moslashmagan bo‘ladi. Bularning
hammasi o‘simliklarning tarkalishiga, kompleksligiga va xilma-
xilligiga ham ta’sir ko‘rsatadi, binobarin, bu ta’sir nishablik
ekspozitsiyasiga
qarab
yanada
keskinlashadi.
Tekisliklarda
tuproqning suv o‘tkazuvchanligi yaxshi bo‘lmagan yoki yog‘in sel
shaklida tushgan xollarda mikrorelef katta rol o‘ynaydi, chunonchi,
unchalik
katta
bo‘lmagan
pastliklar
ham
suvning
qayta
taqsimlanishiga, shu bilan o‘simliklarning tarqalishiga ta’sir
ko‘rsatadi. Bu hol ayniqsa janubiy dashtlarimizda keskin namoyon
bo‘ladi.
Joyning mikrorelefi shimoliy rayonlarda yana ham katta rol
o‘ynaydi va tuproq haddan tashqari namiqishiga olib keladi. Lekin
suvning yuza bo‘ylab oqish qonuniyatlari faqat joyning relefiga
emas, balki boshqa bir qator sabablarga tuproqning muzlashiga,
territoriya daraxtlar, butalar bilan qoplanganligiga ham bog‘liq
bo‘ladi. Arid oblastlar uchun faqat suv oqimi emas, balki tuproqdan
suv bug‘lanish miqdori ham katta ahamiyatga ega, chunonchi, bunda
suv tuproqda singishi va o‘simliklar tomonidan o‘zlashtirilishi yoki
tuproqdan bevosita bug‘lanishi mumkin bo‘lib, oqibatda suvda
eriydigan tuzlar tuproqning yuza qatlamida to‘planadi, bu esa o‘z
navbatida tuproqking shurlanishiga sabab bo‘ladi.
Suvning yer yuzasi bo‘ylab oqishi tuproq eroziyasi masalasi
bilan bevosita borliq bo‘lib, hozirgi vaqtda bu masala tabiat
muhofazasi bo‘yicha dunyo ahamiyatiga ega hisoblanadi. Tuproq
eroziyasi masalasi ayniqsa kishilar tomonidan tabiiy o‘simlik
qoplamlari xo‘jalik maqsadlari taqozosi bilan yo‘q qilinadigan
bo‘lsa, yanada chuqurlashib boradi. Chunki bunda tuproq bilan
o‘simlik qoplami o‘rtasidagi o‘zaro mutanosiblik buziladi, bu esa o‘z
navbatida tuproq qoplamining buzilishiga olib keladi.
Mamlakatimiz qadimiy territoriyasining daraxtsiz yalang bo‘lib
qolgan qismining tuprog‘i eroziga eng ko‘p duchor bo‘lgan.
Bizningcha, bu rayonlardagi ko‘p dashtlar daraxtlar yo‘qotilishi,
o‘simlik qoplami nobud bo‘lishi va xo‘jalik ishlari noto‘g‘ri
yuritilishi oqibatida paydo bo‘lgan. Nihoyat, eroziya iqlimining
o‘zgarishiga va katta daryolar suviiing loyqalanishiga, qum va loyqa
daryo deltalariga oqib ketishiga, daryo yo‘llarining keskin o‘zgarishiga
sabab bo‘ladi. (masalan, Amudaryoda shunday).
Ustki eroziya eng xavfli hisoblanadi, chunki bunda suv
sezilarsiz oqadi, lekin katta maydonlarni qamrab oladi. Tekis
maydonlarda faqat erigan qor suvlari yil davomida har gektar yerdan
2 tonnagacha tuproqni yuvib ketishi mumkin. Qumli yalang
tuproqlarda yerning nishabi 3-4
0
bo‘lgani holda har yili 50
tonnagacha tuproq yuvilib ketadi, nishabi 5-6
0
bo‘lgan yengil qumloq
tuproqlarda bu miqdor 100 tonnagacha yetishi mumkin. Bunda shuni
nazarda tutish kerakki, agar har yili gektaridan 20 tonnadan tuprok
yuvilib ketadigan bo‘lsa 1 mm qalinlikda tuproq yo‘qotilgan bo‘ladi.
Buni 100 yil bo‘yicha oladigan bo‘lsak, u 10 sm ni tashkil etadi
Mayda zarrachalarining, oziq moddalari va chirindisining yuvilib
ketishi natijasida tuproq oriqlab, unumdorligi pasayib ketadi.
Tuproqdan oziq modda larning yo‘qolishi yil davomida gektar
boshiga: azot bo‘yicha 9-90 kg, fosfor bo‘yicha 4-40 kg va kaliy
bo‘yicha 46-460 kg ni tashkil etadi.
Eroziyaga uchragan tuproqlarda o‘simliklar quruq modda hosil
qilish uchun suvni ko‘p sarflaydi, transpiratsiya koeffitsienti keskin
ortadi. Boshqacha qilib aytganda, eroziya o‘simliklarning suvga
bo‘lgan talabini oshiradi. Eroziyaga uchragan tuproqlar o‘simliklar
uchun nisbatan quruq va tarkibida oziq moddalar ancha kam bo‘ladi.
Jarlik hosil qiladigan chuqur eroziya ham ancha muhim hisoblanadi.
Bu xildagi eroziya tuproqning chuqur qatlamlariga, ba’zan ogna
jinsga ta’sir qiladi. Bundan tashqari, bu xildagi eroziya tuproq
qatlamlarining jarlik tomon surilishiga va ular yangi joyda
to‘planishiga sabab bo‘ladi. Eroziyaga qarshi kurashda uning oldini
olish va melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish eng samarali
usuldir. Inson eroziya faktori bo‘lgan yog‘ingarchilik kuchini,
eroziyalanish tezligini o‘zgartira olmaydi, lekin tuproqning donador
strukturasini hosil qilish, yonbag‘irlarni tepasalashi, muhofaza
sifatida hizmat qiladigan o‘simliklar qoplamini yo‘qotmasligi, ya’ni
eroziyaning oldini olish uchun barcha choralarni muvaffaqiyatli
amalga oshirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |