Ekzogen jarayonlar shamolning geologik ishi



Download 1,54 Mb.
bet1/8
Sana09.06.2022
Hajmi1,54 Mb.
#647209
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ekzogen jarayonlar shamolning geologik ishi


2-Mavzu: EKZOGEN JARAYONLAR SHAMOLNING GEOLOGIK ISHI.


Reja:
1.Shamolning geologik ishi
2.Shamol relyef shakillari
Umumiy ma’lumotlar
Atmosferadagi havo massalarining yer yuzasiga nisbatan harakati shamol deb ataladi. Shamollar havoning notekis qizishidan hosil bo‘ladi. Shamollar o‘z yo‘nalishini fasl va sutka davomida o‘zgartirib turadi. Yirik fasliy havo oqimlariga musson va passat shamollarini ko‘rsatish mumkin. Fasllar almashinishida o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib turuvchi shamollar materik ichkarisida ham mavjud bo‘ladi. Bunday shamollarga Farg‘ona vodiysidan Mirzacho‘lga va qarama-qarshi yo‘nalishda esadigan Bekobod shamolini misol keltirsa bo‘ladi. Shamollar juda ko‘p miqdorda cho‘kindi materiallarni ko‘chiradi. Ularning bunday xususiyati, birinchi navbatda, tezligiga bog‘liq. Shamolning tezligi sekundiga 0,5 dan 30 m gacha borishi va kuchli dovullarda undan ham ortiq bo‘lishi mumkin. Shamollar esa mayda zarralarni muallaq, qum va graviy donalarini qisman muallaq va asosan dumalatib bir joydan ikkinchi joyga ko‘chiradi. Shamollarning terrigen materiallarni ko‘chirishi quruq va issiq iqlimli o‘lkalarda amalga oshadi. Chunki bunday mintaqalarda tuproq eroziyasidan saqlovchi o‘simlik qoplamasi yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi. Faol shamol harakatlari O‘rta Osiyoning Qizilqum va Qoraqum cho‘llarida, Tarim o‘lkasida va Sahroi Qabirda kuzatiladi.Shamol yordamida qum donalarining ko‘chirilishi alevrit va gil zarralarining ko‘chirilishidan farq qiladi. Qum donalari yer yuzasiga yaqin tor havo qatlamida harakatlanadi, alevrit va gil zarralari esa havoning baland qatlamlarida ham muallaq holda uzoq masofalarga ko‘chirib ketiladi.
Shamolning esishi quruq va yumshoq qum qatlami ustida kritik tezlikka etganda uning yuzasidagi donalar tezlanish bilan dumalay boshlaydi va bir necha santimetr yo‘l bosgandan so‘ng sakrab, havoda diametridan ko‘p marta ortiq bo‘lgan masofaga uchadi. Uchgan bunday donalar yer yuzasiga parabolik traektoriya bilan qaytib tushadi va yana sakraydi. Qum donalarining bunday sakrab harakat qilishi salьtatsiya deyiladi. Alevrit va gil zarralarining ko‘chirilishidan farqli o‘laroq, qum donalarining salьtatsiyasi aniq yuqori chegaraga ega bo‘ladi. U odatda 1 m ga yaqin balandlikni tashkil etadi. Salьtatsiya balandligi yotqiziqlar yuzasining holatiga bog‘liq. Yuza qancha qattiq bo‘lsa, qum donalari shuncha yuqori sakraydi va, aksincha, qancha yumshoq bo‘lsa, salьtatsiya balandligi shuncha kichik bo‘ladi. Quruq qum donalarini ko‘chirish uchun lozim bo‘lgan minimal shamol tezligi 53,7 sm/sek deb qabul qilingan. Qum donalari Yer yuzasiga qaytib tushgandan so‘ng ularning impulьsi boshqa donalarga o‘tishi yoki o‘zlari dumalashni davom ettirishi mumkin. Yirik donalar shamol yo‘nalishi bo‘yicha dumalab ko‘chishi mumkin. Markaziy Qizilqumda asfalьtlangan avtomobilь yo‘li yuzasida terrigen donalarning saltatsiyasi va dumalab ko‘chishini yaqqol ko‘zatish mumkin.
Sal’tatsiya va dumalash orqali qum donalari havoda ham, suvda ham ko‘chirilsada, u shamol yordamida ko‘chirilishga ko‘proq xos bo‘ladi. Suvdagi salьtatsion sakrash balandligi havodagiga qaraganda taxminan 300 marta kam bo‘ladi. Bunday katta farq suv­ning va havoning zichliklari orasidagi farqdan kelib chiqadi. Havoning zichligi suvnikidan 869 marta kichikdir.
Muhitlarning bir xil tashish kuchida havodagi tezlik suvdagiga nisbatan 29,3 marta katta bo‘ladi. SHundan kelib chiqqan holda, bir xil massali donalarning havodagi harakatida impulьsi suvdagiga nisbatan 29,3 marta katta bo‘ladi deyish mumkin. Demak, havoda harakatlanayotgan donaning kinetik energiyasi (29,3)² M/2 suvdagiga nisbatan 430 marta ortiq bo‘ladi. Bunday katta farq shamol yordamida ko‘chiriladigan qumlarning kuchli abraziya faoliyatini belgilaydi. Havoning zichligi suvnikiga qaraganda juda past bo‘lishi qumning yuzaga urilishidagi amortizatsiyasini keskin kamaytiradi.
Eol qumlarning yuqori darajada dumaloqligini havoda saltatsion ko‘chirilishdagi katta kinetik energiyasi belgilaydi. Katta kinetik energiyaga ega bo‘lgan salьtatsion harakat paytidagi urilishda boshqa qum donalariga beriladigan impulьs ularni harakatga keltirishga va shamol yordamida ko‘chirishga qodir bo‘ladi.Yer yuzasi relefini o‘zgartiradigan hamda alohida xususiyatga ega bo‘lgan yotqiziqlar hosil qiladigan muhim ekzogen omillardan biri shamoldir. SHamollar havo bosimining barcha joyda bir xil bo‘lmasligidan paydo bo‘ladi. Cho‘l va sahro zonalarida shamol nihoyat darajada katta geologik - geomorfologik ish bajaradi. Osiyo, Afrika va Avstraliyaning keng tekisliklaridagi cho‘l maydonlari shamol harakati va uning geologik ishi uchun eng qulay sharoitdir.
Pinakli sahrosi – Avstraliyaning eng mashhur va g‘aroyib peyzajlarini tashkil etadi. Pinakli sahrosi Nambung (Nambung) milliy bog‘ida joylashgan bo‘lib, u yerda qumli barxanlar orasida minglab ohaktoshli ustunlar (minorachalar) ko‘kka bo‘y cho‘zishgan (114-rasm).


Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish