Nafas ikkita tashqi va ichki nafas olishga bolinadi



Download 0,62 Mb.
bet1/3
Sana14.07.2022
Hajmi0,62 Mb.
#794128
  1   2   3
Bog'liq
nafas sistemasi

Nafas olish - odam organizmi bilan uni o'rab turuvchi tashqi muhit orasidagi havot uchun zarur bo'lgan doimiy gazlar almashinuvi jarayonidir. Organizmdagi moddalarning oksidlanishi va qaytarilishi bo'yicha barcha murakkab reaksiyalar. albatta, kislorod ishtirokida kechadi. Odam nafas olganda tashqi muhitdan havo o’pka hujayralariga undan qonga, o’tib qon orqali barcha hujayralarga yetkazib beriladi. Kislorod yordamida ovqat moddalari oksidlanadi. Natijada, yuqori molekulyar organik moddalardan ma’lum miqdorda energiya ajralib chiqadi. Agarda organizm hujayralariga kislorod yetishmasa hujayralar oiadi. Modda almashinuvi natijasida hosil bo’lgan karbonat angidrid gazi va suv parlari o’pka orqali tashqariga chiqarib yuboriladi.


Nafasning ahamiyati. Odam va har bir boshqa tirik organizm tashqi muhitdan kislorod qabul qilib, karbonat angidrid gazini chiqarib turish nafas olish deb ataladi. Nafas olish jarayonida muhim fizologik prochesslar amalga oshadi. Organizm nafas olganda tashqi muhitdagi havo o’pka xujayralariga, u yerdan qonga, qon orqali barcha organ hujayralarni O2 bilan ta’minlab, undagi moddalar almashinuvida hosil bo’lgan CO2 gazi qonga o’tib, qon orqali o’pkaga undan esa tashqi muhitga chiqariladi. Shu bilan bir qatorda qabul qilingan O2 ishtirokida hujayralarda va to’qimalarda oqsil, yog`’, uglevodlar oksidlanib energiya hosil qiladi. Natijada organizmdagi barcha fiziologik jarayonlar ya’ni qo’zg’alish, harakatlanish, ko’payish kabilar ana shu energiya hisobiga amalga oshadi.
Nafas ikkita tashqi va ichki nafas olishga bolinadi. Tashqi nafas olish
deb o‘pka bilan qon o‘rtasidagi gaz almashinuviga aytiladi. Ichki nafas olish yoki to‘qimalar aro nafas olish deb, hujayralarda modda almashinuvini ta’minlovchi to‘qimalar bilan qon o'rtasidagi gaz almashinuviga aytiladi.
Bundan tashqari nafas olish organlari turli xil moddalarning hidini sezish hamda nutuq talafuzida ham ishtirok etadi. Nafas olish tashqi va ichki nafas olishga bo’linadi. Tashqi nafas olishda o’pka bilan qon o’rtasidagi gaz almashinuvi tushuniladi. Ichki yoki to’qimalar aro nafas olishda esa to’qimalar bilan qon o’rtasidagi gaz almashinuvi amalga oshadi. Atmosfera havosi tarkibida 20,9 % O2, 0,3 % Co2, 79,3% N2 bo’ladi. Boshqa moddalar kam miqdorda bo’ladi. Agar havo tarkibida Co2 miqdori 4-5% ga yetsa, odam holsizlanib, yurak urushi tezlashadi, bosh og’riydi, qayt qiladi, hatto hushidan ketishi mumkin.
Nafas bilan chiqarilgan havo tarkibida esa 16,3% kislorod, 4% karbonat angidrid, 79,1% azot boiadi. Havoda kislorod miqdori asosan bir me’yorda saqlanadi, yuqori balandlikda biroz o‘zgaradi. Odam nafas olayotganda havoda CO2 miqdorini 2-3% qadar ortishiga chiday oladi. Agarda C02 miqdori 4-5%ga yetsa, odamning yurak qisqarishi tezlashadi, bosh og'riydi, qusadi, hushidan ketishi mumkin. Odam uchun ayniqsa C02 gazi nihoyatda zararli boiib hisoblanadi.
Nafas olish va nafas chiqarishning bir maromda almashinib turishi nafas akti deb ataladi. Osoyishta nafas olingan paytda tashqi qovurg‘alararo muskullar, diafragma va ko‘krak qafasini kengaytiradigan nafas muskullari qisqaradi, shuning natijasida plevra ichidagi bosim kamayib, o‘pkaning kengayishi uchun sharoit yuzaga keladi. Shu vaqtda atmosfera havosi havo o‘tkazuvchi yo‘llar orqali kirib, alveolalalarni toidiradi. Nafas olish nafas harakatlarining bir daqiqadagi soni nafas tezligi deb ataladi. Nafas tezligi erkaklarda 16 ta ayollarda 18 ta bo‘ladi.
Birundan nafas olish 3-4 yoshda shakllanib, 7-8 yoshdan jinsga bog’liq farqlar vujudga keladi. Bolalar qorin tipida, qizlar ko’krak tipidagi nafas olish vujudga keladi. Bu jarayon 14-15 yoshda tugallaniladi. 10-14 yoshgacha burun bo’shlig’ining shakli o’zgarib, kattalashib boradi. Burun bo’shlig’ining hajmi yosh ulg’aygan sayin taxminan 2,5 barobar ortadi. Nafas olganda tashqi muhitdan kirgan havo burun bo’shlig’i orqali o’tganda isiydi, namlanadi va chang zarrachalaridan tozalanadi. Shundan keyin biurun bo’shlig’idagi havo halqum orqali hiqildoqqa o’tadi.

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish